Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Korruptsiya-iqtisodiy muammolar manbai


Download 2.42 Mb.
bet75/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

15.2. Korruptsiya-iqtisodiy muammolar manbai.
Korruptsiyaning xavfsizlikka tahdid soluvchi gayriijtimoiy hodisa ekanligini, uning mox,iyatini aniqlashda turli karashlar mavjudligini oldingi mavzuda kurib utdik. Uning davlat amaldorlarining poraxurlik faoliyatidan iboratligi va jamiyatga katta zarar yetkazishini ko‘pchilik tadqiqotchilar e’tirof etadilar. Korruptsiya bir qator iqtisodiy muammolarning yechimi davlatga bog’liq, bo‘lishidan kelib chiqadi degan fikrlar ham mavjud. Darhaqiqat, korruptsiya ijtimoiy-iktisodiy hodisa sifatida iqtisodiy xavfsizlikka tahdiddir. Bu poraxurlik munosabati bo‘lib, davlat nomidan xizmat ko‘rsatish chogida uz mansabini suiiste’mol qiluvchi amaldorlar bilan shu xizmatdan foydalanuvchi firmalar, tashkilotlar va ayrim fuqarolar o‘rtasida sodir bo‘ladi, bunda pora berish va uni olish yuz beradi. Pora xizmat uchun beriladigan ustama to‘lovdir, chunki birlamchi va qonuniy to‘lovlarni davlat o‘z xizmatchisining ish haqqi shaklida to‘laydi. Ilmiy adabiyotlarga asoslanib poraxurlik munosabatlarini uch subyektli deb aytish mumkin. Bular: pora oluvchilar, pora beruvchilar va ular o‘rtasidagi vositachilar.
Pora oluvchilar davlat amaldorlari bo‘lsa, uni beruvchilar amaldorlar xizmatiga muxtojdirlar. Vositachilar ayrim shaxslar va yashirin tashkilotlardan iboratdir.
Korruptsiyaning iqtisodiy mohiyati va huquqiy baholanishini farqlash zarur. Iqtisodiy jihatdan erkin bozor qonun-qoidalariga mos kelmaganidan yashirincha yuz beradigan munosabat.Bu munosabatda barcha korruptsiyalashgan unsurlarning manfaati uyg‘unlashadi. Amaldor xizmatiga talab bo‘lgandan, uni taklif etishadi, ya’ni sotishadi. Bu yerda pora yashirin xizmat haqi shakliga kiradi. Poraxurlikda ham bozor munosabati bor, lekin bu gayriijtimoiy tor egoistik manfaatga buysunuvchi munosabat bo‘lganidan uni jamiyat tan olmaydi, chunki bu yerda ayrim shaxslar yoxud guruxdor manfaatining amalga oshishi boshqalar manfaatiga yo‘l bermaslik hisobidan bo‘ladi, shu vajdan buni jamiyat qabul qilmaydi, u yashirin tus oladi.
Korruptsiyaning sabablari har xil talqin etiladi. Ular obyektiv va subyektiv bo‘lishiga e’tibor beriladi. Ular orasida qonunchilikning nomukammalligi, demokratik printsiplar va institutlarning rivojlanmaganligi, davlatning kuchsizligi ajratiladi. Bizningcha, korruptsiyaning mavjudligini iqtisodiy tizimning o‘zidan qidirish kerak. Korruptsiya iqtisodiy hodisa ekan, uning iqtisodiy ildizlarini topish kerak. Bu ildizlar pul munosabatlarining o‘zida joylashgan. Pul universal to‘lov vositasi, uni hamma operatsiyalar uchun qabul qilishadi, pul boylikning timsoli, boylik to‘plashning eng qulay shakli.
Korruptsion daromad x,arom daromad bo‘lib, bu daromadlardagi tengsizlikni keltirib chiqaradi va kuchaytiradi. Korruptsiyaning milliy xavfsizlikka xatari shundaki, u kishilarda norozilik uyg’otib, jamiyatdagi intizomiy muvozanatga tahdid soladi. Shuningdek, korruptsiya daromadlarning poraxurlar qo‘lida to‘pla-nishiga olib keladi. Natijatsa, o‘z sohibi ishlab topgan daromadning poraga aylangan qismi yashirin tarzda jamg’ariladi. Poraxur qo‘lida jamg’arilgan pul investitsiyaga ham xizmat qilmaydi.
Natural ishlab chiqarish sharoitida poraxurlik moddiy shaklda bo‘lishi mumkin, uni kuzdan yashirib bo‘lmaydi. Pul munosabatlari esa yashirin munosabat urnatishda qo‘l keladi. Xullas, korruptsiyaning obyektiv sababi pulning yuksak likvidlik xususiyatidir. Bu pul fetishizmini, ya’ni uni ilohiylashtirishni, unga siginishni yuzaga keltiradi, pul hamma narsani hal qiluvchi kuchga ega bo’ladi. Bu esa pulga ochko‘zlikni uyg’otadi, uni g’ayriqonuniy yo‘l bilan topa olish imkoniyati bor kishilarni korruptsiyalashgan kishilarga aylantiradi, bular, odatda, davlat amaldorlari bo‘ladilar.Bunda bozor mexanizmining kam layoqatli bo‘lishi kuzatiladi, uning ojizligini davlat mexanizmi to‘ldirib boradi. Davlat mexanizmi layoqatli bo‘lib qolganda uning amaldorlari xizmatiga talab oshadi, chunki shunday yo‘l bilan ish bitadi. Bu poraxurlikni rag’batlantiradi, albatta.
Mamlakatimizda bozor tizimi hozircha mukammal emas, uning mexanizmlarida uzilishlar bo‘lib turibdi va bu korruptsiyaga qulay sharoit hozirlamoqda. Demak, korruptsiyaga k,arshi kurashning eng ma’qul yo‘li bozor munosabatlarini takomillashtirishdir. Bunday zaruratni bozor tizimi rivojlangan joyda korruptsiyaning kuchsiz bo‘lishi faktining o‘zi ko‘rsatib turadi.
Iqtisodiyotda shunday ziddiyatli holatlar kuzatiladi, u o‘sgan sari uning ijtimoiy yunalishi kuchayadi, bu esa davlatning ijtimoiy dasturlarini moliyalashtirish uchun katta mablag’ talab qiladi va bu byudjetda to‘planadi.
YaIMda davlat iste’molining hissasi kamayishga moyil bo‘lsada, uning mutloq miqdori baribir o‘sadi, chunki YaIM doimo ko‘payib boradi. Davlat iste’molini qondirish xarajatlari byudjetdan moliyalashtiriladi. Davlat iste’moli tovarlar va resurslar xaridini yuzaga keltiradi. Davlat buyurtmasini olish firmalarga tovarining sotilishini, shu bois foyda tushishini kafolatlaydi. Binobarin, buyurtma uchun raqobatlashuv kelib chiqadi. Bu raqobatda pora berish ham qo‘llaniladi. Bu, ayniqsa, davlat investitsiyalari ko‘paygan kezlarda yuz beradi, chunki davlat iste’molining ortishi yuz beradi.
Davlat iste’moli jamiyat rivoji uchun zarur, biroq, bu korruptsiya uchun sharoit yaratadi. Natijada jamiyat o‘ziga ma’qul va noma’qul hodisalarga duch keladi. Demak, korruptsiyani bozor tizimidagi ichki ziddiyat yuzaga keltiradi, deb aytish mumkin.
Korruptsiyaning obyektiv sabablaridan biri davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va shunga bog’liq holda biznesni rivojlantirish muammolari hal qilinishining davlat amaldorlariga bog’liq bo‘lishidir. Davlatning iqtisodiyotga ta’siri iqtisodiy, huquqiy va ma’muriy usullar orqali yuz beradi. Bu usullarning qo‘llanilishi amaldorlar faoliyatiga bogliq. Davlatning ruxsat berish funktsiya-sining haddan tashqari keng doirada saqlanib qolishi ham korruptsiyaning ildizlaridan biridir. Davlat qo‘lidagi subsidiyalar, soliqdar, imtiyozli litsenziyalar, kvotalar, preferentsiyalar va buyurtmalar kabi vositalar biznesni tartibga solib turishda qo‘llaniladi. Ulardan kimning baxramand bo‘lishi amaldorlarning munosabatiga botiq. Iqtisodiy faoliyatdan yaxshi natijaga erishish uchun tadbirkorlar pora berish yo‘li bilan amaldorlarni sotib olish va ular orqali imtiyozlarga ega bo‘lishga intiladilar. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur ekanligi va ayni vaqtda korruptsiyani yuzaga keltirishi iqtisodiyotdagi ziddiyatli holatdir.
Korruptsiya sabablarini aniqlashda ko‘pchilik tadqiqotchilar davlat qonunlarining nomukammalligiga urg’u beradilar. Bu to‘gri, lekin hech qachon va hech qayerda abadiy mukammal qonunlar bo‘lmagan. Qonunlar, odatda, real hayotdagi o‘zgarishlardan orqada qoladi, shu sababli ular tez-tez o‘zgartirilib, to‘ldirilib turadi.
Mukammal hisoblangan qonunlar vaqt o‘tishi bilan nomukammal bo‘lib qoladi, chunki real hayot ilgarilab ketadi. Nomukammal qonun real hayot talabidan ortda qolgan va kelajakni to‘liq aks ettirmaydigan qonundir. Bunday qonunlar yaxshi ishlamaydi, natijada korruptsiyaga yo‘l ochiladi. Ko‘pchilik o‘tish davri mamlakatlaridagi qonunlar nomukammalligi bilan ajralib turadi, chunki ular chetdan andoza olgan holda yaratilgan qonunlar bo‘lib, ular yaxshi ishlamagan va bu korruptsionerlarga qo‘l kelgan bir qator MDH mamlakatlarida qonunlarning nomukammalligidan ustalik bilan foydalangan guruhlar amaldorlarga pora berish vositasida kapital jamg’arishni tezlashtirganligi ma’lum.
Korruptsiyaning rivoji qonunlarning sifatiga botiq. Shu bois unga qarshi kurashish vositalaridan biri krnunlarni uz vaqtida k,ayta kurishdir. Korruptsiya sababiga tuxtalganda bir kdtor olimlar va siyosiy arboblar davlat amaldorlari ish haqining kamligiga ypFy beradilar. Bu ham poraxurlikka intilishni kuchaytiradi, lekin bu uning birdan-bir sababi emas. Ish haqining ozligi kuyi tabaqadagi amaldorlarni poraxurlikka undaydi. Ammo katta pora olish yuqori mansabli amaldorlarga xos. Poraxurlik huquq-tartibot organlarida ham tez-tez uchrab turadi, vaxolanki bu yerdagi ish haqi va pensiyalar yuqori hisoblanadi. Demak, poraxurlik ish haqidan ko‘ra pora olish imkoniyatlariga ko‘proq bog’liq. Korruptsiyani lobbizm ham keltirib chiqaradi, biroq, har qanday lobbizm ham bunga olib kelmaydi. Ruxsat berilgan, jamiyat tan oladigan lobbizm borki, u ochiq bozor aloqalariga tayanadi. Bunda u yoki bu guruh shaxslar yoki firmalar manfaatiga mos keladigan, lekin jamiyat uchun zararsiz bulgan qarorlarni davlat idoralari tomonidan qabul qilish zarurligini asoslash va bunga ko‘maklashish bilan bog’liq lobbizm korruptsiyani keltirib chiqarmaydi, chunki bu o‘rinda bozor qoidalariga binoan lobbistik xizmatlardan ochiqkchasiga ularning haqini to‘lagan holda foydalanish yuz beradi. Ammo, shu bilan birga, xufiyona lobbistik xizmatlar borki, ular individual va korporativ manfaatlarni himoya qilgan holda boshqalar manfaatiga zid ishlarning amalga oshirilishini bildiradi. Shunday bo‘lganda, gayriqonuniy lobbizm paydo bo‘ladi, uning xizmat haqi poradan o‘zga narsa bo‘lmaydi. Iqtisod va demokratiya rivojlangan mamlakatlarda oshkora lobbizm ko‘proq uchrasa, iqtisodi qoloq va demokratiya rivojlanmagan joyda lobbizm korruptsion faoliyat shaklini oladi.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling