2. 1-Mavzu: Tabiiy resurslar va ularning turlari reja


Endi hozirgi kunda mineral xom ashyo inqirozidan chiqish yoʹllari bilan


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana18.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1283407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
маъруза-3

Endi hozirgi kunda mineral xom ashyo inqirozidan chiqish yoʹllari bilan 
tanishib chiqamiz: 
1.Foydali qazilmalarning yangi konlarini izlab topish. Masalan, okean tubida juda 
boy konlar mavjud boʹlib, kelajakda ulardan samarali foydalanish usullarini ishlab 
chiqish zarur. 
2. Ikkilamchi xom ashyodan foydalanishni tashkil qilish. Mavjud texnologik 
jarayonlarni takomillashtirish asosiy roʹl oʹynaydi. Masalan, hozir rivojlangan koʹpgina 
mamlakatlarda 30-40% mis ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash xisobiga ajratib 
olinmoqda. Yana biometallurgiyani rivojlantirish xisobiga qoldiq togʹ jinslari 
tarkibidan arzon yoʹl bian bir qancha metallarni ajratib olish mumkin. Ushbu usul 
tarkibida turli bakteriyalar uchun zarur boʹlgan moddalari bor boʹlgan suyuqlik bilan 
rudani yuvishga asoslangandir. Bakteriyalar minerallarni parchalab kerakli metallni 
eritmaga oʹtkazadi va u keyin ajratib olinadi. Bu usul bilan Cu, Zn, Ni, Mo, Al va xatto 
oltinni ham ajratib olish mumkin. 


3. Metallarni plastmassalar bilan almashtirish xisobira ularni tejash. Masalan, 1 t 
plastmassa, 3 t bronza, qalay va boshqa rangli metallarni almashtiradi. 
Energetik resurslar: Oxirgi yillarda insoniyat jamiyati energiyaga boʹlgan 
extiyojlarini keskin ortib borishi tufayli energiya inqiroziga duch kelmoqda. Energiya
inqirozi kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri neft va gazdan beayov
foydalanilayotganligidir.
Oʹtgan asrlarda D.I.Mendeleev –―neftni yoqish, pulni yoqish demakdir‖ –deb 
ogoxlantirgan edi. Neft-kimyo sanoatining eng asosiy xom ashyosidir va uning miqdori 
cheklangandir. Uzoq vaqt davomida Yaqin Sharq mamlakatlarida katta neft konlarini 
topilganligi arzon ishchi kuchining borligi tufayli undan arzon xom ashyo sifatida 
foydalanib kelindi. Energiyaning arzonligi tufayli neftdan foydalanish surʹati juda 
keskin ortib bordi. Chorak asr davomida yenergiyaga boʹlgan extiyoj 3 barobar ortdi. Xar 
oʹn yilda energiyadan foydalanish 2 barobar ortib bordi: 54,2 mln.t - neft; 67,4 mln.t.- 
kondensat bor boʹlib, uni ishga tushirsak chetdan keltirilayotgan neftni miqdorini 3-4 
barobar kamaytirish imkonini beradi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling