Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
13.2. Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish.
Davlat qarzini boshqarish deganda davlat boshqaruv organlarining davlatning qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini tartibga solish, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish va to‘lash, ssudalar va kafolatlar bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar yig‘indisi tushuniladi. Zayomlar bo‘yicha daromadlar va ularni qaytarilishi, asosan, budjet mablag‘-lari hisobidan amalga oshiriladi. Biroq, davlat qarzining sezilarli o‘sib borishi sharoitida va mamlakatning budjet qiyinchiliklari ro‘y berganda davlat qarzining qayta moliyalashtirilishi amalga oshiriladi. Qayta moliyalashtirish deganda eski davlat qarzini yangi zayomlarni muoma-laga chiqarish orqali qoplash tushuniladi. Misol uchun, sobiq ittifoq davrida 1966-yilda muomalaga kiritilgan ichki yutuqli 3 %li zayomlar bo‘yicha qayta moliya-lashtirish amalga oshirilgan. Bu zayomlarning muddati tugaganda obligatsiyalar bir yil davomida 1982-yilgi ichki yutuqli zayomlarga kurs tafovutlarini to‘lama-gan holda almashtirilgan.Sobiq ittifoq parchalangandan so‘ng, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi 1982-yilgi davlat zayomlarini 1992-yilgi ichki yutuqli zayomlarga qiymatining 1000:1 nisbati bilan almashtirdi. Hozirgi kunga kelib esa, bu davlat qarzlari «muzlatilgan». Qayta moliyalashtirish davlat qarzining tashqi qismi bo‘yicha foizlarni to‘lash va o‘zini qaytarish bo‘yicha ham keng qo‘llaniladi.Biroq, yangi qarzlarni berishning asosiy sharti qarzdor mamlakatning xalqaro moliyaviy bozor ko‘lami-dagi obro‘si, uning iqtisodiy va siyosiy barqarorligi hisoblanadi. Zayomlar yutuqlar tirajlarini o‘tkazish orqali yoki davlat qimmatli qog‘ozlarini kreditor-lardan sotib olish orqali qaytariladi. Yutuqlarni,-yillik foizlarni, zayomlarni qaytarish bo‘yicha summalarni to‘lash davlat qarzini boshqarish bo‘yicha xarajatlarning asosiy ulushini tashkil etadi. Shuningdek, bunday xarajatlarga davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, joylash-tirish va realizatsiya qilish, yutuqlar tirajlarini o‘tkazish va ayrim boshqa xarajatlar kiradi. Davlat davlat kreditining samaradorligi haqida qayg‘uradi. Qarz operatsiya-larining natijaviyligi haqidagi tasavvurni har-yillik davlat krediti tizimi bo‘yicha tushumlarni solishtirish orqali olish mumkin. Davlat kredit operatsiyalarining samaradorligi haqida to‘liq tasavvurni davlat kredit tizimi bo‘yicha tushumlarning xarajatlaridan ortgan qismini xarajatlarga nisbati orqali (foiz ko‘rinishida) olish mumkin. Kreditning samaradorligi (S) quyidagi formula orqali aniqlanadi: bu yerda T– davlat krediti tizimi bo‘yicha tushum; X – davlat krediti tizimi bo‘yicha xarajatlar. Biroq, davlat krediti tizimi bo‘yicha tushumlar summasi va tushumlarning kredit operatsiyalari bo‘yicha xarajatlardan ortiq bo‘lishligi ularning samarador-ligiga mukammal tavsif bera olmaydi. Shuni ham hisobga olish kerakki, davlat krediti davlat budjeti va mamlakat pul muomalasiga, aholining davlat tuzilmalari-ning moliyaviy faoliyatiga ishonchini ortishiga va jamiyatning iqtisodiy rivojlani-shiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi lozim. Davlatning tashqi qarzi bo‘yicha unga xizmat ko‘rsatish koeffitsienti aniqlanadi. U qarz bo‘yicha barcha to‘lovlarni mamlakatning tovar va xizmatlar eksportidan valyuta tushumlariga nisbati (foiz ko‘rinishida) sifatida aniqlanadi. Davlat qarziga xizmat ko‘rsatishning xavfsiz darajasi 25 % gacha deb qabul qilingan. Davlat kreditining samaradorligiga erishish uchun davlat qarzini boshqarish sohasida konversiya, konsolidatsiya, regressiv muvofiqlikda obligatsiyalarni almashtirish, qaytarishni kechiktirish va zayomlarni bekor qilish kabi usullar qo‘llaniladi.Konversiya deganda zayomlarning daromadliligini o‘zgarishi tushuniladi. Davlat qarzini boshqarish bo‘yicha xarajatlarni qisqartirish maqsadida davlat ko‘p hollarda zayomlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlarni pasaytiradi. Biroq, kreditorlar uchun davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlilikni ham ko‘tarish mumkin. Davlat qarz mablag‘larini uzoq muddatlarga olishdan manfaatdordir. Amalga kiritilib bo‘lingan zayomlar muddatlarini uzaytirish faqatgina davlat qarzlarini konsolidatsiyalash hisobidangina amalga oshirilishi mumkin. Demak, konsoli-datsiyalash deganda zayomlarning muddatlari bilan bog‘liq shartlarini o‘zgartirish tushuniladi, ya’ni ularning muddatlari cho‘zish yoki qisqartirish. Asosiy hollarda muddat uzaytiriladi. Davlat zayomlarini unifikatsiyalash odatda konsolidatsiyalash bilan birga-likda amalga oshiriladi, lekin usiz ham bo‘lishi mumkin. Zayomlarni unifikatsiyalash–bu avval muomalaga chiqarilgan zayomlar yangisiga almashtiri-layotganda bir nechta zayomlarni bittaga almashtirilishi.Bunday tadbir bir vaqtning o‘zida bir necha xildagi qimmatli qog‘ozlarni aylanishini qisqartirish va davlatning davlat qarzi tizimi bo‘yicha ishlarini soddalashtirish hamda u bo‘yicha xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi. Istisno tariqasida, hukumat obligatsiyalarni regressiv muvofiqlikda almashtirishni amalga oshirishi mumkin, ya’ni avvalgi chiqarilgan bir necha obligatsiyalar bitta yangi obligatsiyaga tenglashtirilganda. Qarzlarni to‘lashni kechiktirish yangi zayomlarni chiqarish bo‘yicha keyingi operatsiyalarni faollashtirish davlat uchun moliyaviy samaraga ega bo‘lmaganda amalga oshiriladi.Davlat qarzining bekor qilinishi deganda davlatning barcha turdagi chiqarilgan qarz majburiyatlaridan (ichki, tashqi yoki barcha turdagi davlat qarzlaridan) voz kechishi tushuniladi. Davlat qimmatli qog‘ozlarini bekor qilinishi ikki sabab bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.Birinchidan, davlat qarzlarining bekor qilinishi davlatning moliyaviy imkonsizligi, ya’ni bankrotligi holatida e’lon qilinadi. Ikkinchidan, qarzlarning bekor qilinishi hokimiyatga yangi siyosiy kuchlarning kelishi hamda ularning ma’lum sabablar tufayli avvalgi hokimiyatning moliyaviy majburiyatlarini tan olmasliklari natijasida bo‘lishi mumkin. Davlat kreditini boshqarish jarayonida quyidagi masalalar hal etiladi: qarz oluvchi uchun qarz qiymatini minimallashtirish; bozorni davlat qarz majburiyatlari bilan to‘lib ketishi va ularning kurslarini keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaslik; to‘plangan mablag‘lardan samarali foydalanish va berilgan kreditlardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat; kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash; moliyaviy siyosat belgilab bergan masalalarni maksimal hal etish. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling