«INFORMATION TECHNOLOGY, NETWORKS AND TELECOMMUNICATIONS
ITN&T-2023»
477 |
transport vositalari harakatini tartibga solish uchun yana bir qancha qonuniy asoslangan usullar
mavjud [
5
]. Masalan, avtomatlashtirilgan yo’l harakati qoidalari – bu yo'l harakati qoidalarini
bajarish uchun kameralar va sensorlardan foydalanuvchi texnologiya bo’lib, u orqali transport
vositalarini davlat raqamiga qarab aniqlash, haydovchi yoki transport vositasi egasiga jarima solish
mumkin . Bu yo‘l harakati qoidalarini buzuvchi transport vositalari sonini kamaytirishga yordam
beradi va haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishiga yordam beradi.
Xulosa
Shaharda harakatni tartibga solish transport tirbandligini kamaytirish, xavfsizlikni
yaxshilash va odamlar va yuklarning harakatini osonlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Rivojlanayotgan innovatsion texnologiyalar yordamida transport harakatini samarali tartibga
solish mumkin. Moslashuvchan Tirbandlik Nazorati Tizimlari (ATCS), Intellektual transport
tizimlari (ITS), Aqlli to’xtash joyini boshqarish texnologiyasi, Elektron to'lovni yig'ish tizimi kabi
usullardan foydalangan holda butun dunyo shaharlari transport tirbandligini yumshata oladi va
aholi uchun umumiy hayot sifatini yaxshilaydi. Yo’l qoidalarini buzilishini oldini oluvchi qonuniy
asoslangan uslublar bilan ham kundalik hayotda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan baxtsiz
hodisalarni oldini olish imkoniyati mavjud. Hozirda bir-biriga o’xshash aqlli texnologiyalarga
asoslangan va tirbandlikni bartaraf eta oladigan usullar ko’pchilikni tashkil etsa-da, ular
qo’llaniladigan hududga qarab turlicha samara berishlari mumkin. Shuning uchun hududning
infratuzilmasi va tirbandlik darajasiga muvofiq yuqoridagi uslublardan eng samaralisini amalda
joriy etish ko’p Ushbu texnologiyalar yuqori boshlang'ich sarmoyani talab qilsa-da, ular
yo'lovchilar xavfsizligi va hayot sifati uchun uzoq muddatli afzalliklarda yuqori daromad keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |