2. 1-Mavzu: Tabiiy resurslar va ularning turlari reja


muhofaza qilish faoliyatiga imtiyozli kredit ajratish; tabiatni muhofaza kilish


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana18.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1283407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
маъруза-3

muhofaza qilish faoliyatiga imtiyozli kredit ajratish; tabiatni muhofaza kilish 
fondlarini tezlashtirilgan holda amortizatsiya qilish; ekologik jihatdan toza bo‘lgan 
mahsulotlarga rag‘batlantiruvchi baholar belgilash, qo‘shish va boshqa tadbirlar. 
Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlaridan biri ekologik soliqlar 
hisoblanadi. Soliqning bu turi dunyo mamlakatlarida o‗zining ekologik samaradorligini 
ko‘rsatib kelmoqda. Uni ―yashil soliq‖ ham, deb atashadi. Istiqbolda bu soliqning yanada 
keng miqyosda rivojlanishi uchun barcha asoslar mavjud.
Ekologik soliqlar asosan ikki vazifani hal qilishga layoqatlidir:
a) mahsulotlar narxini ularning ishlab chiqarish sarflariga nisbatan bir xilda 
bo‘lishini ta’minlash, atrof-muhitga etkazilgan zararlarni qoplash va boshq;
 
b) atrof-muhitga etkazilgan ekologik zararlarning o‘rnini qoplash maqsadida 
ifloslantiruvchilar hisobidan ularni undirib olish. 
Ekologik 
soliqlar 
ekologik 
jihatdan 
muvozanatli 
ishlab 
chiqarishni 
rivojlantirishni rag‗batlantirishga ham xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchilardan olingan 
pul mablag‗lari tabiiy muhitni muhofaza qilish, ayniqsa, atmosfera havosi va suv 
havzalarini ifloslanishdan saqlaydigan turli samarador moslamalarni korxonalarga 
o‗rnatish va ularning muntazam faoliyat ko‗rsatishitsi ta‘minlashga xizmat qiladi. 
Korxona, transport, qurilish ob‘ektlari, shaxslarga soliq tayinlashda ularning tabiatni 
muhofaza qilish yunalishida olib borayotgan amaliy ishlari xarakterini e‘tiborga olish 
maqsadga muvofiq.
Yuridik shaxslar korxona, transport va qurilish ob‘ektlarida tabiiy muhit 
ifloslanishining oldini oluvchi tadbirlarni muntazam qo‗llab kelayotgan bo‗lsa, ulardan 
imtiyozli soliq undirish lozim. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulot ekologik 
jihatdan tozaligi bilan ajralib tursa, bunday vaziyatda yengilroq soliq tayinlash maqsadga 
muvofiq, bu xol ularni iqtisodiy va ekologik jihatdan rag‘batlantiradi, demak, ishlab 
chiqaruvchilarni atrof-muhit musaffoligini yanada barqarorlashtirish va ekologik toza 
mahsulot ishlab chiqarishga undaydi. 
Ammo korxona hududida to‗planib borayotgan ikkilamchi resurslardan ularni qayta 
ishlash jarayonida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish to‗g‗risida qayg‗urmayotgan, sexlarda 
gaz, g‗ubor, changlarni tutib qoluvchi turli moslamalarni o‗rnatish va mavjudlarining 
samaradorligini oshirish, oqava suvlarni daryo, suv ombori, kanallarga muttasil tashlab 
kelayotgan sanoat va qurilish korxonalariga nisbatan soliq solish hajmini oshirilgan 
miqdorda tayinlash jiddiy samara beradi. Uzbekistonda bu borada muayyan ishlar amalga 
oshirib kelinmoqda. Buni O‗zbekiston Respublikasi ―Ekologiya va atrof muhitni muhofaza 
qilish davlat qo‗mitasi‖ning har yilgi tadbirlaridan ham bilish mumkin. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling