Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


V) Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi


Download 0.76 Mb.
bet59/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

V) Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi
«Iqtisodiy jadvalga» yuqori baho bergan K.Marks, o’zining takror ishlab chiqarish sxemasini ishlab chiqdi. A.Smit, J.B.Sey ijtimoiy mahsulotni daromadlarga bo’lib (moddiy sarflarni mavhumlashtirgan holda) ko’rsatgan bo’lsa K.Marksda esa ijtimoiy mahsulot uch qismga bo’linadi: doimiy kapitalga (s) – moddiy sarflarga (amortizatsiya, xom ashyo, yoqilg’i va boshqalar qiymati), o’zgaruvchi kapitalga (v) – ishchi kuchini sotib olishga bo’lgan sarflar va qo’shimcha qiymatga(m).
Takror ishlab chiqarish muammosini yechib berishda K.Marks iqtisodiyotni ikki bo’linmaga bo’ladi. I bo’linma ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, II bo’linma iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish. Keyin u oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish o’rtasidagi farqni ko’rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab chiqarish» o’zgarmas bo’lib, unda sof investitsiya nulga teng. Oddiy takror ishlab chiqarish bir xil hajmda, o’zgarmas bo’lib qolishi uchun qanday shartlar bo’lishi kerak? K.Marks buning uchun quyidagi shartlarni ko’rsatib beradi. Oddiy takror ishlab chiqarishda I bo’linmaning barcha mahsuloti har ikkala bo’linmadagi kapitalni qoplash uchun sarflanishi kerak: I (c+v+m)= Ic+IIc. SHu bilan birga II bo’linma mahsuloti ish haqi fondi plyus mulkdan keladigan daromadga – sof milliy mahsulotga teng (ekvivalent) bo’lishi kerak: II (c+v+m)=I (v+m)+II (v+m). Bu ikkala tenglamadan natijada I (v+m)=Ic kelib chiqadi, ya’ni I bo’linmaning sof mahsuloti II bo’linmada yil davomida iste’mol qilinggan kapitalni qoplash uchun zarur bo’lgan talab miqdoriga teng bo’lishi kerak. Agar I (c+v)>Ic bo’lsa, unda doimiy kapitalni qoplash uchun investitsiya sarflari miqdori amortizatsiya ajratmalaridan oshib ketadi, ya’ni sof investitsiya ijobiy bo’ladi. Lekin amortizatsiya jamg’armalari iste’mol qilingan kapitalni qoplashga ishlatilmasa ishlab chiqarishning pasayishi kelib chiqadi. Keltirilgan dalillar ancha puxta makroiqtisodiy o’zaro bog’liqlik borligini tasdiqlaydi.
Keyin K.Marks kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil qiladi. Uning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasini fan-tarixidagi iqtisodiy o’sishning birinchi matematik modeli hisoblash mumkin. Lekin uning kamchiliklari yo’q emas. Xususan, u «kengaytirilgan takror ishlab chiqarish»ning bir tekisda rivojlanib borishining shartlarini aniq ko’rsatib bermagan. Bundan tashqari, u sur’at o’zgarmagan iqtisodiy o’sishni tahlil qiladi, bunday vaziyatda esa, o’sish Q (mahsulot miqdori)da hech qanday o’zgarish bo’lishini taqozo etmaydi. K.Marks ko’rsatib bergan iqtisodiy o’sishning zarur bo’lgan shartlari: I bo’linmaning milliy daromadi ushbu bo’linmadagi ishchi va tadbirkorlarning ehtiyojlarini qondirish uchun II bo’linmadan sotib olinadigan iste’mol buyumlaridan ko’p bo’lishi kerak – milliy daromadning bir qismi ishlab chiqarishni kengaytirishga ketadi, ya’ni I(v+m)>IIs. SHunday qilib, I bo’linmaning mahsuloti yil boshidagi har ikkala bo’linmaning ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan talabidan ko’p bo’lishi kerak, ya’ni I(c+v+m)>Ic+IIc. SHunga muvofiq, jamiyatning barcha milliy daromadi iste’molga sarflanmaydi, ya’ni I(v+m)+II(v+m)>II(c+v+m).
Takror ishlab chiqarishning bunday talqini ayrim masalalarga oydinlik kiritishda qo’llanishi mumkin. Lekin umuman olganda u shu qadar cheklanishlarga asoslanganki, bu undagi barcha dalillarni kuchsizlantiradi. yopiq iqtisodiyot; barcha mahsulotlar «normal bahoda» sotiladi; har ikkala bo’linmada kapital aylanish tezligi bir xil; faqat kapitalistlar jamg’aradi; texnika taraqqiyoti yo’q; real ish haqi doimiy; bir ishchiga bo’lgan real mahsulot doimiy va boshqalar. Bundan tashqari ikki bo’linmadan iborat bo’lgan model o’zgaruvchan real iqtisodiyotni tahlil qilishda ishonchli vosita hisoblanmaydi. Kapital hamda iste’mol buyumlarini yaratuvchi ko’pchilik tarmoqlar u yoki bu model kategoriyasiga to’la kirmaydi. Masalan, tosh ko’mir qazib olish, transport, ximiya. Buning ustiga, bunday tarmoqlar ichida kapital va iste’mol buyumlari kategoriyalarga bo’linishi vaqti-vaqti bilan talab strukturasidagi o’zgarishga qarab almashib turiladi. Natijada kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning markscha shartlari deyarli o’z kuchini yo’qotadi. SHunday bo’lsada tenglama K.Marks tizimida alohida rol o’ynaydi. U iqtisodiy o’sish bir tekisda borishi mumkin emasligi, ishlab chiqarishning tsiklli bo’lishi to’g’risida fikr yuritishga imkon beradi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling