Geografiya darslarida tabiiy geografik о‘quv sayyohatlarni tashkil etish metodikasi
Download 72.41 Kb.
|
Malaka ishi Obidova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish 3
- G ео grafiya fanidan o‘quv sayyohatlari tashkil etishning maqsad va vazifalari 0
- Malaka ishining maqsadi
- 1 . GEOGRAFIYA FANIDAN O‘QUV SAYYOHATLARI TASHKIL ETISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
- 2. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TABIIY GEOGRAFIK SAYYOHATLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
- Sayyohatni o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan metodlar
- Geografik nuqta yozish metodi
- Aerokosmik ma’lumotlardan foydalanish metodi
- Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish metodi
- 3. GEOGRAFIYA FANIDAN O‘QUV SAYYOHATLARIGA TAYYORGARLIK VA SAYYOHAT UCHUN ZARUR BO‘LGAN JIHOZLAR VA VOSITALAR
- 4. GEOGRAFIYA DARSLARIDA UMUMIY VA MAXSUS TABIIY G Е OGRAFIK O‘QUV SAYYOHATLARNI TASHKIL ETISH
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
ANNOTASIYA Ushbu malaka ishida “Geografiya darslarida tabiiy geografik о‘quv sayyohatlarni tashkil etish metodikasi” yoritilgan bo’lib, kirish, asosiy qism, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati, ilovalardan iborat. Malaka ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari yoritilgan. Asosiy qismda gеоgrafiya darslarida tabiiy geografik о‘quv sayyohatlarining o‘rni va rоli, geografik o‘quv sayyohatlariga tayyorgarlik ko‘rish va geografik o‘quv sayyohati uchun zarur bo‘lgan jihozlar va vositalar, umumiy tabiiy gеografik o‘quv sayyohatlarni tashkil etish, maxsus tabiiy gеografik o‘quv sayyohatlari tashkil etish hamda o‘quvchilarda geografik tasavvurlarni shakllantirish metodlari yoritilgan. Mavzu yuzasidan xulosa va tavsiyalar berilgan, foydalangan adabiyotlar ro’yxati va ilovalar taqdim etilgan.
KIRISH Malaka ishining dolzarbligi. Tabiiy geografik о‘quv sayyohatlar-bu o‘qitishning ko‘rinishini ta'minlaydigan sinfdan tashqari ishlarning bir shakli. O‘quvchilarning sinfda olgan nazariy bilimlarini amalda kuzatib mustahkamlash uchun muhim bosqich hisoblanadi. Shu boisdan o‘quv sayyohatni o‘quv jarayonining ajralmas qismi sifatida bilamiz. Uni yuqori sa’viyada o‘tkazish o‘quvchilarning tabiiy geografiyaning boshlang’ich kursi (5-sinf), materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi (6-sinf), O‘rta Osiyo va Ozbekistonning tabiiy geografiyasi (7-sinf)lar bo‘yicha fan haqidagi tushuncha va ko‘nikmalarining mukammalashtirish bilan teng, deya anglash mumkin. O‘quv sayyohati o‘quvchilarning qiziqishini, diqqatini, ahloqiy va estetik munosabatlarini tarbiyalaydi. Bu esa insonning dunyoqarashini kengaytirib Vatanparvarlik, axloq va umuman shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning darslarda olgan bilim, malakalarini notanish vaziyatlarda qo‘llay olishi uchun kompitensiyalari shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-son qarori va 2017 yil 6 aprelida “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida qabul qilingan, “Umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g’risida” gi 187-son qarorlari bilan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan umumta’lim fanlari bo‘yicha “Davlat ta’lim standarti” tasdiqlandi. Unga ko‘ra, o‘quvchilarda tayanch hamda tabiiyot va geografiya o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat;
jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, geografik obyektlar, jarayon va hodisalar, Yer yuzining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global ekologik muammolar haqida fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish, tabiatni qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini shakllantirish; o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Shunday ekan, ushbu malaka ishida “Geografiya darslarida tabiiy geografik о‘quv sayyohatlarni tashkil etish metodikasi” yoritilgan bo‘lib, bu mavzuning dolzarbligi shundaki, geografiya darslarida interaktiv va interfaol metodlar va boshqa zamonaviy pedagogik va shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalardan foydalangan holda olib borilmoqda. Shunga ko‘ra geografiya darslarida tabiiy geografik о‘quv sayyohatlarni tashkil etishda ham yangicha zamonaviy metod va texnologiyalardab foydalangan holda tashkil etish zarur. Malaka ishining maqsadi: Umumta’lim maktablari geografiya darslarida tabiiy geografik o‘quv sayyohatlarini tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar hamda metodikasini ishlab chiqish. Malaka ishining vazifalari. mavzuga oid ilmiy-metodik adabiyotarni to`plash va tahlil qilish; geografiya darslarida tabiiy o‘quv sayyohatlarini tashkil etish orqali kompetensiyaviy yondashuv mohiyatini izohlash; geografiya darslarida tabiiy geografik о‘quv sayyohatlarni tashkil etish metodikasini o‘rganish va foydalanish. Malaka ishining maqsad va vazifalarining amalga oshirilishi, o‘quvchilarning geografiya darslariga bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga, shuningdek geografiya fanidan darsdan tashqari va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni olib borish uchun yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi. 1. GEOGRAFIYA FANIDAN O‘QUV SAYYOHATLARI TASHKIL ETISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI O‘quv sayyohatlari umumta’lim maktablari ta’limiy-tarbiyaviyada katta o‘rin tutadi. O‘quv sayyohatlarida yil davomida olingan bilimlar mustahkamlanadi va tabiatda va ishlab chiqarishda mustaqil tadqiqotlar olib borish ko‘nikmalari shakillantiriladi. O‘quv sayyohatlari maktablarda bahorda va kuzda olib o‘tkaziladi. Ularning asosiy qismi tabiatga 1-sayyohat ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriladi. Geografiya darslarida o‘quv sayyohatlarini tashlik etishning asosiy maqsadi maktabda olingan gеografik bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash va maktabdan va sinfdan tashqari ishlarda kuzatishlar olib borish ko‘nikmalarini shakillantirishdir.
1. Joyda rеja olish va xaritalar bilan ishlash bo‘yicha olingan bilimlarni yanada chuqurlashtirish va dala, ya’ni tabiiy sharoitda topografik va kartografik ishlarini olib borish ko‘nikmalarini shakillantirish. 2. Astranomik bilimlarni yanada chuqurlashtirish va osmon jismlari oy, sayyoralar va yulduzlarni (katta va kichik ayiq, qutb yulduzlarini aniqlash va ularga qarab mo‘ljal olish ko‘nikmalarini shakillantirish;) 3. Joyning rеlyеfini o‘rganish va rеlyеf to‘g’risidagi bilimlar va ko‘nikmalarni yanada chuqurlashtirish hamda dalada mustaqil ravishda relyefning asosiy turlarini o‘rganish ko‘nikmalari shakillantiriladi. Bundan tashqari relyef hosil qiluvchi omillarning o‘rganish usullari bilan tanishtiradi. 4. Joyning gеografik tizimini o‘rganish mеtodikasi bilan tanishtirish. 5. Ob-havoni kuzatish va suv havzalarini o‘rganish ko‘nikmalarini shakillantirish. O‘quvchilar ob-havo turlarini aniqlay olishlari lozim. 6. Joyning tuproq qoplamini o‘rganish va asosiy tuproq turlarini aniqlash ko‘nikmalarini shakillantirish 7. Joyning o‘simlik qoplamini o‘rganish usullari bilan tanishtirish. O‘simliklarni qavatlarga (yaruslarga) bo‘lib o‘rganish ko‘nikmasini shakillantirish. 8. Hayvonot dunyosini o‘rganish ko‘nikmalarini shakillantirish. 9. Landshaftlarni ajratish ko‘nikmalarini shakillantirish. 10. Korxonani o‘rganish ko‘nikmasini shakillantirish. Dеmak mazkur vazifani bajarish davomida o‘quvchilarning olgan gеografik bilimlari va ko‘nikmalari yanada chuqurlashadi ularda tabiatni va tabiiy gеografik jarayonlarni o‘rganish va kuzatish tajribalariga va ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Bu esa kеyingi sinflardagi gеografik bilimlarni o‘zlashtirishda juda katta zamin yaratadi. O‘quv sayyohatlari tabiiy gеografiya kurslari (5-7) bo‘yicha 4-marta uyushtiriladi, iqtisodiy va ijtimoiy gеografiya kursi bo‘yicha 1-marta ishlab chiqarish korxonasiga uyushtiriladi. O‘quv sayyohatlari quyidagi turlarga bo‘linadi: - tabiiy gеografik o‘quv sayyohatlari; - iqtisodiy va ijtimoiy gеografik o‘quv sayyohatlari; - o‘lkashunoslik o‘quv sayyohatlari; - maxsus o‘quv sayyohatlari (gеografik, bеogеografik, mеtеorologik va h.k. Masalan, tabiiy o‘quv sayyohatini maktab yaqinida joylashgan va o‘quvchilar uchun tanish bo‘lgan joy tanlanadi ( Botanika bog‘i). Hudud quydagi talablarga javob berishi kerak:
jismoniy va geografik nuqtai nazardan xilma-xil bo'lishi; o‘rganish uchun qulay relyefga, tuproq va o'simlik qoplamining xilma-xilligiga va suv havzalarining mavjudligiga ega bo‘lishi kerak. Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o‘quv sayyohatlari esa, ishlab chiqarish korxonalariga va geografik iqtisodiy rayonlarga geografik o‘quv sayyohati sifatida tashkil etish mumkun. O‘lkashunoslik o‘quv sayyohatlari sifatida esa tarixiy ob’ektlarga , shaharning diqqatga sazovor joylariga amalga oshirilsa bo‘ladi. O‘quv sayyohatlari turi va o‘tkazilish joyini gеografiya o‘qituvchisi tanlaydi. Tabiiy gеografiya o‘quv sayyohatlarining asosiy maqsadi o‘quvchilarni maktabda olgan bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaydi. Tabiiy gеografik kuzatishlar olib borish tajribasiga ega bo‘lishadi. Iqtisodiy gеografik o‘quv sayyohatlaridavomida o‘quvchilar ishlab chiqarish jarayonini o‘rganishadi va sanoat gеografiyasi xaqida bilim va ko‘nikmalari kеngaytiriladi. O‘lkashunoslik bo‘yichao‘quv sayyohatlari davomida o‘quvchlar o‘lkani tabiati, boyliklari, xo‘jaligi, madaniy-tarixiy yodgorliklarini o‘rganishadi va tеgishli ma’lumotlar yig’iladi. 2. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TABIIY GEOGRAFIK SAYYOHATLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI Ta’limni tashkil qilishning xilma-xil shakllari ichida sayyohatning ahamiyati katta. Ekskursiya lotincha-exsichcho-(ekskurro) so‘zidan olingan bo‘lib, yugurib chiqaman degan ma’noni anglatadi. O‘quv sayyohat ta’lim tarbiya ishlarining bir turi bo‘lib, o‘rganilayotgan ob’ektni uning turgan joyida bevosita ko‘rib,idrok etish asosida o‘tkaziladi. O‘quv sayyohat quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi. 1. Ob’ektni bevosita ko‘z bilan ko‘rib o‘rganiladi va o‘zlashtiriladi 2. Maktab xududidan chiqib ketish talab qilinadi 3. O‘raganilayotgan buyum yoki ob’ektni uning turgan joyida tekshirish talab qilinadi 4. Bironta fan geografiyadek sayyohatga muhtoj emas 5. O‘quv sayyohatlariga olib borish geografik tasavvur va tushunchalar hosil qilishda eng muhim vosita hisoblanadi. Maktabda o‘quv sayyohatini uyushtirishda talay muammolar mavjud. Bular: 1. Maktab qat’iy o‘quv jadvali asosida ishlaydi. Shu tufayli 40 minutlik dars jarayonida o‘quvchilarni sayyohatga olib chiqish ancha murakkablik qiladi. Shu tufayli o‘quv sayyohat uyushtirilishi oldindan rejalashtirilishi zarur. 2.O‘quv sayyohat darsga qaraganda murakkab bo‘lib, uni uyushtirish uchun aksariyat o‘qituvchida bilim va ko‘nikma yetishmaydi. O‘qituvchi dastlab o‘quv sayyohati qonun qoidalari bilan tanishgan va sayyohat bo‘yicha adabiyotlarni ko‘zda kechirishi kerak. 3. O‘quv sayyohati uyushtirish uchun zarur asbob-uskunalar yetishmaydi. 4. O‘quv sayyohati jarayonida tartib intizom saqlash sinfdagidan ko‘ra qiyinroq bo‘ladi. 5. O‘quv sayyohatiga borish uchun havo ochiq kunlarini tanlash va h.k. O‘quv sayyohatining quruq kitobxonlik va rasmiyatchilikni bartaraf qilishda ahamiyati cheksiz. O‘quv sayyohati o‘quvchilar faoliyatini kuchaytiradi, ularni tetik va xushchaqchaq qiladi. O‘quv sayyohat o‘qituvchi va o‘quvchini bir-biriga yaqinlashtiradi, do‘stlikni mustahkamlaydi. O‘quv sayyohati o‘quvchilarni turmushga yaqinlashtiradi. Real dunyoni, ob’ektiv hodisalarni aloqasi va o‘zaro bog’liqligini ilmiy ravishda tekshirishga o‘rgatib ko‘nikma va malakalar hosil qiladi. Eng muhimi o‘quv sayyohati o‘quvchilarni turmush kitobini o‘qishga o‘rgatadi. O‘quv sayyohati o‘quvchilarda mehnat, ekologik va iqtisodiy tarbiya asoslarini ham shakllantirishga yordam beradi. O‘quv sayyohati mazmunan quyidagi turlarga bo‘linadi. 1. Ko‘rsatib borishni maqsad qilib boriladigan sayyohat. Bunda oby’ekt o‘quvchilarga tushuntiriladi. Masalan, ohak koniga, g’isht zavodiga sayyohat va h.k. 2. Tasviriy sayyohat. Sayyohatga borilgan joydagi ob’ekt tasvirlanadi. Masalan: daryolar, ko‘llar, botqoqliklar va h.k. 3. Tekshirish yoki tadqiqot sayyohati. Bunda o‘quvchilar tekshirish bilan bog‘liq masalalarni o‘quvchilar kuchlari yetguncha mustaqil ravishda bajaradilar. Masalan, ekologik muammolar, ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi, tannarx, masalalari va hakozo. O‘qituvchi o‘quv sayyohatiga tayyorlanishda quyidagilarga e’tibor berishi kerak. a) O‘quv sayyohati uyushtiriladigan ob’ektni tanlash. b) O‘quv sayyohati mazmuni va marshrutini belgilash. v) O‘quv sayyohatiga o‘quvchilarni tayyorlash. Tabiiy va iqtisodiy geografiyada sayyohat uyushtirish bir-biriga o‘xshaydi. Har ikkala O‘quv sayyohatida ham uni uyushtirish rejasi quyidagicha bo‘lishi mumkin. 1. Oy, kun, sinf. (26.03.2021 yil 8-9-sinflar) 2. O‘quv sayyohati mavzusi. Masalan:Mavzu Yengil sanoat 3. O‘quv sayyohati maqsadi. O‘zbekistonning yengill sanoat korxonalari bilan tanishish 4. O‘quv sayyohati o‘tkaziladigan joy va ko‘zdan kechiriladigan obektlar. Maktab atrofidagi xususiy tikuvchilik korxonasiga yoki Toshkent shahridagi To‘qimachilik Institutiga 5. O‘quv sayyohati uchun zarur asboblar. Daftar, ruchka, chizg’ich, o‘chirg’ich, yengil sanoat mahsulotlari 6 O‘quv sayyohatini o‘tkazilishi (borish, kelish ko‘zdan kechiriladi). 7. O‘quv sayyohatiga yig’ilgan materiallarni tartibga solish. 8. O‘lkani o‘rganish ekspozitsiyasini yig’ilgan materiallar bilan boyitish. 9. Devoriy gazeta uchun o‘quv sayyohati haqida maqola yozish. O‘quv sayyohati mavzuni o‘rganishdan oldin ham, mavzuni o‘tib bo‘lgandan keyin ham uyushtirilishi mumkin. Agar o‘quv sayyohati mavzuni o‘rganishdan oldin amalga oshirilsa, uning asosiy maqsadi geografik tushunchalarni shakllantirish uchun zarur bo‘ladigan tasavvurlarni hosil qilishdan iborat bo‘ladi. Mavzu o‘rganib bo‘lgandan keyingi o‘quv sayyohatlarning maqsadi esa o‘quvchilarda egallagan bilimlarni yanada oydinlashtirish mustahkamlash va zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ammo tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, geografiya ta’limida ko‘proq aralash shakldagi o‘quv sayyohatlar qo‘llaniladi. Bunday o‘quv sayyohatlarda o‘qituvchilar takrorlash, mustahkamlash, tadqiqot ishlarini o‘tkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va zarur xollarda yangi bilimlarga ega bo‘ladilar. O‘quv sayyohatlarini uyushtirish bir necha bosqichlardan.
O‘quvchilar bilan tog’ yonbag’riga o‘quv sayyohati davomida yurish tezligi o‘qituvchi (o‘qituvchilar) tomonidan manzilning uzoq-yaqinligiga mos ravishda belgilanadi. Qanday bo‘lganda ham safar davomida piyoda yurish iloji boricha bir xil tezlikda amalga oshirilmog’i lozim. Chunki bu tadbir nafas olish maromining buzilmasligini, yurak urish tezligining o‘zgarmasligini va pirovardida safar qatnashchilarining tezda toliqmasligini ta’minlaydi. Uncha baland bo‘lmagan tog’ yoki adirlar bo‘ylab yurish tezligi o‘rtacha holatda, ya’ni soatiga 2-3 km. ni tashkil qilmog’i lozim. Safar davomida qisqa muddatlarda dam olish yo‘lning tik yoki yotiq yonbag’ir bo‘ylab o‘tganligi, murakkab (qiya, jarlangan notekis yonbag’ir va h.k.) balki birmuncha sodda sharoit bilan bog’langanligiga bog’liq. Bunday holatlarda, hamda o‘quvchilarning yo‘lda yurish uchun lozim bo‘lgan jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib, har 25-30 minut davomida 8-10 daqiqa dam olish maqsadga muvofiq. Tik yonbag’ir bo‘ylab ko‘tarilayotganda esa odatda ma’lum manzilga yetgunga qadar dam olmasdan, bir me’yorda qadam tashlab, egri-bugri (ilon izi yoki zigzak usuli) yo‘l solib yurish erta toliqishning oldini oladi. Chunki dam olmasdan bir me’yorda qadam tashlash yurakning mo‘’tadil ishlashini ta’minlaydi va natijada organizm tez charchamaydi. Aksincha tez-tez dam olish esa yurakning bir me’yorda ishlash ritmini buzadi va organizm tez toliqadi. So‘qmoqlar bo‘ylab yurishda ham ma’lum tartibni buzmasdan, shoshilmasdan qadam tashlash lozim bo‘ladi. Odatda so‘qmoq bo‘ylab bir qator hosil qilib, ya’ni tizilgan holda, har-bir o‘quvchi oralig’ida 2-3 m masofani qoldirib yurish havfsizlikni ta’minlaydi. Chunki yo‘l bo‘ylab uchrovchi tikanakli butalar, zaharli giyohlar, tosh to‘siqlarning uchrashi tog’ sharoitida odatiy hol. Bunday sharoitda kerakli 2-3 m masofani saqlamaslik ko‘ngilsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bilan birgalikda safar qatnashchilari harakat davomida shovqin solmasliklari, ko‘p gapirmasliklari (ko‘p gapirish organizmni toliqtiradi), daraxt va buta shoxlarini sindirmasliklari, o‘tloqlarni payxon qilmasliklari, ko‘chib ketishi mumkin bo‘lgan toshlarga beparvo bo‘lmasliklari lozim. Chunki joyidan qo‘zg’algan kichik xarsang, quyida katta tosh ko‘chkilarining shakllanishiga sababchi bo‘ladi. Bu holat esa quyida o‘tlab yurgan chorva mollari, dam oluvchilar yoki aholi punktlariga katta zarar yetkazish, hatto fojia bilan tugallanishi mumkin. Ayniqsa o‘quvchilarning balandlikka tomon ko‘tarilishi, qiyaliklarda yoki, pasga qarab yurish davomida ushbu holatlarni keltirib chiqarmaslikka astoydil harakat qilish lozim bo‘ladi. Harakatlanish mobaynida kichik va katta dam olishni tashkil etish mumkin. Kichik dam olishni yo‘lning sodda yoki murakkabligi, harakatlanishning yengil yoki og’irligiga ko‘ra o‘rtacha har 30-40 minut oralig’ida tashkil etish mumkin. Dam olish muddati 5-10 minut, bemololroq bo‘lsa 15-20 minut atrofida kechadi. Kichik dam olish mobaynida safar xaltalarni yechmasdan, o‘tirish uchun qulay, zax bo‘lmagan quruq joylar tanlanadi. Havo harakati baland bo‘lgan holatlarda soya-salqin joylarni tanlash mumkin. Katta dam olish muddati esa har 60-90 minut mobaynida qaytariladi va 20-25 minut davom etishi mumkin. Har ikkala dam olish paytida ham ekskursiya qatnashchilari quyidagi holatlarga qat’iy amal qilmoqlari lozim bo‘ladi: dam olishni va dam olish nuqtasini rahbar o‘qituvchi rahbarligi ostida tashkillashtirish; to‘xtash haqida buyruq olgan o‘quvchining daraxt soyasida o‘tirish lozim bo‘lgan joyning holatini ko‘zdan kechirish, toki mo‘ljallangan joyning zah, zaxarli hashorat va jonivor (qoraqurt, biy, chayon, buzoqboshi, ilon va h.k.)lardan holi ekanligiga ishonch hosil qilish; harakatlanishdan keskin to‘xtagan vujudning birdan sovishiga yo‘l qo‘ymaslik ya’ni terlab turib yechinmaslik; yurishdan to‘xtagandan keyin ham, birmuncha (1-2 minut) muddat qo‘l oyoqlarni harakatlantirib keyin o‘tirish, toki yurak va o‘pka faoliyatini keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaslik, chunki bu holat vujudning tez toliqishi va zo‘riqishiga sabab bo‘lib, pirovardida kasallanishiga zamin yaratadi; juda toliqqan holatlarda esa oyoqni yuqoriga tomon uzatib va tananing bosh qismini quyiga tomon ushgan holda dam olish, tadbiri (o‘tirish, yotish) tanada qon aylanishning me’yoriy holatini tiklashga yordam beradi; qizib suv ichish, cho‘milish, hatto yuzni yuvish qat’iyan man qilinadi. Tushki dam olish va ovqatlanish uchun odatda sersoya suv manba’i (buloq, daryo, ko‘l sohili) yaqin bo‘lgan joy tanlanadi. Tosh palaxsalaridan yasama o‘choqda (tushlikda ham sovuq, tog’ daryosining suvidan ichish maqsadga muvofiq emas, konservalar ilitilishi, choy qaynatish) hatto yengil sho‘rva tayyorlash mumkin. Chunki sifatli tushlik, marshrutning yengil o‘tishiga kafolat beradi. Sayyohatni o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan metodlar. Har bir fanning o‘ziga xos o‘rganish metodlari bo‘lganligi kabi, sayyohatni o‘tkazish jarayonida ham turli metodlardan foydalaniladi. Jumladan, stasionar, kuzatish, geografik nuqta yozish, marshrutlar uyushtirish orqali hududni o‘rganish metodi, taqqoslash, kartografik, aerokosmik ma’lumotlardan foydalanish, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish kabi metodlar o‘quv dala amaliyoti o‘tishning asosini tashkil etadi. Ushbu metodlarning qisqacha tavsifi quydagilardan iborat. Stasionar metodi. Ushbu metodning asosini o‘quvchilar sayyohat rahbari sifatida ishtirok etuvchi o‘qituvchilari yordamida sayyohat o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan hududning tabiiy geografik xususiyatlari bo‘yicha muqaddam yozilgan ilmiy, o‘quv uslubiy adabiyotlar, internet ma’lumotlari asosida ma’lumot to‘plab, hududni statsionar holatda ilmiy o‘rganadilar. Kuzatish metodi. O‘quvchilar guruh rahbari boshchiligida sayyohat o‘tilayotgan hududning geologik tuzilishi, geomorfologiyasi, iqlim xususiyatlari, ichki suvlari, tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonat dunyosini bevosita kuzatishlar orqali idrok qiladilar. Geologik kuzatishlar – Ular ixtisoslashgan ob’ektlarda (daryo vodiylari, soylarning tipi qirg’oqlari bo‘ylab, yoki antropogen komplekslarda yangi qazilgan ariqlar va chuqurlar) olib boriladi. Geografik nuqta yozish metodi. Guruh rahbari ixtiyoriy ravishda hududning biron bir komponentini o‘rganish va o‘quvchilarga uning xususiyatlarini tushintirib berish uchun eng qiziqarli geografik nuqtani tanlaydi va uni tavsiflab beradi. Marshrutlar uyushtirish metodi. sayyohatni o‘tash jarayonida sodda va murakkab turdagi marshrutlar uyushtirish va yo‘l-yo‘lakay kuzatish, geografik nuqta yozish metodlarini qo‘llash samarali natijalar beradi. Chunki o‘quvchilar kuzatish mumkin bo‘lgan barcha xarakterli tabiat komponentlari, tabiiy geografik jarayonlar aynan sayyohat atrofida emas, balki undan birmuncha yiroqda joylashgan bo‘lishi mumkin. Shunday holatlarda turli marshrutlar uyushtirish metodi qo‘l keladi va qimmatli ma’lumotlar to‘planadi. Taqqoslash metodi. Eng qulay va keng qo‘llaniladigan metod bo‘lib buning asosini bir xil sharoitda sodir bo‘lgan tabiiy geografik jarayonlarni boshqa bir sharoitda rivojlanish xususiyatlariga nisbatan qiyoslab o‘rganiladi. Kartografik metod. Sayyohat davrida o‘rganilgan barcha geografik nuqtalar va unda tavsiflangan ma’lumotlar hududning kartasiga tushiriladi. Ushbu to‘plangan ma’lumotlar asosida turli ilmiy farazlar, g’oyalar, qonuniyatlar olg’a suriladi. Aerokosmik ma’lumotlardan foydalanish metodi. O‘rganilayotgan hududning samaliyot (boshqa uchuvchi jismlar) yoki kosmik qurilmalar yordamida tushirilgan suratlarini tahlil qilish orqali ma’lumotlar to‘planadi, xulosalar chiqariladi, asliga taqqoslanadi. Aerokosmik ma’lumotlaresa o‘quv dala amaliyoti boshlanmasdan oldin maxsus buyurtmalar yoki muqaddam mavjud xujjatlar asosida avvaldan tayyorlab qo‘yiladi. Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish metodi. Ushbu metodning asosini butun sayyohat jarayonida va turli ilmiy, ilmiy ommobop, internet ma’lumotlari asosida o‘rganilayotgan hudud bo‘yicha yig’ilgan statistik ma’lumotlar, ko‘rsatkichlarni tahlili tashkil etadi. Tahlil etish esa turli jadvallar, grafiklar, chizmalar va matn yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu raqamlar va ma’lumotlarning to‘planishida esa, barometr, termometr, metr, kompas, ruletka, chizg’ich kabi bir qancha asbob uskunalar qo‘llaniladi. 3. GEOGRAFIYA FANIDAN O‘QUV SAYYOHATLARIGA TAYYORGARLIK VA SAYYOHAT UCHUN ZARUR BO‘LGAN JIHOZLAR VA VOSITALAR O‘quv sayyohatlariga chiqishdan oldin tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Tayyorgarlik ishlari quyidagi qismlarga bo‘linadi: nazariy, amaliy, tashkiliy. Nazariy tayyorgarlik jarayonida o‘quv sayyohatida amalga oshiriladigan ishlar xususiyati va turiga ko‘ra o‘quvchilarni bilimlari mustahkamlanadi. O‘quv uskunalari tabiatga uyushtiriladigan sayyohatlarni olib borishdan avval sinf sharoitida tabiiy geografik bilimlar mustahkamlanadi, ya’ni reja olish, litosfera, gidrosfera, atmosfera. Biosfera haqidagi nazariy bililar qaytariladi va mustahkamlanadi. Tanlagan mavzu yuzasidan o‘quvchilarga avvaldan maxsus topshiriqlar, savollar, muammolar berib borilgan bo‘ladi va uni o‘quv sayyohati davomida o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib berilgan topshiriq yuzasidan fikrlari aniqlanadi va mavzu takrorlanib mustahkamlanadi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi tayyorgarligi asosiy o‘rinni egallaydi. Ammo asosiy material o‘quvchi zimmasiga tushadi. O‘qituvchi tayyorgarlik jarayonida sayyohatga boriladigan ob’ekt uchun zarur bo‘ladigan adabiyotlarni, kartalarni va boshqa materiallarni tayyorlaydi. Geografiya o‘qituvchisi avvalo sayyohat ob’ektini karta va adabiyotlar, hamda mahalliy aholi yordamida atroflicha o‘rganadi. Keyinchalik sayyohat marshruti (yo‘nalishi) belgilanadi. Tayyorgarlik jarayonida sayyohatda qanday masalalarni o‘rganish zarurligiga e’tibor qaratiladi. Sayyohatga boriladigan marshrutni avvalo o‘qituvchining o‘zi ko‘rib chiqishi o‘quvchilarning nimalarni ko‘rishi,nimalarni yozishi, chizishi, qaysi ob’ektni rasmga tushirishi, qanday amaliy ishlarni bajarishi kerakligini aniqlab oladi. O‘qituvchi sayyohat ob’ektini dastlabki ko‘rib bo‘lganidan keyin uni uyushtirish rejasini tuzib chiqadi. Agar sayyohat ishlab chiqarish korxonasiga mo‘ljallangan, avvalo uning texnologik jarayonini o‘zi ko‘zdan kechirishi, korxona mutaxasislari, ishchilar, bilan uchrashishi kerak. Eng muhimi korxona mamuriyati bilan sayyohatni uyushtirish vaqtini, sayyohatni o‘tkazuvchi mutaxassisni aniqlab qo‘yish kerak. Sayyohat o‘tkazuvchini o‘quvchilar diqqatini nimalarga qaratish kerakligi, hamda sayyohatni maqsadi vazifalari, marshruti, rejasi, to‘xtash joylariga borishda mutaxassisni ogohlantiriladi. O‘quvchilarga mustaqil ravishda korxonaning qisqacha tarixi bilan tanishishi vazifalarini mustaqil aniqlash topshiriladi. Ishlab chiqarish korxonalariga sayyohat uyushtirilganda o‘quvchilarni albatta texnika xavfsizligi masalalari bilan oldindan tanishtirish maqsadga muvofiq. Bunday korxonalarga sayyohat uyushtirishda qancha o‘quvchini olib borish ham oldindan belgilab olinishi kerak. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ishlab chiqarish korxonalariga sayyohat uyushtirilganda o‘quvchilar soni
O‘quvchilarni o‘quv sayyohatga tayyorlash ham eng masuliyatli vazifalardan biri sanaladi. O‘quv sayyohatning maqsadi, vaziflarini o‘quvchilar mustahkam egallashi zarur. Eng muhim geografik bilimlar, tushunchalar bilan ularni o‘zi tanishtirish kerak. Kartalar yordamida sayyohat marshruti, ob’ektning geografik o‘rni uning qulay yoki noqulay tomonlari atrofligicha o‘rganilishi maqsadga muvofiq. Agar sayyohat qishloqdagi mashina traktor parkiga mo‘ljallangan, o‘qituvchi o‘quvchilarning bu ob’ekt haqidagi bilimlarini aniqlaydi. Ayrim o‘quvchilarning bu oby’ekt haqidagi butun sinf o‘quvchilariga hikoya qilib berishi uyushtiriladi. Bunday tadbirlarni barchasi o‘quvchilarning sayyohatga bo‘lgan havaslarini oshiradi. Sayyohat uyushtirishdan oldin sinf o‘quvchilari guruhlarga bo‘linadi, har bir guruhga faol o‘quvchilardan rahbarlar belgilanadi. Har bir guruhga topshiriqlarni taqsimlanib chiqadi. Sayyohat uyushtirish uchun zarur bo‘lgan asbob uskuna va vositalar aniqlanadi. Guruhdagi barcha o‘quvchilar sayyohat jarayonida qanday vazifalarini bajarishlari nimalarni yig’ishlari ham aniqlab olinadi. O‘quvchilar yig’ilgan materiallarini qay tartibda joylashtirilishiga ham e’tibor berish kerak. Ma’lumki barcha o‘quv sayyohatlarning maqsadi jamiyat va tabiat haqidagi geografik tushunchalarni shakllantirishdan iborat. Masalan, iqtisodiy geografik sayyohatlarda hozirgi zamon sanoati va qishloq xo‘jaligi, ularning iqtisodiy geografik o‘rni ixtisoslashishi kooperatsiyasi, mehnat unumdorligi, bozor iqtisodiga moslashishi, bozor bilan bog’liq bo‘lgan o‘nlab tushunchalar va boshqalarni shakllantirishdan iborat bo‘ladi.O‘quv sayyohati jarayonida o‘quvchilar xilma-xil kasblar bilan ham tanishadilar, ularda mehnatga nisbatan muhabbat xislatlari shakllanadi va tarbiyalanadi. Har bir sayyohatda sayyohatning marshrut davomidagi to‘xtash joylari (masalan relf shakllari, jarlar, daryo o‘zani, jinslarning yotishi va h.k.) albatta sayyohat rejasida o‘z aksini topishi kerak. Sayyohat paytida o‘quvchilar faolligini oshirish masalalari ham o‘qituvchining diqqat markazida bo‘lishi lozim. Ayniqsa yosh o‘qituvchilar sayyohat davomida o‘quvchilarga beriladigan savollardan oldindan tayyorlab qo‘yishlari maqsadga muvofiq. Sayyohatda o‘quvchilarning mustaqil ishlariga ham alohida e’tibor berish zarur. Agar sayyohat ob’ekti unchalik katta bo‘lmasa, o‘qituvchi oldindan bo‘lingan guruhlarni korxona bo‘limlariga taqsimlaydi va yuboradi. Ularning bajaradigan mustaqil ishlariga rahbarlik qiladi. O‘quvchilar diqqatini nimalarga e’tibor qaratishlari o‘qituvchi tomonidan ogohlantiriladi. Agar sayyohat ob’ekti katta o‘quvchilarni guruhlarga taqsimlamasdan sayyohat uyushtiriladi. Chunki bunday ob’ektlarda o‘quvchilarni boshqarish ancha mushkul bo‘lib qoladi. Amaliy tayyorgarlik bosqichida o‘quvchilarga sayyohat davomida zarur bo‘ladigan ish usullari haqida bilim va ko‘nikmalar shakillantiriladi. Agar agar o‘quv sayyohati daryo vodiysi bo‘ylab o‘tkaziladigan bo‘lsa daryoni ko‘ndalang kesimini, suvni tozaligini va sarfini aniqlashni bilishlari va uddalay olishlari lozim. Agar o‘quv sayyohatida reja olish ko‘zda tutilgan bo‘lsa turlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakillangan bo‘lmog’i lozim. O‘qituvchi sayyohatni maqsadi va vazifalaridan kelibchiqqan holda jixozlar, priborlar va anjomlar ro‘yxatini tuzadi va ularni yig’adi. O‘quv sayyohatlarida quyidagi jixoz asboblar va uskunalar lozim bo‘lishi mumkin: kompas, termometr, reyka, arqon, xarita, banometr,va h.k. O‘quv sayyohatlarini quyidagi hollarda o‘tkazish mumkin: ya’ni mavzuni o‘rganishdan oldin; qator mavzularni o‘rganib bo‘lgandan so‘ng. O‘quv sayyohatlarini muvofaqiyatli o‘tkazish sayyohat o‘tkaziladigan joyni tanlashga bog’lik. Agar sayyohatni mavzusi relyef shakillarini o‘rganishga bag’ishlangan bo‘lsa iloji boricha relelefi xilma xil bo‘lgan joy tanlanishi lozim. Tog’ jinslariga bag’ishlangan sayyohatlarni o‘tkazishda geologik ochilmalar mavjud bo‘lgan joylar tanlanadi. O‘quv sayyohatlari o‘tkaziladigan joylarni tanlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim: - tanlangan joy o‘quv mavzulari va o‘quv o‘lkashunoslik maqsadi va vazifalariga mos kelishi zarur. Demak o‘lkashunoslik materiallari bilan bevosita bog’liq bo‘lgan mavzu va masalalarni o‘rganishda; - o‘ziga xos o‘quv sayyohati obektlari bo‘yicha ma’lumotlar qo‘llash, o‘rganish, ularni tasvirlash va bevosita ko‘rish imkonini yaratmog’i lozim; - o‘quv sayyohatlari davomida tarbiyaviy maqsad amalga oshirilmog’i lozim. Masalan, maktab joylashgan qishloq, tuman, shaharda noyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonot dunyosining, noyob tabiat yodgorliklarini mavjudligi va h.k; - o‘quv sayyohatlarida o‘quvchilarni yoshi bilan bog’lik bo‘lgan xususiyatlarni hisobga olish; - geografiya va o‘lkashunoslik obektlarini o‘zgarishini o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishini xissiy-emosional xususiyatlarini hisobga olish; - ma’lum bir geografiya predmetlari bo‘yicha aniq mavzularning o‘quv tarbiyaviy talablarini hisobga olish; - o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘quv sayyohatini o‘tkazishga tayyorgarlik darajasini hisobga olish; - o‘quv sayyohatlarida ma’lumotlarni yig’ish, hisobga oshish. Mazkur ma’lumotlar qayta ishlangandan so‘ng ularni kitob shaklida nashr qilish mumkin.
Umumta’lim maktablarida o‘quv sayyohatlarining katta qismi tabiiy geografiya kurslari bo‘yicha o‘tkaziladi. Shuning uchun tabiiy geografik o‘quv sayyohatlari bo‘yicha juda ko‘p ishlar amalga oshirilgan.
- umumiy tabiiy geografik o‘quv sayyohatlari. Bunda sayyohat davomida o‘quvchilar joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o‘rganish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi; - maxsus tabiiy geografik o‘quv sayyohatlari. Bunday sayyohatlarda tabiiy geografik sharoitlarni ayrim tarkiblari aloxida o‘rganiladi. Masalan, relyefi, tuproq, o‘simlik va h.k. Umumiy tabiiy geografik o‘quv sayyohatlari maktab tabiiy geografiya kurslarni ma’lum bir predmetlarni o‘rganib bo‘lingandan so‘ng uyushtiriladi. Tabiiy geografik o‘quv sayyohatlari quyidagi tartibda o‘tkaziladi: 1. O‘quv sayyohatlariga tayyorgarlik ishlari. Tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi: sayyohat o‘tkaziladigan joyni tanlash va uni haritasini toptsh yoki xomaki rejasini tuzish; sayyohatni vaqtini va davomiyligini aniqlash; sayyohat uchun zarur bo‘lgan jixozlar va priborlar ro‘yxatini tuzish va u ularni topish; o‘quvchilar bilan suxbat o‘tkazish va ularni ma’lum bir guruhlarga bo‘lish; 2. O‘quv sayyohatini o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Ma’lum bir vaqtda o‘quvchilar yig’iladi. Ular bilan yana bir marta suxbat o‘tkaziladi. Unda o‘quv sayyohatining maqsadi va vazifalari tushuntiriladi. Har bir to‘xtalgan joyda quyidagi ishlar bajariladi. Nuqtaning (joyning) geografik o‘rni aniqlanadi. Nuqtaning geografik o‘rni maktabga nisbatan, daryoga nisbatan, yo‘lga va boshqalarga nisbatan aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari agar topografik harita mavjud bo‘lsa nuqtaning materik matematik geografik o‘rni ham aniqlanadi. Shuning uchun nuqtaning umumiy tabiiy geografik o‘rganiladi. Avval nuqtaning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, gedrografik tarmoqlari, tuproqlari o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda landshaftlari o‘rganiladi. Demak, umumiy tabiiy geografik sayyohatlarda o‘quvchilarda har bir nuqtani yoki joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o‘rganish va baxolash ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi. Bu esa yil davomida olgan tabiiy geografik bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashda va yanada chuqurlashtirishadi va kengayadi. Quyida ekskursiya tartibida mahalliy daryolarni o`rganish rejasini keltiramiz: 1. Ko`prik orqali yoki qishda muzlagan paytida daryoning enini o`lchang. 2. Daryoning chuqurligini o`lchash,daryo o`zani taxminiy profilini chizish 3. Oqim tezligini aniqlash. 4. Burilib oqqan joylardagi oqim tezligini aniqlash. 5. Daryoning qirg`og`ida suv toshqini, surilma bo`lgan joylarni aniqlash. 6. Daryo yotqiziqlari to`planadigan joylarni topish, qayirlarni aniqlash. 7. Qanday irmoqlari bor. 8. Daryoning toshadigan paytlarini aniqlash. 9. Nivelir yordamida suvning eng ko`tarilgan va eng pasaygan davrlarini aniqlash. 10. Aholi punktlari daryo yoqasidan qancha uzoqlikda joylashganligi. 11. Qirg`oqlarida qanday qishloq xo`jalik ekinlari ekiladi, o`tloqlar mavjudligi. 12. Aholining suv bilan ta’minlanishi qanday yo`lga qo`yilgan? 13. Muzlash qalinligi. 14. Cho`miladigan joylar bormi, qaerlari cho‘milish uchun xafliligi. 15. Qanday baliq turlari yashashligi. 16. Yuk tashish ahamiyati qandayligi. 17. Paromlar, ko`piriklar borligi. 18. Daryo yoqasida qanday tuproq, o`simlik turlari va hayvonlar uchrashligi va hakozolar o`rganilishi mumkin. Joyning geologik tuzilishini o‘rganish iloji boricha ochilmalar mavjud bo‘lgan joyda olib boriladi. Birinchi navbatta ochilmada, qaysi davr yotqiziqlari va qanday tog’ jinslari ochilib qolganligi aniqlanadi. Tekislikda ko‘proq to‘rtlamchi davr yotqiziqlari keng tarqalgan bo‘ladi. Tog’ o‘lkalarda birinchi geologik davrlarga xos bo‘lgan ochilmalar bo‘lishi mumkin. Ochilmalarda qanday tog’ jinslari joylashganligi aniqlanadi. Ular matematik, guruhga mansubligi aniqlanadi. O‘quvchilarga ular qanday sharoitda xosil bo‘lganligi tushuntiriladi. Cho‘kindi jinslar ochilmasi o‘rganilayotgan ularni qotishmasimon joylashganligiga o‘quvchilar e’tibori qaratiladi va har qotishmadagi jinslarni xususiyatiga qarab ularni qanday sharoitda xosil bo‘lganligi tushuntiriladi. Masalan. Agar ochilmani tubida shag’al va xarssang toshlar qoplami, uning ustida qumlar, qumlarni ustida gillar qatlami joylashgan bo‘lsa demak dastlab kuchli oqim ta’sirida harsang toshlar oqizib kelingan, so‘ngra sekin oqim sharoitida qum qatlam xosil bo‘lgan. Dengiz yoki ko‘l sharoitida yoki sekin oqadigan ariq daryo sharoitida gillar qatlami vujudga kelgan. Joyning foydali qazilmalari o‘rganilganda sayyohat davomida g’isht xom ashyosi, shag’allar, toshloq va qurilish matyeriallari o‘rganilishi mumkin. Joyni relyefini o‘rganishda o‘quvchilar diqqatini relyef hosil qiluvchi omillar va asosiy relyef shakillarini ajratishga qaratilishi lozim. Bundan tashqari tashqi kuchlar va inson faoliyati ta’sirida hosil bo‘lgan relyef shakillari ham aloxida ajratib ko‘rsatilishi zarur. Joydagi suv havzalari daryo, soy, ko‘l, buloq bo‘lishi mumkin. Shunining uchun o‘quvchilarga gidrografik sharoitni asosiy tarkibiy qismlari xaqida gapirib, mazkur tarkibiy qismlarni qaysi biri o‘rganilayotgan joyda mavjudligi aytib o‘tiladi va uni o‘rganiladigan o‘lchamlari ko‘rsatib beriladi. Joydagi tuproqlar o‘rganilganda ularning asosiy turlarigae’tibor beriladi. O‘simliklar o‘rganilganda ular uchta qatlamga bo‘lib o‘rganiladi: daraxtlar, butalar, o‘tlar, hayvonlarni o‘rganishda ular ham guruhlarga bo‘lib yuboriladi: sudralib yuruvchilar, tuyoqlilar, qushlar. Har bir nuqtada tarqalgan landshaftlarni o‘rganish. Ular kasbiy va antropogen landshaftlarni ajratish. Maxsus tabiiy geografik sayyohatlariayrim mavzularni o‘tib bo‘lgandan so‘ng amaliy ko‘nikmalarni shakillantirish maqsadida o‘tkaziladi. Masalan, litosfera, gedrosfera, atmosfera va beosfera mavzularini o‘tib bo‘lgandan so‘ng uyushtirish mumkin. Maxsus tabiiy geografik o‘quv sayyohatlarini o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: o‘quv sayyohatining maqsadi va vazifalari hamda o‘tkazish joyi, vaqti o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqiladi. O‘quv sayyohati haqida va sayyohat o‘tkazish tartibi qoidalari haqida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi. Maxsus o‘quv sayyohati quyidagi mavzularda olib borilishi mumkin: janubiy geoglogik tuzilishni o‘rganish; joyning relyefini o‘rganish; joynining ichki suvlarini o‘rganish; joyning tuprog’ini, o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘rganish; joyning landshaftlarini o‘rganish; Umumiy tabiiy geografik o‘quv sayyohatlaridan farq qilib maxsus tabiiy geografik sayyohatlarda tabiatni ayrim tarkibiy qitsmlarini juda chuqur va har tomaonlama o‘rganiladi. Masalan, joyning geologik tuzilishi ochilma mavjud bo‘lgan sharoitda quyidagicha o‘rganiladi (B. A. Chyernov, 1985) 1. Kundalikda ochilmaning tartib raqami va ochilmani o‘rganish vaqti yoziladi, ochilmani geografik o‘rni aniqlanadi va kundalikka yozib qo‘yiladi. 2. Ochilmani taqlamlarini joylanishi aniqlash. Har bir qatlamning qalinligi va tog’ jinslarining holatini o‘rganish. 3. Ochilmani kundalikda chizmasini chizish. Har bir qatlamni chizish davomida undagi tog’jinslarini tarkibiga e’tibor berish. Tarkibi nimalardan iborat, qo‘shilmalar bormi, bor bo‘lsa ularning o‘lchamlarini aniqlash. Qatlamlar chizmasida pastdan yuqoriga qarab xaritalar bilan belgilanadi. 4. Qatlamlardagi tog’ jinslarining rangi tarkibi, qo‘shilmalari, holati tavsifi tuziladi. Masalan, qizil rangli gil, tarkibida mayda shag’al toshlar mavjud, gilning namligi o‘rtacha. Gillar plastik holatda. Qatlamlarni yotish holati aniqlanadi: gorizantal yoki qiya yotish. Qatlam qiya yotgan bo‘lsa uning qiyaligi aniqlanadi. Agar foto aparat bo‘lsa ochilmani rasmga olish mumkin. 5. Tog’ jinslarini namunalari olinadi. Namunalar qopchalarga olinishi mumkin. Agarularning tarkibiy holati o‘zgarmagan holda olish lozim bo‘lsa o‘lchami 10x10x10 sm li monopolitlar olinib ular parafanlanadi. Buning uchun parafin (sham) eritilib, dokacha o‘ralgan monolit unga botiriladi. So‘ngra monolitga etikeika yopishtiriladi. Unda quyidagi ma’lumotlar yozilgan bo‘lishi lozim. Monolit olingan ochilmani tartib raqami, tog’ jinslarining nomi, olingan chuqurlik, monolit olingan yil, oy, kun. O‘quvchilar ochilmalarni o‘rganish ko‘nikmasiga ega bo‘lganligidan so‘ng bunday ishlarni mustaqil ravishda bajarilishi mumkin. Xuddi shunday taxlitda tabiat tarkiblarini boshqa qimslarini alohida o‘rganish mukin. Masalan, joydagi tuproq qoplamini o‘simlik va hayvonot dunyosini va landshaftlarni o‘rganish.
- tabiiy va antropogen landshaftlar ajratib olinadi va ular haritaga tushiriladi; - tabiiy landshaftlarning asosiy turlari aniqlanadi (o‘rmonlar, butazorlar, qumloqlar va h.k.) - antropogen landshaftlarning asosiy turlari aniqlanadi (seliteb agrogen, gidrogen, yo‘l, sa’noat va h.k) Maktab geografiyasida landshaft bo‘yicha faqat juda umumiy va sodda bilimlar beriladi. Shuning uchun o‘quv sayyohatlari davomida ham landshaftlar to‘g’risida sodda va umumiy bilimlar berilmog’i lozim. Maktab tabiiy geografiya kurslarida landshaft, joy va fanlarga bo‘lib o‘rganilmaydi, shuning uchun sayyohat davromida ular mazkur birliklarga ajratilmaydi.
Gеоgrafiya ta’limida fan sayyohatlardan tashqari, dasturdan tashqari (xоhlоvchi o‘quvchilar bilan) uyushtiriladigan sayyohatlar ham mavjud. Bunday sayyohat mazmunida maktab gеоgrafiyasidan tashqari bilimlar ham uchraydi. Tabiiy yoki gеografik sayyohat o‘lka tabiatini, ya’ni o‘lkaning gеologik tuzilishi, foydali qazilmalari, rеlеfi, iqlimi, ichki suvlari, tuprog’i, o‘simligi va hayvonot dunyosi hamda landshaftlarini o‘rganadi. Maktablarda kоmplеks sayyohatlar ham uyushtirish mumkin. Bunday sayyohatda biоlоgiya, fizika, kimyo, tariх, iqtisоd o`qituvchilari ham qatnashadilar. Kоmplеks sayyohatlarda bir nеcha sinf o`quvchilari ishtirоk qiladilar. Har bir fan o`qituvchisi sayyohat jarayonida o‘quvchilarga bеriladigan savоllarni оldindan tuzib quyishlari zarur. Kоmplеks sayyohatlarda yig’ilgan matеriallar qayta ishlanadi va kanfеrеnsiya bilan yakunlanadi. Demak, tabiiy gеografiya o‘quv sayyohatlarining asosiy maqsadi, o‘quvchilarni maktabda olgan bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaydi. Tabiiy gеografik kuzatishlar olib borish tajribasiga ega bo‘lishadi. Eng muhimi sayyohat o‘quvchilarni turmush kitobini o‘qishga o‘rgatadi. Sayyohat o‘quvchilarda mehnat, ekologik va iqtisodiy tarbiya asoslarini ham shakllantirishga yordam beradi. Sayyohat mazmunan quyidagi turlarga bo‘linadi. Xulosa qilib quyidagi vazifalar amalga oshirildi: - sayyohatni o‘tash uchun tayyorlanish bosqichini aniq tashkil etish bo‘yicha takliflar berildi; - o‘quvchilarni sayyohat va uning tartibi bilan tanishtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi; - o‘quvchilarni tevarak atrofga xos tabiiy geografik sharoit bilan turli o‘rganish metodlarini tahlil qilindi; - o‘quvchilarni to‘plangan ma’lumotlar asosida ilmiy xulosalar chiqarishga va hisobot yozishga ko‘rsatmalar berildi. Malaka ishi yuzasidan olib quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:
Bugungi kundagi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yangi metodlarini o‘rganish, ularni saralash, sinab ko‘rish, va pedagogik amaliyotga joriy etish; 2. Ta’limda o‘qitishni yangi texnologiyalar bilan mustahkamlab, tizimli yondashuv asosida uning umumiy samarasini yaxshilashga urinish; 3. Geografiya darslarini tashkil etishda odatiy dars shaklidan tashqari o‘quv sayyohatlarini tashkil etishda zamonaviy pedagogik va shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni qo‘llagan yo‘lga qo‘yish, zaruriy o‘qitish vositalaridan samarali foydalanish; 4. Malaka ishida keltirilgan interfaol metodlar, yo`riqnomalardan geografiya darslarida qo`llash va boshqa ishlanmalar tayyorlashda foydalanish tavsiya etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi Alimqulov N., Abdullaev I., Xolmurodov Sh. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Amaliy geografiya. T.:2012 Baratov P “O‘zbekiston tabiiy geografiyasi” Toshkent, “O‘qituvchi” 2002 Vahobov X. va b. Malakaviy amaliyot dasturi. T. TDPU. 2012 y. Vahobov X. va b. Gegrafiya o‘qitish metodikasi., Namangan. 2016 y. Maksimov N.A. Tabiiy geografiyadan metodik qo‘llanma. T., “O‘qituvchi”. 2001 y. Tojiboyeva D. va boshq. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. “Aloqachi” T.2009 y, 566 b. Yo‘ldoshev J.G. “Yangi pedagogik texnologiyalar” (yo‘nalishlari, muam - molari, yechimlari) – “Boshl. ta’lim”, 1999 y, № 6, 2-5 betlar. Qosimov A.X., Xoliqova F. “Pedagogik maxorat va Pedagogik texnologiyalar” Toshkent, TATU 2004 y. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat/- T.: “O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi” nashriyoti. 2006. Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A., Pedagogika. O‘quv qo‘llanma.-Toshkent: Fan, 2004. Maktab darsliklari: P. G’ulomov, R. Qurbonniyozov, H. Vahobov, P. Baratov, M. Mamatqulov, P. Musayev, J. Musayev Internet saytlari www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi www.ziyonet.uz - Ziyonet ta’lim portal www.geografiya.uz – Geografiya sayti www.edu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sayti tshmoi.uz- -Toshkent shahri Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institut saytiDownload 72.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling