Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


-rasm. O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasining tarkibi


Download 2.42 Mb.
bet51/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

11.1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasining tarkibi
Mamlakat iqtisodiyotidagi asosiy tarmoqlar shu majmuaga kirganligi sababli asosiy fondlarning (aktivlarning) katta qismi agrosanoat majmuasida faloiyat ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining juda katta resurslari agrosanoat majmuasi tarmoqlarida joylashganligi uning ahamiyatini yanada oshiradi. Bu resurslarni takror ishlab chiqarish, mamlakat agrosanoat majmumasining rivojlanishi, aholining turmush darajasini oshirish to‘g‘ridan - to‘g‘ri shu majmuaning faoliyati bilan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasining faoliyati samarali bo‘lsa, halqning turmush darajasi yuqori bo‘ladi yoki aksincha. Shu sababli agrosanoat majmuasini rivojlantirish respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.
Respublika agrosanoat majmuasi mustaqillik yillarida chuqur tarkibiy, huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni boshdan kechirdi. Olib borilgan islohotlar natijasida bozor munosabatlari rivojlana boshladi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi bozorning tarkibini belgilaydi. Agrosanoat majmuasi bozori tarkibi quyidagicha ifodalanadi.
Bozorning tarkibining shakllanishi ko‘plab omillarga bog‘liq. Jamladan, mulk shakli va xo‘jalik yuritish usullari, tovar ishlab chiqaruvchilar va ularni iste’mol qiluvchilar soni, baholarni nazorat qilish darajasi, tarmoqqa kirish va chiqishda qo‘yiladigan to‘siqlar, munosabatlarning rivojlanganlik darajasi, davlat siyosati va boshqalar bozorning tarkibiga ta’sir ko‘rsatadi.



11.2-rasm. Agrosanoat majmuasi bozori tarkibi
Iqtisodiy adabiyotlarda bozorning amal qilish mexanizmlari, unga davlatning aralashuvi darajasiga qarab uch turdagi bozor tipi farqlangan. Bularga: rivojlanmagan bozor; erkin bozor va tartibga solinib turiladigan bozorlar kiradi.
Rivojlanmagan bozor – bu bozorda oldi-sotdi jarayonlari kuchli rivojlanmagan, odatda oddiy tovar ayriboshlash jarayoni yuz beradi. Bu bozorda tovarlarning natural ayriboshlanishi (barter) ko‘proq amalga oshiriladi. Bu bozor to‘yinmagan hisoblanadi.
Erkin bozor – bu raqobatli bozor hisoblanadi. Bu bozorda juda ko‘plab kichik va katta tovar ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadi va ularning birortasi ushbu tovar narxini o‘zgartirishga sezilarli ta’sir eta olmaydi. Tovarlar erkin sotiladi. Erkin bozor o‘z mazmuniga ko‘ra amaliyotda deyarli uchramaydi.
Erkin bozor tushunchasi nazariy jihatdan mavjud bo‘lib, iqtisodiyotning juda yuqori darajada rivojlangan davrlarda amal qilishi mumikn. Tartibga solib turiladigan bozor – bu bozorning faoliyatiga huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy choratadbirlar bilan davlat aralashib (tartibga solib) turadi. Hozirda dunyo mamlakatlarida asosan taribga solib turadigan bozorlar mavjud bo‘lib, davlatning bozorga aralashuv darajasi turli mamlakatlarda turlichadir.


Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling