Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Download 2.42 Mb.
bet58/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

Takrorlash va nazorat savollari

  1. O’zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’zini ta’minlash qanday maqsad va vazifalari

  2. Qishloq xo’jaligida maxsulot ishlab chiqarish oziq-ovqat ta’minotidagi roli

  3. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar guruhini tavsiflang.

  4. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda innovatsion omillarning tutgan o’rni qanday?



12.4.-Mavzu: Moliyaviy tizim va uning davlat iqtisodiy xavsizligidagi roli
Ma’ruza rejasi:
12.1. Moliyaviy tizim va iqtisodiy xavfsizlik.
12.2. Moliyaviy xavsizlik indikatorlari
12.3. Soliqlar davlat moliyaviy va iqtisodiy xavfsizligining omili.
12.4. Kapital “qochishi” tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyati.
12.5. Pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdidlar.
12.6. Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash dastaklari.
Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar: moliyaviy tizim, moliyaviy xavsizlik indikatorlari, iqtisodiy xavfsizlik, moliyaviy xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari, pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdidlar


12.1. Moliyaviy tizim va iqtisodiy xavfsizlik.
Moliya tizimining barcha bo‘g‘inlari o‘z navbatida ichki moliyaviy munosabatlar tarkibidan kelib chiqib quyi bo‘g‘inlarga bo‘linadi. Demak, tijorat asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar moliyasi tarkibida, tarmoq yo‘nalishidan kelib chiqib, sanoat korxonalari moliyasi, qishloq xo‘jaligi korxonalari moliyasi, savdo korxonalari moliyasi, transport korxonalari moliyasi va boshqa mulkchilik shaklidan kelib chiqib, davlat korxonalari moliyasi, shirkat korxonalari moliyasi, aksionerlik jamiyatlari moliyasi, xususiy korxonalar va boshqalar moliyalariga bo‘linishi mumkin. Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalarning tarmoq va iqtisodiy xususiyatlari ularning moliyaviy munosabatlarini tashkil qilishga, maqsadli pul fondlarini tarkibiga, ularni shakllantirish va ishlatish tartiblariga o‘zining sezilarni ta’sirini ko‘rsatadi. Sug‘urta munosabatlari sohasida sug‘urta tarmoqlarini tashkil qiluvchi bo‘g‘inlar sug‘urta turlari bo‘yicha bo‘linadi. Davlat moliyasi tarkibida ichki bo‘g‘in moliyaviy munosabatlarini guruhlanishi davlat boshqaruvi darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi (respublika, mahalliy). Moliya tizimini alohida bo‘g‘inlarga ajratish har bir bo‘g‘inning vazifalaridagi farqlanishga hamda markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish usullaridagi farqlanishga asoslanadi. Umumdavlat markazlashgan pul fondlari moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yo‘li bilan tuziladi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida tijorat hisobi asosida faoliyat yurituvchi moliyaviy muassasalar tizimi shakllanadi. Ular jumlasiga banklar, birjalar, sug’urta kompaniyalari, investitsion fondlar va boshqa iqtisodiymoliyaviy muassasalar kiradi. Moliya iqtisodiy siyosatning va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning dasturiga aylanadi.
Moliyaviy muassasalarning iqtisodiy manfaatlari pul muammo-sining barqarorligi, milliy pul birligani qadrliliga, hisob va soliq intizomiga rioya qilish, moliyaviy operatsiyalarning daromadligi, inflyatsiyaning qanoatlangiruvchi darajasi, investitsion talab va mijoz-larning kreditlarni to’lash qobiliyatiga yo’naltirilgan bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida institutsional o’zgarishlar, davlat monopoliyasi va uning tasarrufidan chiqarish jarayonlarining amalga oshirilishi natijasida nodavlat, shu jumladan, xususiy tadbirkorlik subyektlari, moliyaviy muassasalar ham vujudga keladi.




Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling