turlari, baʹzi bir mineral resurslar–masalan dengiz va koʹllarda yigilib qoladigan tuzlar)
turlariga boʹlinadilar.
Bundan tashqari barcha resurslar yana quyidagi 2 guruhga ajratiladilar:
1. Almashtirilish mumkin –yaʹni tejamli foydalanish maqsadida baʹzi
bir resurslarni
boshqalari bilan almashtirilishi mumkin. Masalan, mineral yoqilgʹi resurslari – atom
va quyosh energiyasidan foydalanish;
2. Almashtirilishi mumkin boʹlmagan–masalan atmosfera havosi (chunki uning tarkibida
maʹlum
belgilangan miqdorda kislorod, azot, uglerod oksidi va boshqalar bordir),
ichimlik suvi, genetik resurslar (tirik organizmlar turlari).
Ochiq dengiz resurslari, atmosfera havosi, Antarktida, kosmik boʹshliq barcha
davlat va xalqlar uchun umumiydir.
Resurslarni sinflarga ajratish albatta shartlidir, chunki xar bir resurs boshqasi bilan
oʹzviy boglangandir va boshqa baʹzi birlarini hosil boʹlishida ishtirok yetadilar.
Lekin
ularni sinflarga ajratib oʹrganish, ularni tabiatini, ulardan tejamli foydalanish va ximoya
qilishni, qayta tiklashni tashqil qilish imkonlarini beradi. Agar resurs tugamaydigan
turga mansub boʹlsa, demak undan cheksiz miqdorda
foydalanish mumkin degani
emasdir. Balki ulardan foydalanish jarayonida yana biz ularni ifloslantiramiz va
natijada uning sifat koʹrsatkichlari ham yomonlashadi. Masalan,
radioaktiv moddalar
bilan ifloslangan havo hamma yerga tarqalishi natijasida global ifloslanish xavfi
tugʹiladi;
sanoat oqova suvlari, dalalrdagi yuvuvchi suvlar suv xavzalariga juda koʹp
miqdorda kimyoviy zahar moddalarni olib keladilar.
Tabiiy resurslarni iqtisodiy sinflanishi - resurslardan foydalanishning formalari va
yoʹnalishlariga asoslangandir. Tabiiy resurslarni asosiy ishlab chiqarish soxasida
foydalaniladigan va ishlab chiqarish soxasida foydalanmaydigan turlarga ajratadilar.
Maʹlum sinfga mansub boʹlgan tabiiy resurslarning koʹpchilik qismi bir vaqtda bir nechta
iqtisodiy sinflarga mansub boʹla olishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: