Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi


Download 25.51 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi25.51 Kb.
#1387201
  1   2
Bog'liq
Kurs ishi B.Shohrux




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI
IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Ishlab chiqarishda iqtisodiy resurslardan samarali
foydalanish muammolari
Bajardi: Baxramjanov Shoxruxbek Dilshod o’g’li
(talabaning ismi-sharifi, otasining ismi)
Moliya va moliyaviy texnologiyalar fakulteti
MMT-73/22 guruh
(fakultet, bakalavriat yo’nalishi, kursi, guruhi)
Ilmiy rahbar: i.f.n. prof. Safarov G’.A.
(ismi-sharifi, ilmiy darajasi, lavozimi)

Reja:
Kirish…………………………………………………………………………….3
I – BOB.Iqtisodiy resurslar va ularning turlari………………………………6

    1. Iqtisodiy resurslar tushunchasi va uning turlari……………………………..6

    2. Iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda ishlab chiqarish jarayoni…….…...6

II – BOB. Iqtisodiy resurslar tasnifi…………………………………………..6
2.1. O’zbekistonning iqtisodiy resurslari………………………………………..6
2.2. O’zbekistonda iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligi…………..6
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Iqtisodiyot hech narsa mavjud bo`lmagan joyda bo`lishi mumkin emas. Ya`ni uning borligi insoniyat borligi bilan bog`liq. Fizika, matematika, kimyo kabi aniq fanlar o`zga sayyoralarda ham modda, hodisa va jarayonlar ko`rinishida mavjud bo`lishi mumkin.Ammo o`sha o`zga sayyoralarda mavjud bo`lgan ma`lum bir moddalar iqtisodiyotni harakatga keltira olmaydi. Bundan kelib chiqadiki, iqtisodiyot insoniyat yaralganda harakatga kelgan va borliqning intixosiga qadar mavjud bo`ladi. Shu nuqatayi nazardan biz uni o`rganishimiz va yangi ma`lumotlar bilan boyitib borishimiz kerak.
Iqtisodiyot deganda kishilarning o`z hayotiy ehtiyojini qondirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi.Bu siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma`naviy faoliyatga qaraganda o`zining asosiy bo`lishi, boshqa faoliyat uchun moddiy shart sharoit yaratib berishi bilan ajralib turadi. Iqtisodiyot kishilarning hayot kechirishi uchun zarur bo`lgan noz-ne`matlarni yaratadi, ularni kishilar iste`moliga yetkazib beradi va hayot kechirishni kafolatlaydi. Bu noz-ne`matlar tovar yoki xizmat deb ataladi. Bu tovar va xizmatlarni yaratish uchun iqtisodiy resurslar kerak bo`ladi. Resurslar esa ehtiyojlarga nisbatan cheklangandir. Cheklangan iqtisodiy resurslar bilan insonlarning cheklanmagan ehtiyojlarini qondirish masalasini iqtisodiyot nazariyasi fani hal etadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to`laroq qondirib borish mumkin, degan muammo ustida bosh qotiradi. Bundan kelib chiqadiki, “Iqtisodiy resurslar cheklanganligi sharoitida ishlab chiqarish” mavzusi iqtisodiyot nazariyasining o`zagidir. Mavzuning dolzarbligi mana shunda. Iqtisodiyot nazariyasi fani har doim mana shu masala ustida bosh qotiradi. Bu masalani to`liq yechishning imkoni yo`q. Chunki ehtiyojlar cheksiz va hammaning ehtiyojlarini bir vaqtning o`zida to`la qondirishning iloji yo`q. Iqtisodchilar tomonidan esa turli hil nazariyalar ishlab chiqiladi va bular ehtiyojlarimizni qanchadir miqdorda to`laroq qondirishimizga xizmat qiladi.


Xo`sh nima uchun biz iqtisodiy resurslarni o`rganishimiz kerak. Undan shundayligicha foydalanaversak bo`lmaydimi? Javob:yo`q. Biz iqtisodiy resurslarni har taraflama o`rganishga, uning ishlatilish darajasi, miqdori, ishlatish natijasida olingan mahsulot yoki ko`rsatilgan xizmat miqdorlarini o`rganib, doimiy tahlil qilib borishga majburmiz. Chunki iqtisodiyot nazariyasidan ma`lumki resurslar cheklangan. Ehtiyojlarimiz esa kundan kunga o`sib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan bu mavzu bugungi kunning dolzarb mavzusidir. Bu masala nafaqat yurtimizda balki butun dunyoda dolzarbdir. Sababi yer yuzi axolisi yildan yilga o`sib bormoqda va bu hamma sohalarda innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali birlamchi ehtiyoj tovar va xizmatlari tannarxini tushirish, resurslarni qayta tiklanadigan muqobili bilan almashtirish, bu jarayonlarda atrof-muhitga minimal darajada zarar yetkazishni taqozo etadi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki umumiy qilib aytganda resurslar masalasi eng dolzarb masala. Davlatlar bu borada har qanday siyosiy ziddiyatlarni bir chetga surib bir-birlari bilan hamkorlik qilishi shart.
Resurslarning ishlatilish darajasini doimiy o`rganib borish bizga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi? Javob shuki: resurslar, ularning zaxirasi, ishlatish samaradorligi haqida ko`proq ma`lumot to`plash va uni chuqur tahlilqilish natijasida biz kelajakdagi ko`pgina jarayonlarni prognoz qilishimiz mumkin. Aytaylik biror tabiiy resursning mavjud zaxiralari 50 yildan so`ng tugashi taxmin qilinsa, davlat darxol mana shu resursga muqobil boshqa resurslarni aniqlash uchun mablag` ajratishi va bu sohada qilinayotgan ishlarni qo`llab quvvatlashi kerak bo`ladi. Qisqacha qilib aytadigan bo`lsak, resurslarning har doim kuzatuv ostida bo`lishi kelajakda sodir bo`lshi mumkin bo`lgan inqiroz, taqchillik, tabiiy ofat va boshqa insoniyatga zarar keltirishi mumkin bo`lgan hodisa va jarayonlarni oldini olish yoki keltiriladigan iqtisodiy zararni biroz ozaytirish imkonini beradi. Aynan mana shu yerda geografiya bilan iqtisodiyot birlashadi. Iqtisodiyot bu resurslarning miqdori, undan olinishi mumkin bo`lgan foyda haqida bosh qotirsa, geografiya esa bu resurslarning tarkibi, hosil bo`lish jarayonlarini o`rganadi.
Kurs ishimizda o`z oldimizga qo`ygan maqsad bu mavzuni to`laroq yoritib berish, iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda ishlab chiqarishning optimal yechimini aniqlash, O`zbekistonning iqtisodiy resurslari va ularning zaxiralari, undan foydalanish darajasi va foydalanish samaradorli, kelajakda bu resurslarni muqobili bilan almashtirish yo`llari va imkoniyatlari haqida batafsil ma`lumot berishdir.


Download 25.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling