Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


LABORATORIYA ISHLARINI TASHKIL ETISH BOYICHA KO‘RSATMALAR


Download 2.42 Mb.
bet108/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

LABORATORIYA ISHLARINI TASHKIL ETISH BOYICHA KO‘RSATMALAR

Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan

  1. MUSTAQIL TA‘LIMNINING SHAKL VA MAZMUNI

“Iqtisodiy xavfsizlik” fani bo’yicha talabaning mustaqil ishi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.


Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib, fanni o’rganishda bir mavzu to’liq o’zlashtiradi va topshiriq belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o’qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari mavzulari hamda malakaviy amaliyoti bilan uzviylikda bajariladi.
O‘quv sessiyasigacha bo‘lgan muddatda sirtqi ta'limda o‘qish mustaqil, jumladan, masofadan turib ta'lim olish shaklida amalga oshiriladi.
Bunda talaba metodik ko‘rsatmalardan foydalangan holda ishchi o‘quv rejada semestr uchun rejalashtirilgan “Iqtisodiy xavfsizlik” fani bo’yicha dasturda keltirilgan mavzularni mustaqil o‘zlashtiradi.
Talaba fan bo‘yicha mustaqil ta’lim topshiriqlarni bajargandan so‘ng, uni fan o‘qituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib Internet orqali) yuboradi hamda qayddan o‘tkazadi. Fan o‘qituvchisi talaba yuborgan materiallarni tekshirib, oraliq ishi sifatida baholaydi. Fan o‘qituvchisi mavzular bo‘yicha navbatdagi topshiriqlar va ko‘rsatmalarni yuborishi, shuningdek, on-layn rejimida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishi mumkin.
Shuningdek, talaba o’quv sessiyasi davomida navbatdagi semestrda o’qitiladigan fanlar bo’yicha qisqacha ma’ruza va/yoki seminar mashg’ulotlari orqali tanishtiriladi. Ushbu mashg’ulotlar talabaga navbatdagi semester davomida fanlarni o’zlashtirishi va mustaqil topshiriqlarni bajarishi uchun asosiy va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash usullari va texnologiyalarini o’rgatishga qaratiladi. Mavzular bo’yicha mustaqil topshiriqlarni bajarish yuzasidan metodik ko’rsatmalar beriladi.
“Iqtisodiy xavfsizlik” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.




Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling