Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Download 2.42 Mb.
bet74/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

Takrorlash va nazorat savollari

  1. Xufyona iqtisodiyot haqida o’z fikringizni bildiring.

  2. Xufyona iqtisodiyot vujudga kelishining qanday sabalari bor?

  3. Xufyona iqtisodiyotning qanday turlari mavjud?

  4. Korruptsiya iqtisodiy xavfsizlikka qanday ta’sir ko’rsatadi?

15-Mavzu: Korruptsiya-xufyona iqtisodiyotning asosiy ko‘rinishi
Ma’ruza rejasi:
15.1. Korruptsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni.
15.2. Korruptsiya-iqtisodiy muammolar manbai.
15.3. BMTning Korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha universal konventsiyasi.
15.4. O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashning qonuniy asoslari.
Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar: korruptsiya, iqtisodiy xavfsizlik, O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari, iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar, O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashning milliy tizimi.
15.1. Korruptsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni.
"Korruptsiya" atamasi lotincha "corruptio" so‘zidan kepib chiqqan bo‘lib, "buzish", "sotib olish" degan ma'noni anglatadi. Ushbu ikki so‘z korruptsiyaning mazmun va mohiyatini belgilab beradi. Masalan, Rossiyada chop etilgan “Yuridik korruptsiya”ning entsiklopediyasida mansabdor shaxslarning o‘zlariga berilgan huquq va hokimiyat vakolatlaridan shaxsiy boyish maqsadida foydalanishlaridan iborat bo‘lgan siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat"1 deb ta’riflangan.
1979 yil 17 dekabr qabul qilingan “Mansabdor shahslarning huquq-tartibotni saqlash borasidagi axloq kodeksida: "...korruptsiya tushunchasi milliy huquqda tariflanishiga muhtoj" deyilgan, biroq, ushbu hodisaning taxminiy ta’rifi berilgan: «...mansabdor shaxsning mukofot beruvchi shaxs manfaati yo‘lida mansab yuriqnomalarini buzib yoki buzmay mansab vakolatlari sohasida amalga oshirgan har qanday shakldagi harakati yoki harakatsizligi»2.
Korruptsiyani bunday tushunish rossiyalik olimlar tomonidan yaratilgan kriminologiya fanida ham mavjud. Masalan, A.I.Dolgova korruptsiyani «davlat xodimlari yoki boshqa xizmatchilarning sotilishi va shu asosda ularning rasmiy xizmat vakolatlari, ular bilan bog’liq, obro‘si va imkoniyatlaridan shaxsiy yoxud tor guruxiy, koriorativ manfaatlari yo‘lida foydalanishlarida ko‘rinadigan ijtimoiy hodisa»3 sifatida ta’riflagan.
N.F.Kuznetsova korruptsiyani «davlat apparati va nodavlat tuzilmalarining xizmatchilarini sotib olishda ifodalanadigan ijtimoiy xavfli xodisa»4 deb ta’riflagan. Biroq, korruptsiyani faqat sotilish, poraxo’rlikdan iborat bo‘lmagan ijtimoiy hodisa sifatida kengroq tushunish to‘griroq bo‘ladi.
«Korruptsiya» tushunchasini АQSh olimlari chuqurroq va har tomonlama o‘rganganlar. Аmerikalik tadqiqogchilar ushbu hodisani siyosiy arboblar, davlat apparatining xodimlari, tadbirkorlar va boshqa shaxslarning shaxsiy, oilaviy yoki guruhiy manfaatlar yo‘lida boyish hamda o‘z ijtimoiy maqomini oshirish maqsadida o‘zlarining rasmiy majburiyatlari va davlat funktsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlashlari deb ta’riflaydilar5.
Davlat xizmatchisi ham davlat funktsiyalari ijrosining zanjiridagi xalqa bo‘lib, o‘z mavqeidan ko‘nikmagan taqdirda davlat faoliyati shakllanadigan butun zanjirga zarar yetkazishi, ya’ni qonunga xilof ish qilishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat amaldorini zimmasidagi vazifalarni vijdonan bajarishga undovchi sharoitlar yaratish kerak, aksincha emas6.
Korruptsiyaning yuqorida keltirilgan barcha ta’riflarini tahlil qilib, umuman olganda, korruptsiyaga quyidagi belgilar xosligini ko‘rsatish mumkin:

  • bu, avvalo, aniq, yuridik ta’rifi bo‘lmagan ijtimoiy hodisa;

  • oxir-oqibatda u rivojlanayotgan butun fuqarolik jamiyati va davlatning chirishiga olib keladi, bunda korruptsion ko‘pchishlar jamiyat hayotining kundalik normasiga aylanadi;

  • mazkur huquqbuzarlik subyektlarining muayyan doirasi mavjud (bular, avvalo, davlat funktsiyalarini bajarish vakolatiga ega bulgan xizmatchilar, shaxslar, shuningdek, xususiy sektorda boshqaruv funktsiyalarini bajarishga vakolatli shaxslardir);

  • mazkur subyektlarning o‘z xizmat mavqeidan, egallab turgan lavozimining huquqiy maqomi va obrusidan (fuqaro sifatida o‘zining emas, balki aynan lavozim-ning obrusidan) xizmat (ya’ni davlat xizmati va xususiy sector tashkilotlaridagi xizmat) manfaatlariga hamda huquq va axloqning belgilanganlariga xilof tarzda foydalanishlari;

  • mazkur subyektlarning ham shaxsiy boyish maqsadida, ham boshqa shaxslar manfaatlari yoxud korporativ manfaatlar yo‘lidagi faoliyati.

Shunday qilib, korruptsiya-jamiyat va davlatning chirishidan iborat ijtimoiy hodisa bo‘lib, bunda davlat xizmatchilari, davlat funktsiyalari va o‘zga boshqaruv funktsiyalarini, jumladan, xususiy sektordagi funktsiyalarni bajarish vakolatlariga ega bo‘lgan boshqa shaxslar o‘z xizmat mavqeidan, egallab turgan lavozimining maqomi va obro‘sidan xizmat manfaatlari hamda belgilangan huquq va axloq, qoidalariga xilof tarzda shaxsiy boyish yo‘lida foydalanadilar.
Hokimiyat organlaridagi korruptsiyaga kelsak, bizningcha, uni quyidagicha ta’riflash mumkin: korruptsiya — davlat hokimiyatining chirishidan iborat ijtimoiy hodisa bo‘lib, bunda davlat xizmatchilari, davlat funktsiyalari va uzga boshqaruv funktsiyalarini, jumladan, xususiy sektordagi funktsiyalarni bajarish vakolatlariga ega bo‘lgan boshqa shaxslar o‘z xizmat mavqeidan, egallab turgan lavozimining maqomi va obro‘sidan xizmat manfaatlari hamda mavjud huquq va axloq, qoidalariga xilof tarzda shaxsiy boyish yoki guruxiy manfaatlar yulida foydalanish tushuniladi.
Jahon tajribasiga ko‘ra, nodavlat tashkilotlari yoxud xususiy sektordagi korruptsiya hozirgi vaqtda keng tarqalgan. Tashkilot (tijorat yoki jamoat tashkiloti) rahbari uning nizomida ko‘rsatilgan vazifalarga rioya etishi shart, biroq, u huddi davlat amaldori singari o‘z shaxsiy g’araz manfaatlari yo‘lida yoki boshqa birov foydasiga o‘ziga tegishli bo‘lmagan boyliklarni tasarruf etish, tashkilot manfaat-lariga zid harakatlar qilish imkoniga ega.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling