2. 1-Mavzu: Tabiiy resurslar va ularning turlari reja


O‘zbekistonda mineral resurslardan foydalanishning hozirgi holati yuzasidan yangi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana18.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1283407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
маъруза-3

O‘zbekistonda mineral resurslardan foydalanishning hozirgi holati yuzasidan yangi 
pedogogik texnologiyalardan foydalanib suhbat uyushtiring). 
2.1.4 Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari. Dunyodagi barcha 
ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ekologik jarayonlar o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. 
Ekologiyasiz iqtisodiyot va iqtisodiyotsiz ekologiya bo‘lmaydi. Ma‘lumki, hozirgi kunda 
har qanday sanoat tarmog‘iga tegishli bo‘lgan korxonalar ularning qanday 
ishlashlaridan qat‘iy nazar, albatta turli agregat holatdagi – gazsimon, suyuq va qattiq
chiqindiiarni atrof-muhitga tashlanishiga sababchi bo‘ladilar. Lekin har qanday 
mukammal texnologiyada ham chiqindilarni ajralishi muqarrardir. Shuning uchun
shunday texnologiyani vujudga keltirish lozimki, bunda ishlab chiqarish jarayonida
ajralgan chiqindilar ekologik jihatdan olganda bezarar bo‘lib, atrof-muhitga jiddiy xavf 
solmasligi kerak, ya‘ni hosil bo‘lgan chiqindilar tabiatda o‘z-o‘zidan oson biologik 
parchalanib, atrofga zarar keltirmasin. Lekin ming afsuski, hozirgi kunda ishlab 
chiqarish tarmoqlarida va maishiy turmushimizda buning iloji bo‘lmay qolmoqda. 
Ko‘plab chiqindilarning deyarli barchasi zararsizlantirilmasdan, tozalanmasdan atrof-
muhitga tashlanishi va to‘planishi sodir bo‘lmoqda. Buning natijasida esa chiqindilarning 
salbiy ta‘siri tabiatda turli noxush holatlarni yuzaga keltirmoqda. Jamiyat 
taraqqiyotining tabiat bilan jamiyat o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar keskinlashgan 
hozirgi bosqichida, tabiat va uning resurslaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi. Shu 
boisdan ham hozirgi davrda tabiatni muhofaza qilish va tabitdan samarali 
foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini yaratishga ayniqsa katta e‘tibor qaratilmoqda. 
Chunki iqtisodiyotning barqaror rivoj- lanishi aholining sog‗lomligi, atrof-muhit 
muhofazasi va tabiatdan foydalanishning holati bilan chambarchas bog‗liqdir. 
Tabiatda yuz berayotgan ijobiy va salbiy o‗zgarishlar turli jihatdan o‗rganiladi. Ular 
orasida iqtisodiy jihatdan o‗rganish jiddiy ahamiyat kasb etadi. Chunki iqtisodiy nuqtai 
nazardan o‗rganish natijalari insonning xo‗jalik faoliyatiga miqdoriy ko‗rsatkichlar asosida 
aniq baho beradi. Atrof-muhitda sodir bo‗layotgan antropogen o‗zgarishlarni turli hisob-kitob 
yo‗llari bilan tahlil qilish natijasida ishlab chiqarishning rentabellik darajasi, daromad miqdori 
aniqlanadi, shuningdek, tabiiy muhit buzilishi va ifloslanishi oqibatida korxonaning havo, 
suv, tuproq, umuman, landshaftlar, aholi sog‗lig‗iga etkazayotgan zarar hajmi to‗g‗risida 
ma‘lumotga ega bo‗linadi. Aslida inson xo‗jalik faoliyati oqibatlarni iqtisodiy tahlil qilish 
natijalari korxonalar rentabellik darajasining mezoni bo‗lishi lozim. Korxona ko‗plab yuqori 
sifatli tayyor mahsulot berayotgan bo‗lishi mumkin. Bu kerak, chunki sifatli mahsulot korxona 
egalariga mo‗may daromad keltiradi. Lekin faqat daromad ko‗rsatkichlarining o‗zigina 
korxona faoliyatining samaraliligini aniqlash uchun asos bo‗la olmaydi. Buning uchun 
korxona atrof-muhitga yetkazayotgan zararli oqibatlarning hisob-kitob yo‗li bilan so‗ngra 
aniqlangan ko‗rstkichlarini olinayotgan daromad bilan solishtirish va bu jarayonda olingan 
natijalarga tayanish lozim. Ular korxonalarning qanchalik samara bilan ishlayotganligi 
to‗g‗risida majmuali xulosa chiqarish imkonini beradi. 
Tabiat boyliklaridan foydalanishni optimallashtirish, ulardan ilmiy asosda 


foydalanishni takomillashtirish borasida keng qamrovda ilmiy izlanishlar olib 
borilmoqda. Natijada qator ilmiy yo‗nalishlar, fan sohalari paydo bo‗lmoqda. Tabiiy 
resurslardan foydalanishni yaxshilash, atrof-muxitning ifloslanishi, buning oqibatida 
ko‗rilayotgan zararlarni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli usullarni izlash ia asoslash 
muammolarini hal qilishda «Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti» fani muhim o‗rin egallaydi. 
―Tabiatdan foydalanish‖ deganda tabiiy resurs salohiyatini ekspluatatsiya qilishning 
barcha shakllari hamda uni muhofaza qilish bo‗yicha tadbirlar majmuasi tushuniladi. 
Shuningdek, qayta tiklanadigan resurslarni muntazam tiklab borish, miqdorini ko‗paytirish, 
sifatini yaxshilash, tabiatni maqsadga muvofiq holda o‗zgartirish, uning ayrim hududlarini 
foydalanishdan chiqarib, alohida muxrfaza qilinadigan ob‘ektlar - qo‗riqxonalarga 
aylantirish kabilarni ham shu ma‘noda tushunmoq kerak. Tabiatni maqsadga muvofiq 
holda o‗zgartirish — tabiatning biologik tizimlari mahsuldorligani oshirish maqsadida rejali 
va ilmiy jihatdan asoslangan negizda barqaror ravishda o‗zgartirish demakdir. 
Tabiiy resurslardan foydalanish va bu jara- yonda atrof-muhitni muhofaza qilishning 
o‗ziga xos iqtisodiy mexanizmi tarkib topgan. U ko‗plab turli elementlardan iborat, lekin 
hozircha “yuqori darajada takomillashgan‖- deb bo‗lmaydi, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ushbu mexanizm borgan sari yaxshilanib boradi. 
Tabiiy-resurslarni iqtisodiy baholash va baholar negizida tabiatdan foydalanishda 
pullilik yo‗lga qo‘yilgan sari reallashib boradi. Bozor iqtisodiyoti davrida iqtisodiy 
mexanizmning ayrim elementlarini qo‗llash tabiatdan foydalanishni takomillashtirib 
borishda dastlabki qadam bo‗ladi. Tabiatdan foydalanishda pullik yo‗lga utish ekologik 
omilni iqtisodyotda yanada kengroq qo‗llashga, boyliklardan oqilona foydalanishda 
ko‗maklashadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling