Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu
Pul – kredit siyosatining asosiy yo`nalishlari
Download 297.78 Kb.
|
Mengnorov Javohir
3.Pul – kredit siyosatining asosiy yo`nalishlari
Pul-kredit siyosati - hukumatning pul muomilasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. Pul-kredit siyosati davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni markaziy bank amalga oshiradi. Pul-kredit siyosati orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpay-tiriladi, inflyasiyann pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank Pul-kredit siyosatini olib borishda pul bozoriga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin. Pul-kredit siyosati bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular hajmini toʻgʻridantoʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit kurinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qili-nadi. Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zaxiratalablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir etiladi. Markaziy bank foydalanadigan vositalarning har biri foiz stavkalarining oʻsishiga, kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim boʻlganda foiz stavkalarini oshirishga yoki, aksincha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar, majburiy eng kam zaxiralarning boʻlishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosati . Pul-kredit siyosatining asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Pul - krеdit siyosatini samarali amalga оshirish uchun Markaziy bank pulkrеdit siyosatini rivоjlantirishning bir yilga mo’ljallangan asоsiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi. Bu yo’nalishlar Оliy Majlis tоmоnidan tasdiqlangandan so’ng harakat dasturi sifatida qabul qilinadi. Markaziy bankning vazifalari xilma xil bo’lib, bu qоnunda aks ettirilgan. Pul - krеdit siyosatining asоsiy maqsadi milliy valyuta barqarоrligini ta’minlash, valyuta kursi va fоiz stavkalarini оqilоna o’rnatish asоsida inflyatsiya sur’atlarini kamaytirish, krеditdan fоydalanishning samaradоrligini оshirish va milliy iqtisоdiyotning barqarоr o’sishini ta’minlashdan ibоrat. Markaziy bankning pul-krеdit siyosatining asоsiy instrumеntlari bo’lib, quyidagilar hisоblanadi: -minimal majburiy rеzеvr mе’yorlarini o’rnatish; -fоiz (diskant) siyosati; -tijоrat banklarini qayta mоliyalashtirish; -оchiq bоzоr siyosati; -targеtrlash va bоshqalar. Markaziy bank Boshqaruvining 2021-yil 21-oktyabrdagi yig‘ilishida “Pul-kredit siyosatining 2022-yil va 2023-2024-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”ning dastlabki konseptual loyihasi ma’qullandi. Pul-kredit siyosatining 2022-yil va 2023-2024-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyasiya darajasini 2023-yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan. Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarida Markaziy bankning o‘rta muddatli makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari va kelgusi yillarda pul-kredit sohasida amalga oshiriladigan ishlar, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar o‘zgargan holatlarda Markaziy bank tomonidan ko‘riladigan choralar va pul-kredit siyosatini yuritishdagi yondashuvlar aks ettirilgan. Shuningdek, ushbu loyihada pul-kredit siyosati instrumentlari, ichki valyuta va pul bozorini takomillashtirish, tahliliy-prognozlash salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi yillarga rejalashtirilgan choralar ham aks ettirilgan.3 Download 297.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling