International scientific-practical conference on the theme:
«INFORMATION TECHNOLOGY, NETWORKS AND TELECOMMUNICATIONS
ITN&T-2023»
474 |
A. Ismoilova, O. Allamov. AQLLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA SHAHARDA TRANSPORT VOSITALARI HARAKATINI TARTIBGA SOLISH USULLARI TAHLILI
AQLLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA SHAHARDA TRANSPORT VOSITALARI
HARAKATINI TARTIBGA SOLISH USULLARI TAHLILI
Ismoilova Anaxon
magistrant, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch
filiali
Allamov Oybek
PhD, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali
Abstrakt: Hozirgi vaqtda shaharlarning zichligi ortib borayotganligi yo’llarda
transport
vositalarining sezilarli darajada ko’payishiga olib keldi. Bu esa, o‘z navbatida, dunyoning yirik
shaharlarida yo‘l tirbandligining dolzarb muammoga aylanishiga sababchi bo’ldi. Tirbandliklar
oshishi nafaqat piyodalar harakatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, balki havoning ifloslanishi, yoqilg’i
sarfining oshishi, behuda vaqt sarflash kabi bir qancha jamiyatga zarar keltiradigan muammolarni
yaratadi. Binobarin, avtotransportlar hajmini kamaytirish, xavfsizlikni yaxshilash va tirbandlikni
bartaraf etish uchun shaharda harakatni tartibga solish zarur. Haydovchi va yo’lovchilarning
tartibli harakatini ta’minlash uchun yaratilayotgan zamonaviy metodlarning
aksariyati aqlli
texnologiyalarga asoslangan bo’lib, avtomatlashgan tizimlar orqali
transport vositalarining
harakatlarini nazorat qilishda asosiy rol o’ynab kelmoqda. Ushbu maqolada biz olib borilayotgan
izlanishlarni tahlil qilgan holda transport harakatini tartibga solishning ana shunday metodlarini
muhokama qilamiz.
Kalit so’zlar: Moslashuvchan Tirbandlik Nazorati Tizimlari (ATCS),
Intellektual transport
tizimlari (ITS), Aqlli to’xtash joyini boshqarish
texnologiyasi, Elektron to'lovni yig'ish
tizimi