2-Modul: Biosfera resurslari va ulardan oqilona foydalanish.
2.1-Mavzu: Tabiiy resurslar va ularning turlari.
reja:
2.1.1 Tabiiy resurslar va ularning sinflanishi. Energiya va mineral xom-ashyo
resurslari;
2.1.2. Real va potentsial resurslar. Sanoatda alternativ va ekologik toza energiya
manbalari hamda tabiiy resurslavrdan samarali foydalanish tamoillari;
2.1.3. Yer osti qazilmalaridan oqilona foydalanish muammolari. O‘zbekistonda
mineral resurslardan foydalanish;
2.1.4. Tabiatdan foydalanishni iqtisodiy meхanizimlari.
2
.1.1 Tabiiy resurslar va ularning sinflanishi. Tabiiy resurslar– insonlarning
yashash
vositalari boʹlib, ular inson mexnati bilan yaratilmagan, aksincha unga bogʹliq boʹlmagan
holda obʹyektiv ravishda mavjuddirlar. Tabiiy resurslarning bir necha (klassifikatsiyasi)
sinflanishi mavjuddir. Ularni sinflarga ajratib oʹrganilishi - tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va ximoya qilish muammolarini toʹgʹri
xal yetish, imkonini beradi.
Tabiiy sinflanish – tabiiy resurslarning biosferaning
komponenti ekanligiga
asoslangan. Tabiiy resurslarni quyidagi asosiy gruhlarga (geologik va mineral) ajratiladi.
Ushbu resurslarni quyidagi rasmda koʹrishimiz mumkin :
2
.1.2 Real va potentsial resurslar. Sanoatda alternativ va ekologik toza energiya
manbalari. Barcha resurslar 2 turga boʹlinadi: real va potentsial.
- Real tabiiy resurslar: bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi
resurslardir. Ularga foydalanilayotgan yerlar, oʹsimliklar, neft, koʹmir, elektr energiyasi,
va x.k. misol boʹla oladi.
- Potentsial tabiiy resurslar: Maʹlum sabablarga koʹra ishlab
chiqarishda ishtirok
etmayotgan lekin keyinchalik ishlab chiqarishga jalb etiladigan resurslardir. Demak,
potentsial resurslar ham maʹlum vaqt oʹtishi bian, ishab chiqarish texnik darajasini oshishi
bilan real resurslarga aylanadilar.