Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Download 0.76 Mb.
|
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ
D) Ish haqi
K.Marks ish haqini, klassik siyosiy iqtisod asoschilariga o’xshab, mehnat uchun to’lanadigan haq deb emas, balki ishchi kuchi uchun to’lanadigan haq deb talqin qiladi. Uning nazariyasiga muvofiq, ish haqi ishchining va uning oilasining hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan tovarlar miqdoriga teng bo’ladi. Ish haqi darajasi mehnat unumdorligiga bog’liq bo’lib, u o’z navbatida ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashuvi va texnalogik jihatdan ta’minlanishi sababli ro’y beradi. Bu hol pirovard natijada ish haqining o’sishiga to’sqinlik qiladi, negaki texnik-iqtisodiy taraqqiyot ishchi kuchining doimiy ortiqchaligini keltirib chiqaradi. Ishchi kuchining ortiqchaligi esa, ishchilar bilan kapitalistlar o’rtasidagi munosabatda keyingisiga ustunlik beradi va ishchi kuchi o’z qiymatidan past bahoda sotiladi. Ish haqi ishchi kuchi qiymatining o’zgargan shaklidir. Demak, K.Marks bo’yicha, ishchi mehnatini emas, ishchi kuchini sotar ekan, «haq to’lanmagan mehnat»ning (aniqlash va o’lchash mumkin bo’lgan) ish haqiga aloqasi bo’lmaydi, «haq to’lanmagan ishchi kuchi»ni esa aniqlash mumkin emas, negaki foydalilikka bir butun ishchi kuchini ayirboshlash uchun «bitim» tuziladi. Kapitalist ish haqini «bitim» tuzilgandan keyin emas, balki mehnat jarayoni tugagandan keyin to’laydi. Ishchi o’z ishchi kuchining qiymatini ish haqi shaklida olishdan avval kapitalistga ma’lum miqdorda mehnat, shu jumladan qo’shimcha mehnat ham qilishi kerak. Mehnat sarfi esa, uning nazariyasiga ko’ra, ish vaqti bilan o’lchanadi. Binobarin, ishchi kuchining ma’lum muddat davomida unumli mehnat qilishi uning qiymatiga haq to’lash sharti bo’lib qoladi. K.Marks fikri bo’yicha, real ish haqi «hech qachon mehnat unumdorligi kuchining oshishi bilan mutanosib tarzda o’smaydi» va hatto ishchilar ishongan kasaba uyushmalari ham, erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotdagi bunday vaziyatni keskin o’zgartira olmaydilar. Buning ustiga, «Kapital» muallifining tushintirib berishicha, mehnat unumdorligining oshishi tufayli pulda ifodalangan tovar va xizmatlar qimmatining pasayishi ishchilar sotib oladigan tovarlar bahosining xuddi shunday pasayishini keltirib chiqaradi va real ish haqi natijada unchalik oshmaydi, bundan ishchilarning qambag’allik va ma’naviy qashshoqligi kelib chiqadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling