Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Download 2.42 Mb.
bet53/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

Oziq-ovqat mavjudligi: zarur sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining zarur miqdorda ichki ishlab chiqarish yoki import orqali (shu qatori oziqaviy ko’mak) ta’minoti. Oziq-ovqat mavjudligining eng ko’p qo’llaniluvchi vositasi kaloriyalarda hisoblanuvchi jon boshiga kundalik energiya sarfidir (KES). FAO uslublariga ko’ra KES ko’rsatkichi oziq-ovqat balansiga asoslangan oziqa iste’moli turiga binoan hisoblanadi. FAO muayyan tovarlarni oziq-ovqat ta’minotining turli manbalari (ishlab chiqarish, jamg’armalar, savdo) va mahsulotlardan turli maqsadlarda foydalanishga (yoki iste’mol) (em, urug’lik, sanoatda foydalanish, chiqitlar) oid ma’lumotlardan foydalanib, oziq-ovqat balanslarini hisoblaydi.
Oziq-ovqatga ega bo’la olish: to’yimli oziqlanish uchun zarur ozuqalarga ega bo’lish maqsadida zarur resurslardan foydalanish uchun moddiy, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlar.
Oziq-ovqatning moddiy ta’minoti oziq-ovqat mahsulotlari iste’molchilar talab qilgan miqdor va tanlovda bozorda mavjudligi hamda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun infratuzilma bo’lishini nazarda tutadi.
Iqtisodiy imkoniyat aholining barcha ijtimoiy qatlamlari etarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga qurbi etishini bildiradi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy imkoniyat uy xo’jaliklar oziq-ovqat xaridi uchun etarli daromadga egaligi va mamlakat oziq-ovqat importi uchun etarli xorijiy valyutaga egaligini bildiradi.
Ijtimoiy imkoniyat madaniyat yoki dindan qat’iy nazar, butun aholi vdolatli ravishda oziq-ovqat bilan ta’minlanishini anglatadi. Foydalanish: muvofiq oziqlanish, toza suv, sanitariya va sog’liqni saqlash orqali oziq-ovqat iste’mol qilish bilan barcha fiziologik ehtiyojlar qondiriluvchi holatga etish. Biror ko’rsatkichga etishmaslik oziq-ovqat xavfsizligi darajasi pastligi yoki oziq-ovqat etishmasligiga olib keladi.
Oziq-ovqat etishmasligi shunday vaziyatki, aholi me’erda o’sish, rivojlanish hamda faol turmush tarzi uchun zarur bo’lgan xavfsiz va to’yimli oziq-ovqatlarni etarli miqdorda ololmaydi. Oziq-ovqat etishmovchiligi yoki oziq-ovqat xavfsizligi darajasi pastligi aholi orasida qoniqarsiz oziqlanishga olib kelib, u o’z navbatida odamlar, oilalar va butun xalq uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi.
Milliy darajada oziq-ovqat xavfsizligiga darajasining tahlili oziq-ovqat balansi (OOB) da, ya’ni mamlakatda oziq-ovqat mavjudligida aks ettiriladi. OOB muayyan davrda mamlakatda oziq-ovqat ta’minoti va inson iste’moli uchun mavjud oziq-ovqat miqdori va ularning ozuqaviy qiymatiga oid statistik ma’lumotlarning hisob-kitoblarini ta’minlaydi. Oziq-ovqat balansida oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi va importga oid ma’lumotlar yig’ilgan bo’lib, mamlakatda oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi sharoitini hamda mamlakat qay darajada importga qaramligini (importga qaramlik ko’rsatkichi) baholashga imkon beradi.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling