Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Download 2.42 Mb.
bet78/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

ikkinchidavlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
uchinchikorruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoit va oqibatlarini bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini ta’minlash;
to’rtinchi, korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari bo’yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Mazkur Farmonga asosan, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
– sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga qonunga xilof ravishda ta’sir o’tkazish shart-sharoitlarini istisno etish;
– davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga va yuqori lavozimlarga tayinlashning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, rag’batlantirish choralari hamda korruptsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq ro’yxatini belgilash;
– davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi etarli darajada bo’lishini ta’minlash, shuningdek, davlat xizmatini o’tashda manfaatlar to’qnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
– korruptsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
– aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish;
– davlat organlarining hisobdorligi va faoliyati shaffofligini oshirish;
– fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini ta’minlash va ularni korruptsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o’tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish.
O’tgan davrda O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona Qo’mitasi tomoni-dan ham korruptsiyaga qarshi kurashish borasida qator tashkiliy-amaliy ishlar bajarildi.
Bojxona organlarida shaxsiy tarkibning kasbiy odob-axloq printsiplari va xulq-atvor qoidalarini belgilash, shaxsiy tarkib orasida huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan “O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari” to’g’risida DBQning 2016 yil 28 martdagi 66-buyrug’i qabul qilindi.
2018 yil 12 aprel kuni qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonga binoan, bojxona organlari tizimida korruptsiya ko’rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, xalqning ishonchini mustah-kamlash va davlat bojxona xizmati obro’sini oshirish O’zbekiston Respublikasi bojxona organlarini isloh qilishning muhim yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi.
Davlat bojxona qo’mitasi veb-saytida “Korruptsiyaga qarshi kurash” nomli maxsus rukn tashkil qilinib, shu mavzudagi xabar va yangiliklar joylashtirib kelinmoqda.
Jamoatchilikka ob’ektiv va tezkor axborot etkazish maqsadida Davlat bojxona qo’mitasining Facebook ijtimoiy tarmog’ida rasmiy sahifasi (https://www. facebook.com/UZDBQ/) hamda Telegram messenjerida rasmiy axborot kanali (https://t.me/customschannel) va guruhlari (@exportgtkuz) ishga tushirilgan.
Korruptsiyaning oldini olishga oid funktsional vazifalarini amalga oshiruvchi bo’lim, guruhlar tomonidan tegishli nizom va yo’riqnomalar asosida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’z xavfsizlik boshqarmasi va uning hududiy tarkibiy tuzilmalari shaxsiy tarkib o’rtasida qonunchilik va xizmat intizomga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradi, salbiy holatlar bo’yicha xizmat tekshiruvlari o’tkazadi.
O’z navbatida, bojxona organlarida korruptsiyani oldini olishga qaratilgan ishlarni samarali tashkillashtirish maqsadida Qo’mita rahabtiyati tomonidan muhim vazifalar belgilab olingan. Bular jumlasiga:
– idoraviy korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ichki dasturni ishlab chiqish va uni barcha darajadagi bo’lim-postlarda samarali amalga oshirish;
– rahbarlar nazoratiga shaxsiy tarkib o’rtasida korruptsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni sodir etilishiga sabab
va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish majburiyatini kiritish;
– korruptsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun harbiy xizmatdan bo’shatilgan va lavozimidan chetlashtirilgan shaxslar haqida xizmatda foydalanish uchun mo’ljallangan film-roliklar tayyorlash va shaxsiy tarkib o’rtasida namoyish etish;
– shaxsiy tarkib orasida korruptsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklar profilak-tikasini amalga oshiruvchi tarkibiy bo’linmalar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va boshqalar.
Xulosa o’rnida ta’kidlab o’tish joizki, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan har bir me’yoriy hujjat ertangi O’zbekistonning hayotida korruptsiya degan illatning tamoman yo’qolishiga qo’yilayotgan katta qadamlardir.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling