Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


O’quv loyihalarning taqdimoti va baholanishi


Download 2.42 Mb.
bet84/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

O’quv loyihalarning taqdimoti va baholanishi
Ushbu o’quv mashg’ulotini tayyorlashda o’qituvchining roli quyidagilardan iborat: loyiha topshirig’ini ishlab chiqish; talabalarga ma’lumotlarni izlashda yordam berish; o’zi axborot manbai bo’lishi; butun jarayonni muvofiqlashtiri; ishtirokchilarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish; uzluksiz qayta aloqani amalga oshirish; maslahat berish.
Ushbu o’quv mashg’ulotida guruhlar o’z faoliyatining natijalari to’g’risida ma’ruza qilishadi va uni belgilangan shaklda taqdim etishadi (loyihaviy faoliyatning natijalarini, hamda loyiha maxsulotini tasviriy va og’zaki taqdimot ko’rinishida).
O’qituvchi guruhlarning o’zaro baholanishini tashkillashtiradi va loyiha ishtirokchining faoliyatini baholaydi.

Talabalarni nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasini nazorat qilish va baholash



Kollokvium.
O’qituvchining talabalar bilan kollokviumlari (suhbatlashuvi) odatda kursning u yoki bu mavzusi bo’yicha bilimlarini aniqlash, uni chuqurlashtirish maqsadida olib boradi. U ko’pincha 1) dasturda ko’zda tutilmagan, lekin talabalarda qiziqish uyg’otgan qo’shimcha mavzular bo’yicha; 2) fanning alohida murakkab, lekin talabalar tomonidan etarli darajada o’zlashtirilmagan mavzulari bo’yicha qo’shimcha darslar mobaynida; 3) ohirgi seminar mashg’ulotlarida javob bermagan talabalarni birish darajasini aniqlash uchun.
Seminar-kollokvium mobaynida ma’ruza, referat va boshq. Yozma ishlar tekshirilishi mumkin.
Yozma (nazorat) ish.
Talabalar nazorat savollariga javob beradilar/ testlarni echadilar/ nazorat topshiriqlarini bajaradilar. Ularning to’plamini to’g’ri tuzish muhim hisoblanadi: ular rejalashtirilayotgan o’quv materialni o’zlashtirish darajasiga mos kelishligi kerak va ularni tekshirishni ta’minlashi kerak.



Amaliy mashg’ulotlarda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar
AQLIY HUJUM METODI
Aqliy hujum (breynstroming-aqllar to’zoni) – amaliy yoki ilmiy muammolar yechish g’oyasini jamoaviy yuzaga keltirishda qo’llaniladigan metod.
 Metod chegaralangan vaqt oralig’i ichida aniq muammo (savol, masala)ni echishning noan’anaviy yo’llarini izlash bo’yicha o’quvchilarni aqliy faoliyatini yo’naltirishga asoslangan.
 O’quv mashg’ulotidagi aqliy hujum uchunmuammoni tanlash quyidagi tamoyillar bo’yicha amalga oshiriladi:

  • tanlangan muammo nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lishi hamda o’quvchilarda faol qiziqish uyg’otishi kerak;

  • ko’p har xil ma’nodagi yechim variantlariga ega bo’lishi kerak.

O’qitish texnologiyasini ishlab chiqishda aqliy hujum metodi o’quv mashg’ulotining bir lavhasi yoki butun mashg’ulotni o’tkazish asosi sifatida rejalashtirilgan bo’lishi mumkin.
Aqliy hujum metodining texnologik chizmasi 1-rasmda keltirilgan.



Aqliy hujum metodining texnologik chizmasi


INSERT TEXNIKASI


INSERT (inglizcha so’zdan olingan bo’lib - INSERTInteraktive- interfaol Noting – belgilash System - tizim for-uchun Effective – samarali Reading – o’qish and– va Thinking – fikrlash degan ma’noni anglatadi).

  1. Samarali o’qish va fikrlash uchun matnda belgilar qo’yishning interfaol tizimi hisoblanadi.

Matnni belgilash tizimi:
(√) - mening bilganimni tasdiqlovchi axborot;
(+) –men uchun yangi axborot;
(−) - menning bilganlarimga, zid axborot;
(?) - meni o’ylantirib qo’ydi. Bu bo’yicha menga qo’shimcha axborot kerak.

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling