Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
Davlat ichki va tashqi qarzlarini iqtisodiy xavfsizlikka ta'siri
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
13.3. Davlat ichki va tashqi qarzlarini iqtisodiy xavfsizlikka ta'siri.
Dunyo amaliyotida davlat tomonidan pul resurslarini qarz olishni amalga oshirishning bir nechta maqsadlari bo’ladi, ko’pincha, davlat xarajatlarini moliyalashtirishni soliqlar va soliqsiz tushumlardan vaqtinchalik undirilmagan miqdorini qoplash maqsadida hamda majburiyatlarni ko’paytirish bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida qarz olinadi. Davlat tomonidan davlat xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida olingan qarzlar investitsiya va taqchillik xarajatlariga bo’linadi. Davlat tomonidan olinayotgan qarzlar bu davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo’lgan pul mablag’larini moliya bozorlaridan qarz olish yo’li bilan jalb qilishdagi davlatning moliyaviy faoliyatidir. Davlat olayotgan qarzlari – davlat nomidan qarz olishni amalga oshirish vakolatini olgan davlat organlarining qarz majburiyatlari hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, ular davlatning qarzdorlik qimmatli qog’ozlari bo’ladi va bozorda erkin aylanishi mumkin bo’ladi. Davlat qarzlari ikkita vazifani bajaradi: davlat g’aznasiga pul mablag’larini jalb etish va iqtisodiy rivojlanishni rag’batlantirishdir. Amerikalik iqtisodchi olim, Linvud Gaygerning fikricha, «qarz hisobiga taqchillikni moliyalashtirish iqtisodiyotga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi: pul massasini qisqartiradi va foiz stavkasi darajasini ko’taradi, shunga bog’liq holda bir tomondan xususiy investitsiyalar darajasini pasayishini keltirib chiqaradi (siqib chiqarish omili), tashqi savdo balansini yomonlashtiradi, boshqa tomondan inflyatsiya bosimini pasaytiradi, milliy valyuta kursini ko’taradi, saqlab qo’yilgan mablag’larni ishlatadi» 1 . Davlat byudjeti taqchilligini tashqi manbalar hisobidan moliyalashtirish, joriy xarajatlar va asbob-uskunalar sotib olish uchun zarur bo’ladigan chet el valyutasini byudjetga kelib tushishini ta’minlaydi. Tashqi qarzlar tarkibining yaxshilanib borishi, O’zbekistonni maxsus xalqaro kredit tashkilotlari oldidagi kredit reytingini oshiradi. Tashqi qarzlar orqali moliyalashtirish mamlakat uchun zarur mablag’larni tashqi manbalardan jalb qilishni nazarda tutadi va bu kapital etishmovchiligi kabi muammoni hal qilish imkonini beradi. Shuning bilan birga, tashqi qarzlar evaziga ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlaydi, xalqaro tashkilotlardan past foizlar evaziga olingan qarzlar ichki iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilaydi, ijtimoiy tanglikni yumshatishga ta’sir etadi. Tashqi qarzlar orqali byudjet taqchilligini moliyalashtirishning ijobiy tomonlari bilan birgalikda, milliy iqtisodiyotga jiddiy salbiy ta’sirini ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim. Birinchidan, tashqi qarzlar bo’yicha foiz to’lovlarining ortishi bilan byudjetda bu qarzlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha yangi xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bu turdagi xarajatlarning ortishi byudjet taqchilligini ortishiga olib keluvchi jiddiy omilga aylanishi bilan, tashqi qarzlar va taqchillik bir-birini keltirib chiqaruvchi o’zaro bog’liq muammo sifatida yondashishni talab etadi. Ikkinchidan, mamlakat milliy boyligining ma’lum qismini chet ellik fuqaro va firmalar qo’liga o’tib ketishiga olib keladi. Va nihoyat, ko’pgina iqtisodchilarning fikricha, mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini pasaytirib, iqtisodiy o’sishni cheklaydi. O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonunning 10-moddasida ta’kidlanganidek, davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo’yicha guruhlashdan iborat bo’ladi. Iqtisodiy adabiyotlarda taqchillikni moliyalashtirish uchta yirik guruhga bo’lib aks ettiriladi. Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning emissiyali va qarzli moliyalashtirish usuli bilan birga, yana bir noinflyatsion usul davlat aktivlarini sotish orqali taqchillikning ma’lum qismi moliyalashtiriladi. Byudjet taqchilligini moliyalashtirishni har qaysi holatining iqtisodiyotga ta’siri bir xil bo’lmaydi, shuning uchun manbalarni tahlil qilish va har bir manbani alohida ko’rib chiqishni taqozo etadi. Gap shundaki, davlat moliyaviy resurslarini qaysi manbalar hisobidan qoplashi butun iqtisodiyotning faoliyat ko’rsatishi va pul muomalasi uchun katta ahamiyatga egadir. Inflyatsiyaga qarshi tadbirlarning murakkabligi shundaki, ularni amalga oshirish davlat xarajatlarini qisqartirishni, kreditning qimmatlashishi va pul massasining qisqarishini talab etadi. Bu esa yalpi talabning qisqarishiga, kapital qo’yilmalarning kamayishiga, ish faoliyatning tushib ketishiga va ishsizlikning ko’payishiga olib keladi. Mamlakat xarajatlarini qarzlar evaziga moliyalashtirish masalasini o’rganishda, bu qarzli mablag’larni qaysi yo’nalishlarga sarflanayotganligini jiddiy tahlil qilish lozim. Chunki olinayotgan qarzlarning inson kapitali va ishlab chiqarishga investitsiyalash ijobiy natijalar beradi, ammo olingan qarzlarning samarasiz sohalarga jalb qilinishi iqtisodiy tanazzulga va chet mamlakatlarga qaramlik olib keladi. O’zbekiston Respublikasida tashqi qarzlardan foydalanishda mablag’larni investitsiya loyihalarini moliyalashtirish yo’nalishlariga to’g’ri sarflanishiga e’tibor berilishi kerak. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling