Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-Mavzu: Davlat qarzi va iqtisodiy xavfsizlik Ma’ruza rejasi: 13.1. Davlat qarzining mohiyati.
- Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar
Takrorlash va nazorat savollari
Moliyaniy muassasalarning iqtisodiy manfaatlari va ularning namoyon bo’lish shakllari nimalardan iborat? Moliyaviy muassasalar manfaatlariga qanday iqtisodiy tahdidlar xavf soladi? Kapitalning qochishi sabablari nimalarda ifodalanadi? Kapital qochishining oldini olish va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak? Moliya, pul muomalasi va kredit sohasidagi tovlamachilik nimalardan namoyon bo’ladi? Pul muomalasi sohasida xavfsizlikni qanday ta’minlash lozim? Banklarning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun qanday amaliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi? 13-Mavzu: Davlat qarzi va iqtisodiy xavfsizlik Ma’ruza rejasi: 13.1. Davlat qarzining mohiyati. 13.2. Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish. 13.3. Davlat ichki va tashqi qarzlarini iqtisodiy xavfsizlikka ta'siri. Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar: davlat qarzlari, iqtisodiy xavfsizlik, davlat ichki qarzi, davlatning tashqi qarzi, davlat ichki va tashqi qarzlarini iqtisodiy xavfsizlikka ta'siri 13.1. Davlat qarzining mohiyati Davlat tomonidan xorijdan mablag’ni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi davlatning tashqi qarzlari deyiladi. Davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish aktivlarni ichki manbalardan rezedent-yuridik va jismoniy shaxslardan jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini – qarzlarini to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishidir. Davlat tomonidan xorijdan mablag’ni jalb qilish – aktivlarni xorij manbalardan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini - qarzlarini to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishini tushunamiz. Davlat oʻz daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo boʻladi va u qarz koʻtarish yoʻli bilan qoplanadi. Davlat qarzni turli qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va b. usullar bilan oladi. Investiitsiya davlat qarzi deb hisoblanmaydi. Davlat qarzlarining toʻlov davriga koʻra qisqa muddatli va uzoq muddatli, tarkibiga koʻra ichki qarz (davlat mamlakatning oʻzidagi iqtisodiy subʼyektlardan qarzdor boʻladi) va tashqi qarz (xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va b.dan qarzdorlik) kabi turlari bor. Ichki qarz va uning foizlari milliy pulda, tashki qarz va uning foizlari esa erkin almashtiriladigan valyutada toʻlanadi. Davlat qarzlarining darajasi, yaʼni qarz yuki qarz va uning foiz summasi yigʻindisini davlat byudjeti summasiga nisbati bilan oʻlchanadi, yaʼni toʻlov majburiyati byudjetning qancha qismiga teng ekanligi bilan belgilanadi. Davlat qarzlarining haddan tashqari ortib ketishi iqtisodiyotni izdan chiqaradi, xalq turmush darajasini pasaytiradi (chunki qarzni toʻlash uchun zarur pul byudjetda soliklarni oshirish orqali toʻplanadi), mamlakatdagi iqtisodiy faollikni susaytiradi. Tashqi qarzning koʻpayib ketishi milliy mustaqillikka tahdid soladi, undan qutulishi uchun milliy iqtisodiyotni yuksaltirishga ketadigan investitsiyalarni qisqartirish va hatto milliy boylikning bir qismini xorijga sotishga ham toʻgʻri keladi. Vaqtida toʻlanmagan tashqi qarzga qoʻshimcha foiz toʻlanadi, undiriladigan foiz qarzga qoʻshilib, uning miqdori yanada oshadi. Davlat qarzlarining boʻlishi uni boshqarishni taqozo etadi, yaʼni qarzni olish va toʻlash bilan bogʻliq muayyan choratadbirlarni amalga oshirish lozim boʻladi. Qarz va uning foizlarini toʻlash uchun byudjetdan pul ajratish Davlat qarzlariga xizmat qilish deyiladi. Davlat qarzlarini toʻlashdagi shartsharoitlarning oʻzgarishi Davlat qarzlari restrukturizatsiyasi deyiladi. Restrukturizatsiya yuz berganda qarz haqining oʻzgarishi konversiya deyiladi. Qarz toʻlash muddati choʻzilganda Davlat qarzlari prolongatsiyasi yuz beradi. Qarzning bir turi boshqasiga aylanganda, qisqa muddatli qarz uzoq muddatli qarzga aylanadi va Davlat qarzlarining konsolidatsiyasi yuz beradi. Davlat qarzlariga oʻrin boʻlmasligi uchun davlat harajatlari davlat daromadlari darajasida boʻlishi lozim. Barcha davlat qarzlarini ikkita katta qismga: ichki va tashqi davlat qarzlariga bo‘lish mumkin. Davlatning ichki qarzlari deganda, davlatning ichkarisidagi o‘z jismoniy va huquqiy shaxslari tomonidan davlat xizmatlarini moliyalashtirish bilan bog‘liq pul munosabatlari yig‘indisi tushuniladi. Davlatning tashqi qarzi davlatni zarurat tufayli xalqaro moliya bozoriga chiqib, chet el hukumatlari yoki sarmoyadorlaridan valyuta mablag‘larini qarz olish natijasida yuzaga keladi.Tashqi qarzlar ikkita asosiy guruhga bo‘linadi: 1.Tijorat qarzlari. Bunda yirik banklar, moliyaviy va ishlab chiqarish korpo-ratsiyalari va boshqalar kreditorlar bo‘lib, ularning asosiy maqsadi yuqori foyda olishdir. 2.Siyosiy qarzlar. Bularni odatda boshqa davlatlarning hukumatlari ancha past foizlarda, ammo bir qancha siyosiy xarakterdagi takliflarni bajarish sharti bilan beradilar. Tashqi siyosiy qarzlar ittifoqdosh davlatlarning iqtisodiy barqarorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadlarida ham berilishi mumkin. Davlat ichki qarzlarining asosiy shakllari davlat obligatsion zayomlari va xazina veksellaridir. Davlat obligatsion zayomlari–bu davlat tomonidan mablag‘larni uzoq muddatga obligatsiya ko‘rinishidagi qimmatli qog‘ozdan foydalanish asosida qarzga olishi. Obligatsiya–bu qarz majburiyati bo‘lib, emitentning qarz beruvchiga ko‘rsatilgan nominal summani belgilangan muddat tugagandan so‘ng, belgilangan foizlari bilan qaytarish majburiyati haqida guvohlik beruvchi hujjat. Xazina veksellari davlatning qisqa muddatli qarz majburiyatlarini shakllantiradi. Ular 3 oydan 6 oygacha muddatga chiqariladi. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling