Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashning qonuniy asoslari


Download 2.42 Mb.
bet77/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

15.4. O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashning qonuniy asoslari.
O’zbekistonning 2008 yili BMTning Korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga, 2010 yili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan korruptsiyaga qarshi kurash bo’yicha Istanbul harakat rejasiga qo’shilishi – korruptsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini yaratishda muhim qadam bo’ldi.
Dastavval korruptsiyaning oldini olish bilan bog’liq qonunchilik bazasini mustahkamlashga qaratilgan Byudjet kodeksi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risida”, “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati to’g’risida”, “Elektron hukumat to’g’risida” va “Parlament nazorati to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Shuningdek, korruptsiyaga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida 2017 yil yanvarda “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi – davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korruptsiyaga qarshi kuch va imkoniyatlarini birlashtirib, yaxlit tizimni yaratish imkonini berdi.
Qonun ijrosi asosida Oliy Majlisning har ikkala palatalarida ham “Korruptsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo’yicha qo’mitalari” tashkil etildi va aniq maqsadlarga qaratilgan chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan, 2017-2018 yillarga mo’ljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha davlat dasturi belgilab olindi. Bu boradagi ishlar o’z izchilligini davom ettirgan holda, 2019 yil 27 mayda korruptsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5729-son Farmoni qabul qilinib, ushbu hujjatga muvofiq:
– 2019 – 2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi;
– korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi;
– korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo’yicha maxsus komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Dasturga ko’ra, quyidagi 4 ta ustuvor yo’nalishda 35 ta muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan:
birinchi, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling