2. 1-Mavzu: Tabiiy resurslar va ularning turlari reja
Respublikamiz zaxiralaridagi uglevodorodli xom ashyoning umumiy miqdori
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
маъруза-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1.3. Yer osti qazilmalaridan oqilona foydalanish muammolari.
- (Yer osti qazilmalaridan oqilona foydalanish muammolari.
Respublikamiz zaxiralaridagi uglevodorodli xom ashyoning umumiy miqdori
quyidagichadir. •gaz boʹyicha -1828 mlrd m3 •kondentsat boʹyicha - 136 mln.t. •neft boʹyicha - 103 mln.t. Shuningdek, Respublikamiz xududida zaxiralaridagi koʹmirning miqdory 3499 mln.t. boʹlgan 20 ta kon aniqlangandir. Asosiy sanoat zaxiralari Angren, Shargʹun va Boysun konlarida joylashgandir. Energiya inqirozining asosiy sabablaridan biri energiya –yoqilgʹi resurslaridan noratsional va ayovsiz foydalanishdir. 2.1.3. Yer osti qazilmalaridan oqilona foydalanish muammolari. O‘zbekistonda mineral resurslardan foydalanish. O‘zbekistonda mineral resurslardan foydalanish. O‗zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‗tishining shunga xos milliy xususiyatlari orasida uning tabiiy va mehnat resurslariga boyligi, saxiy yeri va mehnatsevar xalqi borligi bejiz ta‘kidlanmagan. «O‘zbekiston, o‗z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi» (I. A. Karimov, 1997, 230-6.). Darhaqiqat, O‗zbekiston zaminida turli tabiiy - mineral boyliklar bisyor. Bu hududning geologik jihatdan uzoq o‗tmishlarda murakkab rivojlanish jarayonlarini boshdan kechirganligi, ilk bor tog‗ hosil bo‗lish hodisalari, dengiz havzalarining vaqti-vaqti bilan quruqlikka bostirib kirganligi, qobiq nurashining kuchli tarzda ro‗y berganligi, vulqon harakatlari, yer po‗sti magmatik jinslar turli qatlamlarga kirib, qotib qolishi kabi boshqa geologik hodisalar natijalari bilan bog‗liq. Hozirgi kunga kelib, Uzbekistonda 2700 dan ziyod qazilma boyliklar konlari va istikbolda ochilishi mumkin bo‗lgan yangi konlar aniqlangan. Ushbu konlarda yer yuziga yaqin joylashgan xilma-xil mineral xomashyolar mavjud. Ularning 60 xilidan iqtisodiyotda foydalanilmoqda. O‗zbekistonning umumiy mineral xomashyo salohiyati 3,3 trl. AQSH dollarida baholanmoqda. Har yili konlardan umumiy qiymati 5,5 mlrd. AQSH dollariga teng bo‗lgan turli qazilma boyliklar qazib olinadi. Bir qator muhim foydali qrzilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolin zaxiralarining ko‗pligi va istiqbolda foydalanish bo‗yicha O‗zbekiston nafaqat MDH mamlakatlari, balki jahonda oldingi o‗rinlarni egallaydi. Masalan, oltin zaxiralari bo‗yicha dunyoda 4, qazib olish bo‗yicha esa 7, mis bo‗yicha 10-11, uran bo‗yicha esa 7-8-o‗rinda (Karimov, 1997). Tabiiy gazning umumiy zaxirasi qariyb 2 trln m 3 , ko‗mirniki 2 mlrd t dan ziyodroq. Mutaxassislarning dastlabki baholash natijalariga ko‗ra, mamlakat hududining tahminan 60%i neft va gaz zaxiralari bilan band. O‗zbekiston hududida Fargona, Surxondaryo, Janubi-Garbiy Hisor, Buxoro-Xiva va Ustyurt neft va gazli mintaqalar aniqlangan. Xozirgi vaqtda eng ko‗p neft va tabiiy gaz Andijon, Buxoro-Xiva neft-gaz rayonida - O‗rtabuloq, Ko‗kdumaloq, Sho‗rtan, toshli, Sho‗rtepa, Zevar va ularga yaqin bo‗lgan boshqa konlardan qazib olinmoqda. Birgina Qashqadaryodagi gaz konlari butun respublikada qazib olinayotgan tabiiy gazning 90% ini bermoqda (Yer osti qazilmalaridan oqilona foydalanish muammolari. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling