Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
Pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdidlar
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
12.5. Pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdidlar.
Pul muomalasi tovarlar va xizmatlar aylanmasiga vositachi sifatidagi pul harakatini ifodalaydi. Pul aylanishi tovarlar realizatsiyasi hamda kapitali harakatiga xizmat qiladi. Pul tizimining eng muhim komponentlari quyidagilarda namoyon bo’ladi: - milliy pul birliklari, ularda tovar va xizmatlarning narxlari ifodalanadi; - kredit va qog’oz pullar, monetalar qonuniy to’lov vositalari hisoblanadi; - pul emissiyasi tizimi, ya’ni pulni mupmalaga chiqarishning qonuniy o’rnatilgan tartibi. Pul muomalasi tizimi hozirgi davrda oltin asosga ega emas. Pul tizimi qog’oz va kredit pullar, monetalar aylanmasi shaklida bo’lib, unda naqd pullar muomalasi jismoniy shaxslar o’rtasida, naqdsiz pul muomalasi tijorat maqsadlarida huquqiy shaxslar o’rtasida amal qiladi. Pul muomalasidagi qonunbuzarlik, jinoiy, o’g’rilik holatlarining vujudga kelishiga quyidagilar qulay sharoit yaratadi: - inflyatsion jarayonlarning kuchayishi; - daromadlarni deklaratsiya qilish tiziminining yetarli darajada rivojlan-maganligi; - xorijiy valyutalar muomalasining tartibga solinmaganligi; - bank va moliyaviy muassasalar tomonidan pul mablag’larini huquqiy himoya qilish tizimining bo’shligi; - hisob-kassa operatsiyalarining takomillashmagani hamda pul to’lovlari muddatlarining atayin cho’zib yuborilishi holatlari. Moliyaviy tovlamachilik o’zga shaxslarning pulini o’zlashtirish, ularni soxta firma hisobiga o’tkazish, to’plangan pullarni naqd pullarga aylantirish hamda keyinchalik yashirish, to’lovsizlik krizisini yuzaga keltirishda namoyon bo’ladi. Odatda, tovlamachilar to’lovsizlikning sabablari sifatida umumiy tanglik, inflyatsiya hamda xarid qobiliyatining pasayishini baxona qilib ko’rsatadilar. Aslida, debitorlik qarzlari ko’rinishidagi naqonuniy tovar qarzm va tovar bilan kreditlash to’lovsizlikni keltirib chiqaradigan sabab hisoblanadi. Bu bilan mulkdor, hamkor va banklarning kapitaliga hamda byudjetning moliyaviy talablari bilan soliq tizimi subyektlariga zarar yetkaziladi. O’tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda nodavlat bank tizimi va fond birjalari, investitsion fondlarning rivojlanishi hamda davlat nazoratining yetarli darajada emasligi turli kriminogen omillarni vujudga keltiradi: - davlatning pul-kredit siyosatidagi ziddiyatlar, moliyaviy munosabatlarni tartibga solishdagi uzilish va kamchiliklar; - pul-kredit tuzilmalarini tashkil etish va ularni tugatishga bo’lgan talablar hamda xo’jalik subyektlari bilan o’zaro munosabatlari tartib-qoidalarining yetarli darajada takomillashmaganligi; - dastlabki bank kapitali manbai qonuniyligini huquqiy jihatdan nazorat qilishning mavjud emasligi; - jinoiy yo’llar bilan topilgan mablag’larni legallashtirishga to’sqinlik qiluvchi mexanizmning mavjud emasligi; - banklar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarning takomillashmaganligi. Biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi natijasida ilgarigi kriminal, tashkiliy jinaiy guruhlar savdo sohasidan pul-kredit munosabatlari sohasiga o’ta boshladilar. Soxta to’lov hujjatlari, soxta bank kafolatlaridan foydalanish orqali pul mablag’larini o’g’irlash ommavii tus oldi. Shuningdek, imtiyozli kreditlarni noqpnuniy olish va maqsadsiz ishlatish, kapitalning xufyona iqtisodiyotga, xorijiy banklarga nazoratsiz oqib o’tishi, kriminal pullarning legallapgtirilishi, shuningdek, moliyaviy hujjatlar o’tishini tezlashtirish, naqd pul va kreditlar berish bilan bog’liq poraxo’rlik holatlari o’tish davrida yanada kengaydi.’ Ayrim tovlamachilarning jinoiy yo’l bilan topilgan pullari xorijiy valyutalarni katta miqdorda sotib olishlari natijasida milliy valyutalarning ayriboshlash kurslari o’zgarilib ketishiga olib keldi. Tovlamachilar sotib olingan valyutani xorijlagi banklarga, kompaniyalarga o’tkazadilar hamda mol-mulk, kimmatbaho tovarlar sotib olishga ishlatadilar. Tovlamachilik, jinoiy harakatlarga sabab bo’luvchi tashkiliy-xo’jalik omillari va shart-sharoitlari ham mavjud bo’lib, ularni ba’zilari quyidagilarda o’z ifodasini topgan: - to’lov hujjatlaridan foydalanadigan banklarni saqlash ustidan nazoratning yo’qligi; - banklarning soxta muhr, shtamp va hujjat nusxalarini kompyuter yordamida tayyorlash imkoniyatlarining mavjudligi; - bankning mansabdor shaxslari tomonidan naqd pul berishni cheklovchi koidalarning buzilishi. avizolarni oldindan tekshirmasdan tushgan mablag’larning imtiyozli konvertatsiya qilinishi; - tijorat banklarining ayrim rahbarlari tomonidan noqonuniy operatsiyalarni yashirish, keyinchalik tushgan pul mablag’larini huquqiy shaxs maqomidagi mijozlarning hisob raqamlariga ko’chirish hollari; - tijorat banklarining ayrim rahbarlari o’z hisoblariga to’lov hujjatlarining haqiqiy yoki soxtaligidan qat’i nazar katga miqdorda pul mablag’larining kelib tushishidan manfaatdor bo’ladilar. Tijorat banklarining axborot tizimiga kirib, pul mablag’larini noqonuniy tarzda maxsus hisob raqamlariga ko’chirish jinoyatchilikning eng yangi turlaridan biridir. Kreditlarni qasddan qaytarmaslik, ularni maxsus tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari hisob raqamiga o’tkazib, naqd pulga aylantirish yoki konvertatsiya qilib, so’ngra yashirinish hollari ham so’nggi yillarda ko’p uchraydigan jinoiy harakatdir. Asossiz ravishda kredit olish va uni maqsadsiz ishlatishga tijorat banklari tomonidan kredit shartnomalari tuzishda yetarli darajada nazorat yo’qligi, qarz oluvchi hujjatlarning sinchiklab tekshirilmasligi, uning to’lov qobiliyatining o’rganilmaganligi, kreditlashtiriladigan loyihalarnish iqtisodiy ekspertizadan o’tkazilmasligi yoki bu shnlarni amalga oshirishda ayrim mutassadi xodimlar tomonidan sovukqonlik, suiiste’molliklarga yo’l qo’yilganligi sabab bo’ladi. Jinoiy guruhlar o’z jinoiy xatti-harakatlarini amalga oshirish uchun tijorat banklarining ayrim xodimlarini iora berish, sotib olish, qo’rqitish orqali o’zlariga sherik qilib oladilar.Shuningdek, o’zlarining nshirin agentlarini ishga joylashtirishga harakat qiladilar. Qonun asosida ishlaydigan moliyaviy muassasalarda og’ir iqtisodiy, maishiy-psixologik veziyatlarni vujudga keltirishga intiladilar. Misol uchun ular tijorat bankida sun’iy ravishda kreditlarni qaytarmaslik holatini vujudga keltiradilar. So’ngra uni qaytarishda yordam berilishini taklif qilishadi Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling