Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu


Download 297.78 Kb.
bet1/6
Sana22.04.2023
Hajmi297.78 Kb.
#1381067
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mengnorov Javohir


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN



KURS ISHI


Mavzu: Banklar, ularning turlari va kredit tizimidagi roli

Bajardi: Mengnorov Javohir


Guruh: BIA - 75\22
Ilmiy rahbar: Karimjonov Muhammadrasul


TOSHKENT-2023


Mundarija:


Mavzu:Banklar, ularning turlari va kredit tizimidagi roli

Kirish
1.Banklarning evolyutsiyasi, bozor iqtisodiyotidagi o`rni va ahamiyati


2.Markaziy va tijorat banklarining ahamiyati va vazifalari
3.Pul – kredit siyosatining asosiy yo`nalishlari
4.Kredit tizimi haqida tushuncha va uning tarkibiy qismi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar





KIRISH
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank- moliya tizimini rivojlantirish va uning real sektorni moliyalashtirishdagi rolini yanada oshirish mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishini, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishiga qaratiladi. Xususan: - aholi va tadbirkorlik sub'ektlari hamda investorlarning mablag'larini bank aktsiyalari va depozitlarga jalb qilish orqali banklarning kapitallashuv darajasini oshirish hamda resurs bazasini kengaytirish; - banklarning investitsiya jarayonlarida, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlashdagi ishtirokini yanada kengaytirish va kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab- quvvatlash; - banklarda samarali nazoratni amalga oshirish, bank infratuzilmalarini kengaytirish, bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlarga yangi qulayliklar yaratish; - hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pullarning bank aylanmasiga jalb etilishini yanada kengaytirish; - banklarni yakka tartibda baholash milliy reytingiga va xalqaro reyting kompaniyalarining reytinglariga ega bo'lishlarini ta'minlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jahon tajribasidan ma’lumki, bank va bank tizimi bozor iqtisodiyotining ajralmas bo’lagi hamda eng muhim strukturalari hisoblanadi. Bank tizimining kichik va o’rta biznes sohasini rivojlantirishdagi o’rni va umuman davlat makroiqtisodiyotida tutgan o’rnini ochib berishga, bu mavzuning dolzarbligi va muhimligini statistik hamda tahliliy ma’lumotlar orqali daliliy isbot sifatida keltirishga harakat qildim. Banklarning bu sohani rivojlantirishdagi roli ularning pul-kredit operastiyalarining amalga oshirishlaridir.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash munosabatlari pul, kredit va banklarning ishtirokisiz amalga oshmasligi barchamizga ma`lum. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyatning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan bo`lib, ushbu faoliyatning asosini ham pul, kredit va bank tizimi bilan bog`liq bir qator munosabatlar tashkil etadi. Bu o‘z-o‘zidan, keyingi yillarda, mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda “Pul va banklar” kursining ahamiyatini keskin oshirmoqda.1


Download 297.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling