Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-Mavzu: Sanoat-iqtisodiy xavfsizlikning hal qiluvchi omili Ma’ruza rejasi: 10.1. Sanoat milliy iqtisodiy xavfsizlikning hal qiluvchi omili.
- 10.4. Elektr energiyasini barqaror rivojlantirish istiqbollari. Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar
- 10.1. Sanoat milliy iqtisodiy xavfsizlikning hal qiluvchi omili.
Takrorlash va nazorat savollari
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi tushunchasining mazmun va mohiyati . Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash zaruriyati nimadan kelib chiqadi? Kelajakda korxonaning yuqori o‘sish va rivojlanish salohiyatini yaratish uchun nimalar qilish kerak bo‘ladi? Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasining mazmuni nimadan iborat? Korxona xo‘jalik faoliyatining sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini tahlili qanday amalga oshiriladi? 10-Mavzu: Sanoat-iqtisodiy xavfsizlikning hal qiluvchi omili Ma’ruza rejasi: 10.1. Sanoat milliy iqtisodiy xavfsizlikning hal qiluvchi omili. 10.2. Sanoatni rivojlantirishning xalqaro tajribalari. 10.3. Energetika xavfsizligi va uni ta'minlash yo‘nalishlari. 10.4. Elektr energiyasini barqaror rivojlantirish istiqbollari. Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar: axborot xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik, axborot xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari, axborot xavfsizligiga tahdidlar, iqtisodiy xavfsizlik maqsadi. 10.1. Sanoat milliy iqtisodiy xavfsizlikning hal qiluvchi omili. Sanoat– moddiy ishlab chiqarishning eng yirik etakchi tarmog’i bo’lib, unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko’pchilik qismi yaratiladi.Unda mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi, yer osti boyliklarini qazib olish amalga oshiriladi, mineral, o’simlik va hayvon xom ashyosiga ishlov beriladi hamda keng iste’mol mollari tayyorlanadi. Sanoat milliy iqtisodi yotning barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodi yot, fan, maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog’liq. Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida sanoatning tarixiy roli beqiyosdir. Shu sababli uning rivoji va samaradorligi qanchalik yuqori bo’lsa, davlatning mavqei shunchalik kuchli bo’ladi va aholi turmush darajasi yanada yaxshilanib boradi. Sanoat jamiyatning etakchi kuchi bo’lgan ishchilar sinfini o’zida birlashtiradi. Sanoat rivoji tufayli unda band bo’lgan xodimlarning soni ko’payadi, ularning bilim va ilmi, mahorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori darajaga ko’tariladi. Mehnatni ijtimoiy tashkil qilishning eng oliy turi, kontsentratsiya-ning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirish-ning ilg’or usullari–ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinat-lashtirish, ko’plab ishlab chiqarish va uzluksiz potok sistemasi yordami bilan tashkil etish sanoat sohasida hukmronlik qiladi. Faqat yirik mashina industriyasigina fan va texnikaning barcha yutuqlarini o’zida to’plab, mujassamlashtirib, mehnatni texnika bilan qurollantirishi va uning unumdorligini yuqori darajaga ko’tarishi mumkin. Sanoat uchun uzluksiz fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish ilm-fan yutuqlari bilan qurollanishining o’sishi xarakterlidir. Unda elektr-lashtirish va elektronizatsiyalash, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish hamda ximiyalashtirish sohasidagi ilg’or yutuqlardan keng foydalaniladi va ularning yutuqlarini tinchlik maqsadida qo’llani-ladi. Sanoat, ayniqsa uning ustuvor sohalari butun ishlab chiqarishni globallashtirish muammolarini hal etishning kalitidir.Sanoat moddiy ishlab chiqarishniing bosh tarmog’i, iqtisodiyotning poydevoridir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qayta qurishga qodir bo’lgan yirik mashinalashgan sanoatgina mustaqillikning birdan bir moddiy negizi bo’lishi mumkin. O’zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 13 foizi sanoat ishlab chiqarish hissasiga to’g’ri keladi. Shuni ta’kidlash kerakki, kelajakda respublika sanoatining jadal sur’atlar bilan ta’minlanishi yanada yaxshilanib, mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg’ul bo’lishi, ya’ni bandlik darajasi anchagina yuksaladi. Jamiyatning etakchi, bunyodkor, qudratli kuchi bo’lgan kadr (xodim)larning anchagina qismi sanoatda xizmat qiladi. Bu tarmoqning yanada ulkan rivoji sanoat kadrlari sonining oshishiga va ularning jamiyatdagi mavqeini ko’tarishga olib keladi. O’zbekiston Respublikasi sanoatining taraqqiyoti yuqori malakali ishchi kadrlar, muhandis va texnik xodimlarni yaratdi. Hozirgi paytda O’zbekiston sanoatida 1,2 millionga yaqin xodim ishlamoqda. Ulardan 462 ming kishi oliy ma’lumotli mutaxassis, 600 mingdan ortig’i o’rta va o’rta maxsus ma’lumotli xodimlardir. Jamiyat taraqqiyotining muo’im qonuniyatlaridan biri sanoat xodimlarining madaniy – texnik saviyasi o’sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasini tinmay oshib borishidir. Ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishni ta’minlovchi buyuk harakatlantiruvchi kuch – raqobat ham avvalo, sanoat sohasida vujudga keldi va rivojlana boshladi. Tadbirkorlar, ishbilarmonlar bellashuvning bayroqdori bo’lib maydonga chiqdilar. Respublika sanoatida ham raqobat o’zining oddiy bosqichidan eng yuqori bosqichiga ko’tarilib, chinakam umumiy dastakka aylanmoqda. Sanoat tabiatda uchraydigan moddiy boyliklarni qazib chiqarish va tayyorlashni, ularni va qishloq xo’jaligida etishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni o’z ichiga qamrab oladi. U barcha milliy iqtisodiyot tarmoqlari uchun ishlab chiqarish kuchlarining asosiy elementlaridan biri hisoblangan jamiyatning tabiat ustidan hukmronligini birmuncha orttira-digan, fan-texnika taraqqiyotini belgilaydigan, inson mehnatining unum-dorligini oshirishga imkon beradigan, mehnat va ishlab chiqarish qurol-larini yaratadigan sohadir. Sanoat taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining bir tomonlama rivoj-lanishiga xotima beradi, mamlakat va uning ajralmas qismi bo’lmish viloyatlarning tabiiy boyliklaridan, xomashyo va mehnat resurslaridan kengroq va har tomonlama foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi mehnat taqsimotining o’sishi, ishlab chiqarishni differentsiyalash va intensivlashtirish bilan chambarchars bog’liq. Hozirgi zamon yirik sanoati bir biri bilan chambarchars bog’liq bo’lgan ko’pgina tarmoqlar va ishlab chiqarishlardan tashkil topadi. Bugungi kunda respublika sanoatida 175 tarmoq, 1500 ga yaqin yirik va o’rta sanoat korxonalari mavjud. O’zbekiston iqtisodiyotining ko’rsatkichlari ijobiy bo’lishining eng muhim sabablari – bu mavjud sanoat tarmoqlarining kerakli hajmda saqlab qolib, yangi tarmoqlarni yaratish strategiyasi bo’ldi. Mustaqillikning birinchi yillaridanoq O’zbekiston hukumati uchun real sektorni rivojlan-tirish ustuvor yo’nalishlardan biri bo’lib hisoblanadi. Respublikamizning o’z-o’zini yoqilg’i-energetika mahsulotlari bilan ta’minlash siyosati (neft va neft mahsulotlari hamda gaz ishlab chiqarishning keskin o’sishi), qo’shimcha qiymat yaratuvchi (mashinasozlik, yog’och va yog’ochni qayta ishlash) sohalarining intensiv rivojlanishi bilan birgalikda olib borildi. Shu bilan birga, qurilish materiallari, engil va oziq-ovqat sanoatlarining rivoji ham qayd etildi. Umuman olganda, tarmoqlar bo’yicha ishlab chiqarish tarkibida og’ir sanoat (yonilg’i-energetika majmuasi, mashinasozlik, metallurgiya) salmog’i-ning oshishi engil sanoat ulushi hisobiga bo’lmoqda. Natijada, mustaqil iqtisodga xos bo’lgan darajaga yaqinlashish yuz bermoqda va sobiq ittifoq mamlakatlarida qayta ixtisoslashuvdan paydo bo’layotgan etishmovchilik va tobelikning oldini olish ta’minlanmoqda. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va qo’shimcha qiymat yaratuvchi sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy strategiya respublikaga yaxshi natijalar keltirmoqda. O’zbekiston o’zining oltini, paxta tolasi va ipagi, nefti va gazi, samolyot va avtomobillari, paxta terish mashinasi va paxtani qayta ishlash mashinalari bilan, ekskovator va kompressorlari, vino va konservalari hamda bir qator boshqa sanoat mahsulotlari bilan dunyoga mashhurdir. O’zbekiston respublikasining industrial qiyofasini energetika, kon-ruda, oltin qazib oluvchi, samolyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatlari, elekrtotexnika va elektron sanoatlari, ko’p tarmoqli mashinasozlik va qurilish materiallari sanoati belgilab bermoqda. Sanoatdagi ushbu tarkibiy o’zgarishlar quyidagi yo’nalishlarni bosqichma- bosqich amalga oshirishni talab etadi: davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish orqali chinakam mulkdorlar sinfini yanada ko’paytirish; kichik va o’rta korxonalar ulushini oshirish orqali majmuada raqobat muhitini shakllantirish, mavjud monopol korxonalar sonini imkon qadar tugatish; avvaldan shakllangan, xom ashyo etkazib berishga ixtisoslashgan tarmoqlardan voz kechish, ularning o’rnida tayyor mahsulot tayyorlovchi quvvatlarni barpo etish; moddiy (yer, kapital) va shaxsiy insoniy (mehnat, tadbirkorlik) resurslardan samarali foydalanish, shu orqali ishlab chiqarishni innovatsion yo’l bilan rivojlantirish; sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sub’ektlar erkin faoliyat yuritishi uchun davlat tomonidan ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham huquqiy kafolatlar berish; xususiylashtirish natijasida tashkil etilgan sanoat korxonalariga ma’lum davr davomida oldingi faoliyatini saqlab qolish talabidan voz kechish. Bu esa ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibini tubdan o’zgartirish, talab va ehtiyoj katta bo’lgan, import mahsulotlari bilan raqobatlasha oladigan mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi; jahon bozoriga O’zbekiston sanoat mahsulotlari kirib borishi uchun zamonaviy xorijiy firmalar tajribasi va texnika-texnologiyalarini mamlakat sanoatiga joriy etish, buning uchun qulay investitsion muhit yaratish; mavjud ishlab chiqarish tajribalari, malakali kadrlar salohiyati va barcha intellektual mulkni bosqichma-bosqich rivojlantirish; shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida qo’yilgan maqsadlarni muvafaqqiyatli amalga oshirishga yo’naltirilgan qarorlarni ish faoliyatiga izchil tatbiq etuvchi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash; ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun moliyaviy qo’llab-quvvatlash manbalari tomonidan imtiyozlar yaratish, moliyaviy mablag’larni maqsadli yo’nalishlarga jalb etish. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o’sishi soha korxonalari mablag’lari va resurslari ko’payganligini anglatadi. Davlat tomonidan soliq yukini qisqartirish, byudjet-soliq siyosatini erkinlashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish borasida olib borilayotgan maqsadli va uzoq muddatli barqaror rivojlanishni ta’minlovchi siyosat YaIMning oshishi va unda sanoat mahsulotlari ulushining ortishiga sabab bo’ldi. O’zbekiston sanoat majmuida qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida kichik va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish uchun ishlab chiqilgan dasturlar samarasi hamda jahon bozorida sanoat mahsulotlariga, jumladan, oziq-ovqat, engil va mashinasozlik sanoatlari mahsulotlariga bo’lgan talabning oshishi pirovard – natijada sanoat ishlab chiqarishining qo’shimcha o’sishiga olib keldi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish tuzilmasiga e’tiborni qaratsak, mustaqillikning o’tgan davrida yoqilg’i-energetika, metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash tarmoqlari yuqori sur’atlar bilan o’sayotganini ko’rishimiz mumkin. Mashinasozlik, qurilish materillari ishlab chiqarish sanoati hamda engil sanoatning yirik tarmoqlari: ip yigiruv va to’qimachilik sanoati sezilarli darajada, doimiy yuqori ko’rsatkichlarda rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan bozor islohotlarini tizimli ravishda kengaytirish, kelgusi davr sanoat majmuidagi tarkibiy o’zgarishlarning muhim ustuvor yo’nalishlari hisoblanadi. Sanoat tarmoqlaridagi o’sish sur’atlari mazkur tarmoqlarda yaratilayotgan mahsulotlarga bo’lgan ichki va tashqi talab ko’lamiga bog’liq. Mamlakat aholisining real daromadi va xarid qobiliyatini yanada oshirishda iste’mol krediti tizimini keskin kengaytirish va takomillashtirish sanoat majmuida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshiruvchi ichki talab ulushi oshishi bilan xarakterlanadi. Sanoatda yaratiladigan mahsulotlarga jahon bozoridagi bahoning qulay kon’yunkturaga ega bo’lishi, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi sanoat rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va tashqi omil ta’sirining oshishi bilan tavsiflanadi. Sanoat majmuida amalga oshirilgan tarkibiy o’zgarishlarda davlatning soliq-byudjet siyosati, baho va pul-kredit siyosati, umuman, iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha amalga kiritilayotgan chora-tadbirlar natijasida bir qator ijobiy siljishlarga erishildi. Sanoat korxonalarini isloh qilish, tarkibiy qayta tuzish, sanoatda xususiy mulk ulushining yanada oshishi, tarmoq korxonalari boshqaruvini bozor tamoyillari asosida shakllantirish sanoat rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Tahlil ma’lumotlari shundan dalolat bermoqdaki, o’tgan davr mobaynida sanoatdagi tarkibiy o’zgarishlar natijasida sohaning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi, mahsulot ishlab chiqarish salohiyati sezilarli darajada oshdi. Lekin hali mamlakatimiz sanoati rivojlanishi uchun mavjud imkoniyatlardan to’liq foydalanilmayapti, deb bo’lmaydi. Bu jarayon quyidagi omillar bilan bog’liq: moddiy xom ashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini past darajada ekanligi; sanoat majmuiga kiritilgan investitsiyalar tarmoq mahsulotlari eksporti salmog’ining oshishiga hissa qo’sha olmayotganligi, asosan ichki bozor uchun mahsulot etkazib berish bilan cheklanishi; sanoat korxonalarida mavjud kapitalning moddiy va ma’naviy jihatdan eskirganligi, natijada mahsulot yaratishda tannarxning yuqori darajaga chiqib ketishi, sifat darajasi bo’yicha import mahsulotlar sifati bilan raqobatlasha olmayotganligi, elektr energiyasi va qo’l mehnatidan foydalanish qisqarmaganligi. Bu kabi muammolar sanoatda tarkibiy investitsion siyosatni yanada takomillashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishni talab etadi. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling