Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Download 2.42 Mb.
bet49/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

Ko’rsatkichlar nomi

Ishlab chiqiladigan quvvat
2016 yilda (haqiqat)



Ishlab chiqarish quvvatining kiritish ehtimoli

Ishlab chiqarish quvvati tarkibidagi ulush %

2025-2016 yillarda o’sish sur’ati (kirish yili uchun),,
%*

2017y.

2018y.

2019y.

2020y.

2021y.

2025y.

2016y

2025y. *





Jami

14 164,0

415,0

587,7

1 159,7

2 991,5

5 222,5

7 401,9

100,0

100,0

135,5


shu jumladan:































1.

An’anaviy energetika

12 370,0

370,0

427,0

802,0

2 409,0

4 218,6

5 406,0

87,3

80,3

124,6

2.

Qayta tiklanadigan energiya

1 794,0

45,0

160,7

357,7

582,5

1 003,9

1 995,9

12,7

19,7

211,3




shu jumladan:































а)

gidroenergetika

1 793,9

45,0

60,7

157,7

382,5

601,9

1 243,9

12,7

15,8

169,3

б)

quyosh energiyasi

0,13




100,0

200,0

200,0

300,0

450,0

0,001

2,3

3 462,5р.

в)

shamol energiyasi
















102,0

302,0




1,6

3,0р.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida ko‘mir sanoati ham muhim o‘rinni egallaydi. Iqtisodiyotni va aholini ko‘mir bilan barqaror ta’minlash mamlakatdagi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Ayni vaqtda respublikamizda aniqlangan ko‘mir zaxiralari 2,2 milliard tonnani, taxminiy zaxiralar miqdori esa 5,7 milliard tonnadan ziyodni tashkil etishini nazarda tutsak, sohaning istiqbolli ekani o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi.


Umuman olganda, O‘zbekiston energetika balansida ko‘mir ulushini ko‘paytirish muhimligini e’tiborga olgan holda 2017—2021 yillarda ko‘mir sanoatini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilmoqda. Ayni kunda yiliga o‘rtacha 3,7 million tonna ko‘mir qazib olinayotgan bo‘lsa, qabul qilinayotgan dasturning amaliyotga joriy etilishi tufayli 2030 yilga borib, yiliga 14 million tonnaga yetadi.
Uzoq muddatli istiqbolda energetika sektorining barqaror rivojlanish manfaat-larida O’zbekiston energoresurslar narxining bozor mexanizmlari tomonidan tartib-ga solib borilishiga intilishi lozimligini tan olish kerak. Bu birinchidan, jahon narx-larining barqaror o’sishi bilan asoslanadi. 
Ikkinchidan, narxlarni erkinlashtirmasdan turib xo’jalik subyektlari va aholin energiyani tejashga rag’batlantirishning iqtisodiy stimullarini ishga tushirish qiyin.
Istiqbolda O‘zbekistonda energetika xavfsizligi va uni ta'minlash yo‘nalish-larini shakllantirishda quyidagilar muhim o‘rin tutadi:

  • energetika tizimining qazib olish, qayta ishlash, transport va taqsimot tarmoqlarini yetarlicha rivojlantirish; 

  • eneregtik resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda mamlakatenergetik mustaqilligining saqlanishi va eksport salohiyatining o’sishini ta’minlov-chi energiyani tejash choralarini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish;

  • energiya ta’minotining iqtisodiy asoslangan diversifikatsiyasini ta’minlash, ko’mir yoqilg’isi ulushini oshirish, qayta tiklanuvchan, noan’anaviy energiya man-balaridan foydalanish, kichik gidroenergetikani rivojlantirish;

  • energetika sektorining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va uning tarmoq-lariga qo’shimcha investitsiyalar jalb qilish;

  • energetika soshasini bevosita va bilvosita davlat tomonidan tartibga solish usullarini uyg’unlashtirish yo’li bilan raqobat muhitini shakllantirish; 

  • energetika bozori va bozor infratuzilma to’laqonli sub’ektlarini yaratish.

Shuningdek, aholi turmush darajasini yaxshilash va ularga qulayliklar yaratish jarayonida xonadonlarni gazlashtirish va aholi uchun yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxini belgilash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.


10.4. Elektr energiyasini barqaror rivojlantirish istiqbollari
Sir emaski, elektr energiyasi bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Zero, uyimizdagi elektr lampasi, televizor va kompyuterlar, kichik va yirik ishlab chiqarish korxonalari, oziq-ovqat tayyorlashdan tortib, gigant sanoat ob’ektlari ham elektr energiyasi bilan ishlaydi. Insoniyat maishiy hayoti takomillashib, yaxshilanib borar ekan, uning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji tobora oshib boraveradi. Aytaylik, 2000 yilda yurtimizda bitta xonadonning oylik elektr iste’moli 114 kVt soatni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 160 kVt soatga yetdi. Shubhasiz, bu o‘rinda iste’molchiga elektrni uzluksiz uzatishni yaxshilash, energetika xavfsizligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda soha yuzasidan mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar xususida atroflicha so‘z yuritsak. Ayni kunda O‘zbekistonda barcha jabhalarda bo‘lgani kabi energiya resurslari ishlab chiqarishni kengaytirish, muqobil energiya ishlab chiqarish rivoji borasida ham izchil islohotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda elektr energiya sohasidagi islohotlarni hayotga joriy etishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalasi ustuvor ahamiyatga egadir.
“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati elektroyenergetika sohasida mamlaka-timizdagi vakolatli organ sifatida iqtisodiyotimiz tarmoqlari va aholining markaz-lashgan elektr ta’minotini amalga oshirish bilan bir qatorda respublikamiz shahar-laridagi sanoat hamda kommunal-maishiy iste’molchilarni issiqlik energiyasi bilan ham ta’minlaydi.
Ayni paytda “O‘zbekenergo” AJ tarkibida 54 ta korxona mavjud. 40 ta aksiyadorlik jamiyati, 11 ta unitar korxona va 3 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat shular jumlasiga kiradi. Hozirgi kunda O‘zbekiston elektrostantsiyalarining belgi-langan jami quvvati 14,1 million kilovattdan oshadi. Xususan, “O‘zbekenergo” AJ tomonidan 13,6 million kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Ushbu elektr energiyasining 85 foizi issiq elektr stantsiyalari, 12 foizi gidroelektro-stantsiyalar ulushiga to‘g‘ri keladi.
“O‘zelektrtarmoq” unitar korxonasi o‘zining jami uzunligi 8,8 ming kilo-metrli 220-500 kV kuchlanishli magistral tarmoqlari orqali elektr energiyasini manbadan taqsimlash korxonalariga yetkazib berishga ixtisoslashgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi 2017—2021 yillar davrida “O‘zbekenergo” AJda tuzilmaviy o‘zgarishlarni hamda ishlab chiqarishni moderni-zatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta’minlash borasidagi farmoniga muvofiq, jami qiymati 11 milliard AQSH dollari miqdoridagi 62 ta investitsiyaviy loyiha-larni amalga oshirish ko‘zda tutilayotir. Shunisi e’tiborga molikki, yuqoridagi loyihalardan 25 tasi issiqlik energetikasi sohasiga tegishli hisoblanadi.
Issiqlik energetikasi sohasidagi tadbirlarni ro‘yobga chiqarish yuqori samarali bug‘-gaz va gaz turbina qurilmalari negizida zamonaviy texnologiyalarni elektr energiyasi ishlab chiqarishga joriy etishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, “O‘zbek-energo” AJ elektr energiyasi nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashgan tizimini amaliyotda qo‘llash bilan elektr energiya hisobi tizimini modernizat-siyalashga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Mazkur loyiha kelgusida bosqichma-bosqich ravishda butun mamlakat hududida amalga oshiriladi. Darvoqe, dunyoning boshqa mamlakatlarida ham bu masala dolzarbligicha turibdi.
Shuning uchun ham hozirgi kunda butun dunyoda muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etayotir. Bunda ayniqsa, quyosh va shamol energiyasidan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda bu kabi qayta tiklanadigan energiya manba-laridan samarali foydalanish borasida samarali loyihalar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, yaqin yillar ichida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanish maqsadida Samarqand, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida har biri 100 mVt quvvatli 3 ta quyosh elektr stantsiyasini va Navoiy viloyatida 102 mVt quvvatli shamol elektrostantsiyasini qurish ko‘zda tutilmoqda.
Dasturda belgilangan energiya tejovchi zamonaviy texnologik uskunalarni amaliyotga joriy etish kamroq issiqlikni sarflagan holda energiya ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi. Respublika iste’mol-chilarini elektr bilan barqaror ta’minlash hamda energiya zaxiralari sarfini kamay-tirish maqsadida 2016 yilda Tallimarjon issiqlik elektr stantsiyasida 450 mVt quvvatli ikkita bug‘-gaz bloki foydalanishga topshirildi. Ular yiliga 7 milliard kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Shuningdek, Angren issiqlik elektr stantsiyasida 150 million mVt quvvatli energoblok ishga tushirildi. Uning yillik elektr ishlab chiqarish hajmi esa 900 million kVt soatni tashkil etadi. Ayni paytda Navoiy issiqlik elektr stantsiyasida 450 mVt quvvatga ega bo‘lgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini, Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasida 230-280 mVt quvvatli ikkita bug‘-gaz qurilmasini hamda Namanganda umumiy quvvati 900 mVt bo‘lgan To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stantsiyasini barpo etish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalari (shamol, quyosh, gidravlik energiya)ning katta zaxirasiga ega bo‘lib, ularni issiqlik-yenergetika balansiga kirgizish istiqbolli hisoblanadi. Nega deganda, mamlakatning barcha mintaqalarida quyoshli kunlarning davomiyligi yiliga 2650 soatdan 3050 soatgachani tashkil etadi. Mutaxassislarning tahliliga ko‘ra, yurtimizda quyosh yorug‘ligining yalpi quvvati 525 milliard kVt soatdan 760 milliard kVt soatgacha deb baholanmoqda.
Qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish maqsadida, birinchi navbatda, gidroyenergetik salohiyatdan foydalanish bo‘yicha xalqaro moliya institutlarini jalb etgan holda Toshkent, Qodiriya, Quyi Bo‘zsuv va Shahrixon kaskadlarini modernizatsiyalash va rekonstruktsiyalashning investitsion loyihalari amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida ko‘mir sanoati ham muhim o‘rinni egallaydi. Iqtisodiyotni va aholini ko‘mir bilan barqaror ta’minlash mamlakatdagi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Ayni vaqtda respublikamizda aniqlangan ko‘mir zaxiralari 2,2 milliard tonnani, taxminiy zaxiralar miqdori esa 5,7 milliard tonnadan ziyodni tashkil etishini nazarda tutsak, sohaning istiqbolli ekani o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi.Umuman olganda, O‘zbekiston energetika balansida ko‘mir ulushini ko‘paytirish muhimligini e’tiborga olgan holda 2017—2021 yillarda ko‘mir sanoatini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilmoqda. Ayni kunda yiliga o‘rtacha 3,7 million tonna ko‘mir qazib olinayotgan bo‘lsa, qabul qilinayotgan dasturning amaliyotga joriy etilishi tufayli 2030 yilga borib, yiliga 14 million tonnaga yetadi.
Кўпгина манбаларнинг тахлили кўрсатдики, ижтимоий-иқтисодий муносабатлар ривожланишининг замонавий босқичида саноат мажмуаси рақобатбардошлигини оширишнинг энг муҳим омили инновацион фаолият ҳисобланади. Илмий технологик ривожланиш даражаси эса ўз навбатида, иқтисодий ўсиш учун асос ҳисобланади38. Ривожланган иқтисодиётга эга ҳар бир давлат миллий саноат мажмуасини ривожлантириш лойиҳасини қўллаб-қувватлашда инновацион юқори технологик маҳсулотларни ривожлантиришга эътибор қаратади. Ҳозирги кунда саноати ривожланган давлатлар ялпи ички маҳсулотининг 80-95 % техника ва технологияларни ўзида мужассамлаштирган саноат тармоқларига тўғри келмоқда. “Янги иқтисодиётнинг” жадал ривожланиши, капитал ва янги технологиялар бозорлари ўртасида ўзаро боғлиқлик, билимлар, технология ва хизматларнинг кенг миқёсларда яратилиши минтақанинг инновацион ривожланишига асос бўлади.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling