Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
-rasm. Agrar siyosatning vazifalari
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
11.6-rasm. Agrar siyosatning vazifalari.
Agrar siyosatning tamoyillarini ko’rib chiqib uning muhim oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi, agrosanoat va tashqi savdo jihatlariga, shuningdek uni tavsiflovchi ko’rsatkichlariga e’tiborni qaratish lozim: Oziq-ovqat jihati tamoyillar tahlilining muqaddimasi bo’lib, agrar siyosat maqsadi-oziq-ovqat xavfsizligining miqdoriy ifodasi sifatida xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlariga talabning fiziologik va to’lovga qodir chegaralarini aniqlaydi, shuning uchun iste’molning fiziologik me’yorlari, iste’molning mavjud tarkibi, mamlakatni shu jumladan ichki ishlab chiqarish hisobiga oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Qishloq xo’jaligi jihati oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning haqiqiy holatini tavsiflaydi, oziq-ovqat mahsulotlarini olishda agrar salohiyatni aniqlaydi. U qishloq xo’jaligi samaradorligi ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi: (er hosildorligi, mehnat unumdorligi, chorva mollari mahsuldorligi, ozuqa qoplanganligi, ishlab chiqarish samaradorligi, mehnatga haq, qishloq xo’jaligia dotatsiyalar, fond qaytimi va boshqa omillar). Agrosanoat jihati, bir tomondan, qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasi tahlilini amalga oshirish, ikkinchi tomondan marketing sohasi samaradorligini baholashga imkon beradi. Baholash uchun muhim ko’rsatkichlar- sarf-xarajtalarning yiriklashtirilgan tarkibi, turli maqsadlarda mahsulotni ishlatish. Tashqi savdo jihati jahon va ichki qishoq xo’jaligi bozorlari o’zaro bog’liqligini aks ettiradi. U turli mahsulotlar bo’yicha importga qaramlik, qishloq xo’jaligi va tayyor mahsulotni chetga chiqarish va olib kirish balansi, qishloq xo’jaligini erkinlashtirishdan kutilayotgan zararni baholash va boshqalar. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi dastlabki masala iqtisodiyotni tezroq barqarorlashtirish va shu jihatdan qishloq xo’jaligini rivojlantirish va samaradorligini oshirish, mamlakat aholisini qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabini to’laroq qondirish, mamlakatni oziq-ovqat bilan to’la ta’minlash, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat korxonalarini etarli xomashyoga bo’lgan ehtiyojini to’laqonli qondirish, agrar resurslar salohiyatidan maqsadli foydalanishga erishish orqali davlatimizning iqtisodiy qudratini yanada o’stirish, mamlakat aholisini yashash farovonligini yaxshilash eng muhim masalalardan hisoblangan edi. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling