Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
-rasm. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xom ashyosi va oziq–ovqat bozorini tarkibi
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.2. Oziq-ovqat xavfsizligining iqtisodiy ahamiyati va uni taminlash muammolari. Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi.
- Barqarorlik
11.3-rasm. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xom ashyosi va oziq–ovqat bozorini tarkibi
O‘zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida “davlat asosiy tashabbuskor” tamoyiliga amal qilmoqda. Respublikada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori tez rivojlanib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xom ashyosi va oziq – ovqat bozorini tarkibini quyidagicha ifodalash mumkin. 11.2. Oziq-ovqat xavfsizligining iqtisodiy ahamiyati va uni ta'minlash muammolari. Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi. Oziq-ovqat xavfsizligi bu- iqtisodiyotning shunday holati bo’lib, bunda jahon bozorlari tebranishlaridan qat’iy nazar bir tomondan, ilmiy asoslangan ko’rsatkichlarga mos miqdorlarda, ikkinchi tomondan tibbiy me’yorlar darajasida iste’molni qondirish uchun shart-sharoit yaratilgan holda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash kafolatlanadi. Oziq-ovqat xavfsizligiga erishishning asosiy maqsadi ichki va tashqi salbiy ta’sirga bog’liq bo’lmagan holda qayta ishlovchi korxonalarni xomashyo, aholini- oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdir. U hatto valyutaning etishmasligi, chetdan mahsulotlarni olib kirishda embargo (boshqa mamlakatlar tomonidan to’siqlar qo’yish) narxlarning o’sishiga bog’liq bo’lmagan bo’lishi kerak. Oziq-ovqat xavfsizligiga erishishning muhim shartlari: har bir inson uchun oziq-ovqat mahsulotlarining etarli bo’lishi (etarli miqdorda uning taklifi); aholi barcha itimoiy toifalari, shu jumladan kam taminlangan aholi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishning iqtisodiy jihatdan imkoniyati (iste’molchilik talabining to’lov qobiliyati); me’yorda ovqatlanish uchun yuqori sifatli mahsulotlarni iste’mol qilishning etarli miqdorda bo’lishi. Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi birinchi bor 1974 yilda Jahon oziq-ovqat sammitida taklif qilingan bo’lib, “oziq-ovqat iste’molining barqaror o’sishini ta’minlash hamda ishlab chiqarish hajmi va narxlarning o’zgarishlarini qoplash uchun asosiy oziq-ovqatlarning dunyoda etarli jamg’armalari har doim mavjudligini” anglatadi. Keyingi yillarda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va to’yimliligi hamda shaxsiy hohishlarni ham inobatga olish maqsadida oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi kengaytirildi. Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida mavjud zamonaviy adabiyotda juda ko’p tushuncha va ko’rsatkichlar mavjud. Oziq-ovqat xavfsizligiga oid ko’p tushunchalar va ko’rsatkichlar mavjudligiga qaramay, mazkur g’oyaning o’ta muhimligini hamma e’tirof etgan. 1996 yilda Jahon Oziq-ovqat xavfsizligi sammiti oziq-ovqat xavfsizligini shart sifatida belgiladi: “...barcha odamlar o’z oziqlanish ehtiyojlari va shaxsiy hohishlariga binoan hamda faol va sog’lom hayotni ta’minlash uchun etarli miqdorda xavfsiz va to’yimli oziq-ovqat mahsulotlariga etarli va iqtisodiy jihatdan ega bo’la olishi”. 2001 yilda oziq-ovqat xavfsizligi g’oyasiga moddiy va iqtisodiy imkoniyatdan tashqari ijtimoiy imkoniyat tushunchasi ham qo’shildi. Hozirgi FAO belgilagan tushuncha mazkur qo’shimcha jihatni quyidagicha aks ettiradi: “barcha odamlar odamlar o’z oziqlanish ehtiyojlari va shaxsiy hohishlariga binoan hamda faol va sog’lom hayotni ta’minlash uchun etarli miqdorda xavfsiz va to’yimli oziq-ovqat mahsulotlariga ega bo’lishi uchun jismonan, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari mavjudligi oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlandi deganidir” . FAO mutaxassislari fikriga ko’ra oziq-ovqat xavfsizligi jihatidan holat oziq-ovqat xavfsizligi omillari, ko’rsatkichlari, ta’minot barqarorligi, ega bo’lish imkoniyati va sog’lomligi bilan belgilanadi. Ular quyida batafsil belgilangan. Barqarorlik: oziq-ovqat ta’minoti uzilmasligi uchun aholi, oila yoki alohida axs har doim oziq-ovqatga ega bo’la olishi lozim. Ular kutilmagan hodisalar (masalan, iqtisodiy yoki iqlimiy bo’hron) yoki tsiklik hodisalar (masalan, iqlimiy oziq-ovqat tanqisligi) tufayli oziq-ovqatdan uzilib qolmasligi lozim. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling