Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu
Milliy boyliklarning tarkib ko’rsatgichlari va ularni ko’paytirish omillari
Download 294.79 Kb.
|
Feruzbek kurs ishi.
1. Milliy boyliklarning tarkib ko’rsatgichlari va ularni ko’paytirish omillari
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. Odamlar tovar va xizmat turlaridan foydalanishni xohlashlari sir emas. Ammo bu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tabiiy resurslardan foydalanishni taqozo qiladi. Quyosh energiyasi, o’rmonlar va ba’zi dengiz jonivorlari singari tabiiy resurslar tiklanadigan resurslar hisoblanib, ulardan istagancha foydalanish mumkin. Neft, temir rudasi va boshqa resurslar o’zgarmas taklif shaklida bo’lib (ya’ni narxning oshib borishi bilan taklif oshib bormaydigan holatdir), ulardan bir marotabagina foydalanish mumkin. Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo’ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma’noda o’z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar, yaratilgan san’at asarlari, intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat o’lchovlarida hisoblab chiqish bu bir qator ob’ektiv sabablariga ko’ra ancha qiyin, jumladan uning tabiat in’omlaridan iboratqismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o’lchovlariga ega emas. Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milli boylikning tor ma’nodagi tushunchaasidan foydalaniladi. Tor ma’noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo’ladi. Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayoninig umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo’ladi. U kishilarning ko’plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi. Milliy boylikka, keng ma’noda,, bulardan tashqari to’plangan bilimlar, kasbiy malaka va tajriba ham kiritiladi. Milliy boylik bu ayrim millat yoki elat boyligi emas, balki muayyan mamlakatning umumiy boyligidir. U o’zining ichki tuzilishiga qarab mehnat yaratgan boylik va tabiat in’om etgan boylikdan iborat. Mehnat yaratgan boylik bu takror ishlash jarayonida uzluksiz jamg’arilib kelingan xomashyo, yonilg’i, mavjud mashina-uskuna, bino-inshotlar, aholiga uzoq muddat xizmat qiladigan buyumlardan iborat bo’ladi. Tabiat in’om etgan boylikni mehnat yaratmaydi, u bor narsa, undan mehnat yordamida foydalaniladi, xolos. Bunga yerning o’zi, undagi boyliklar kiradi, uni pulga chaqib baholanadi. Masalan, O’zbekistonning yerosti boyliklari qiymati 3,5 trillion dollarga teng, deb baholangan. Tabiiy boylik qanchalik ko’p bo’lsa shunchalik mamlakat ham boy bo’ladi. Ammo buning uchun ular amalda ishlatilishi kerak, bu esa mehnat yaratgan boylik bo’lmish ishlab chiqarish quvvatlariga bog’liq bo’ladi. XX asr oxirlarida kelib milliy boylikning tarkibiy qismlarini belgilash, ularni yagona konsepsiyalar asosida qiymatini, tarkibini, dinamikasini hamda foydalanish darajasini hisoblash va iqtisodiy statistik tahlil qilish yanada dolzarb muammoga aylandi. BMT statistika komissiyasi hamda Jahon banki huzurida Dj. Dikson (AQSh) va K. Hamilton (Kanada) boshchiligida ishchi guruhi tuzildi. Bu guruh 1997-yilda 92 mamlakat bo'yicha (1994-yil ma’lumotlari asosida) va 2000-yilda 10 mamlakat bo‘yicha (1997-yil ma'lumotlari asosida) milliy boylik elementlarining qiymatini, strukturasini va jon boshiga to'g'ri keladigan darajasi hamda indeksini hisoblashdi. 2000-yilning avgustidagi Daromadlar va boyliklarning tadqiqotlari xalqaro assotsiatsiyasining umumiy 26-konferensiyasida turli mamlakatlarning rivojlanishi to'g'risidagi yig'ma hisoblashlarning natijalari haqida ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi. Mazkur konferensiyada K. Hamiltonning jahonning 110 mamlakatida milliy boylikni 1997-yildagi jon boshiga to‘g‘ri keladigan darajasi va uning o‘sishi sur'atlari hisoblangan ma’ruzasini taqdim etdi. K. Hamiltonning hisob-kitoblariga qaraganda ko'pgina mamlakatlarda (jon boshiga to'g'ri keladigan YalM darajasi o‘rtacha jahon darajasidan past bo'lganlarida) umumiy kapital hajmining o‘sish sur'ati aholi sonining o‘sishi sur'atidan pastligini, ya'ni bu mamlakatlarda aholi farovonligining pasayishi jarayoni yuz berayotganini ko‘rsatdi. Download 294.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling