Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi
I – BOB.Iqtisodiy resurslar va ularning turlari
Download 25.51 Kb.
|
1 2
Bog'liqKurs ishi B.Shohrux
I – BOB.Iqtisodiy resurslar va ularning turlari
1.1. Iqtisodiy resurslar tushunchasi va uning turlari Professor T.T.Jurayevning “Iqtisodiyot nazariyasi” kitobida mamlakatlarning iqtisodiy resurslar quyidagicha ta’rif berilgan va ularning turlari sanab o’tilgan: Resurslar cheklangan sharoitda jamiyat ham o‘z qarorini tanlov asosida qabul qilishga majbur bo‘ladi. Bunda ulardan to‘liq va samarali foydalanish hamda ehtiyojlarni to‘laroq qondirib borish talabi hisobga olinadi. Iqtisodiy faoliyatda foydalanishga yaroqli bo‘lgan moddiy tabiiy va inson resurslar iqtisodiy resurslarni tashkil qiladi. Iqtisodiy resurslar to‘rtta turga ajratadi. Yer-tushunchasi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan yer va barcha tabiiy resurslarni anglatadi. Ekin maydonlari, o‘rmonlar, mineral va neft zahiralari hamda suv resurslari shular jumlasidandir. Ishchi kuchi insonda mavjud bo‘lgan jismoniy va aqliy qobiliyatlar yig‘indisi. Mehnat esa inson ishchi kuchining sarflanish jarayonidir. Kapital - tushunchasiga iste‘mol tovarlari va xizmatlarini yaratishda foydalaniladigan kishilar tomonidan yaratilgan barcha ishlab chiqarish vositalarini kiritish mumkin. Bular sirasiga zavod fabrikalar, omborxonalar, transport vosi talari, etkazib berish xizmati, texnika va asbob-uskunalar kiradi. Kapital tovarlari haridiga sarflarga investitsiya deb qaraladi1. Resurs sifatidagi kapital iste‘mol tovarlaridan farq qiladi. Iste‘mol tovarlari inson ehtiyojini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qondiradi, vaholanki kapital resurs tovarlarini ishlab chiqarishga jalb etiladi. Resurs sifatidagi ―kapital‖ga jihozlar, texnika va boshqa ishlab chiqarish vositalarini anglatadi. Tadbirkorlik qobiliyati alohida kishilarga xos bo‘lgan noyob ishbilarmonlik layoqati yer, mehnat, kapital va tadbirkorlik qobiliyati mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarni ma‘lum turini tashkillashtirish uchun bir joyga jam bo‘lar ekan, ularni umumiy qilib, tovar ishlab chiqarish omillari deyish mumkin. Har bir resurs undan ishlab chiqarishda foydalanganda ma‘lum samara beradi. Resurs keltiradigan natija o‘z chegaralariga ega. Har qanday resursdan eng yaxshi, oqilona foydalanilgan taqdirda ham ma‘lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib bo‘lmaydi. Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarining ham cheklanishiga olib keladi. Resurslardan foydalanish darajasi turlicha bo‘lgani uchun barcha tovarlar bo‘yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko‘rsatish qiyin. Ishlab chiqarish samaradorligi ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga qilingan xarajatlar o‘rtasidagi nisbatni anglatadi. Boshqacha aytganda, samara dorlik natija va xarajat nisbatini aks ettiradi. Butun milliy xo‘jalik darajasida uning natijalarining iqtisodiy resurs sarf xarajatlariga nisbati milliy ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining asosiy ko‘rsatkichidir. Samaradorlikning mavjud darajasida jamiyat a‘zolari biror qismining iqtisodiy ahvolini yomonlashtirmasdan boshqasining ehtiyojlari qondirilish darajasini oshirish mumkin emas. Bunday holat Pareto samarasi deb nomlanadi. Bu nom Italiyan iqtisodchisi V. Pareto nomi bilan atalgan. Foyda miqdori va uning normasi ishlab chiqarish samaradorligining asosiy mutloq va nisbiy ko‘rsatkichidir.Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p qirrali tushuncha bo‘lganligi sababli,qayd qilingan birgina asosiy ko‘rsatkichda,uni to‘liq ravishda har tomonlama ifodalab bo‘lmaydi. Shuning uchun iqtisodiy reserslardan samarali foydalanish darajasini tavsiflovchi unimdorlik ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi. Mehnat unumdorligi ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyati yoki ishlab chiqarilgan mahsulotning sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. MU=M/V. Bu erda, MU-mehnat unumdorligini, M-mahsulotning hajmi, V-sarflangan ish vaqti. Mehnat unumdorligi sarflangan mehnatning har birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini bildiradi. Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi va u ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda miqdorini ko‘rsatadi. KU=M/K; KU=YAD/K ; KU=F/K; Bu erda KU – kapital unumdorligini, K – ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini, M – mahsulot, YAD – yalpi daromad, F– foyda. Ishlab chiqarishning muhim omillaridan biri yer hisoblanishi sababli undan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichi olingan mahsulot hajmining yer maydoniga (gektarga) nisbati yoki ekinlar hosildorligi bilan aniqlanadi. Samaradorlikni aniqlashda mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi,energiya sig‘imi kabi ko‘rsatkichlar ham qo‘llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir-birini to‘ldiradi. Ishlab chiqarish samaradorligi har qanday darajada uning natijalari miqdoriga to‘g‘ri, iqtisodiy resurs sarf-xarajatlari hajmiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. Ishlab chiqarish natijalari miqdori o‘zgarmay qolganda xarajatlarning kamayishi uning samaradorligi oshishini bildiradi va aksincha. Shu sababli samaradorlikni oshirishga boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini ko‘paytirish va unga sarflanadigan harajatlarni kamaytirish, ya‘ni tejamkorlik tamoyillariga amal qilish orqali erishiladi. A. O'lmasov, A. Vahobovning “Iqtisodiyot nazariyasi” kitobida mamlakatimizning iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanish haqida shunday deyilgan. 2017-2021 yillar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida ham iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirishga ishlab chiqarish samaradorligini o‘stirishning muhim omili sifatida qaraladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning shunday omillari ham mavjudki, ular bir vaqtda ham natijaviy ko‘rsatkichlar miqdoran ortishiga va ham iqtisodiy resurs xarajatlari kamayishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Bunday omillarga fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishni uzluksiz modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni kiritish mumkin. Modernizatsiya inglizcha ―modern so‘zidan olingan bo‘lib -yangi, zamonaviy kabi ma‘nolarni anglatadi.Ishlab chiqarishga qiyosan modernizatsiyalash mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ularni ―yangilash‖, mashina, uskuna va texnologik jarayonlarni zamonaviylashtirishni bildiradi. Iqtisodiy modernizatsiyalash mehnat, moddiy va tabiiy resurslardan foydalanish darajasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatish orqali ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga ham olib keladi. Diversifikatsiyalash (lotincha diversys - har xil, facese - qilmoq, bajarmoq) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, maqsadida korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, chiqariladigan mahsulotlar turlarini ko‘paytirishga qaratilgan jarayondir. Diversifikatsiyalash vertikal, gorizontal va konglomerat bo‘lishi mumkin.Vertikal diversifikatsiyalash – bir xil yo‘nalishda ixtisoslashgan korxonalarning tarmoq darajasida ishlab chiqaradigan mahsulotlari turini ko‘paytirish va faoliyatlarini tarmoq ichida kengaytirishni bildiradi. Konglomerat diversifikatsiya korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini texnologik jarayon, tovar turlari va turli bozorlar talabini hisobga olib ko‘paytirishga yo‘naltiriladi. Istiqbolda mahsulot turlarini ko‘paytirish, tijorat faoliyatini rivojlantirish va bozorni kengaytirishga qaratilgan harakat diversifikatsiya strategiyasi mazmunini anglatadi. Bu korxonalarda mahsulot turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, milliy va chet el kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar tuzish, boshqa korxonalarni sotib olish kabi usullarda amalga oshiriladi. Xarajatlarni kamaytirish va mahsulot tannarxini pasaytirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda mahalliylashtirish darajasini o‘stirib borish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev qayd qilib o‘tganlaridek samaradorlikni oshirishning muhim omili asosiy va yordamchi tarmoqlarni barqaror rivojlantirish, ortiqcha xarajatlar va tannarxni kamaytirish, mahalliy lashtirish darajasini oshirish va importning qisqarishi dan iborat. Mahalliylashtirish mahsulot ishlab chiqarish jarayonida mahalliy xom-ashyo va materiallardan foydalanishga ustuvorlik berishni anglatib, bu pirovardida nafaqat tannnarxni pasaytirish, balki import qilinadigan tovarlar hajmini qisqa rtirish imkonini ham beradi. Importning qisqarishi sof eksportni ko‘paytirish orqali milliy iqtisodiyot samaradorligini o‘sib borishiga olib keladi. Respublikamizda faqat 2017 yilning o‘zida mahalliylashtirish dasturlari to‘liq amalga oshirilmaganligi natijasida unda ko‘zda tutilgan ―qariyb 400 million dollarlik mahsulot chetdan import qilingan. ________________________ ²https://fayllar.org/mavzu-ozbekistonning-iqtisodiy-resurslari-va-ulardan-samarali.html ³ T.T.Jo‘rayev. Iqtisodiyot nazariyasi. (O‘quv qo‘llanma). –T.: «Fan va texnologiya», 2017 ⁴ Sh.Shermatov. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. - T.: «LESSON PRESS» nashriyoti, 2021. Download 25.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling