«iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kurs ishi mavzu: O’zbekistonda bank tizimining rivojlantirish istiqbollari


Download 124.05 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi124.05 Kb.
#1575570
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Axmadov


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«IQTISODIYOT» KAFEDRASI
«IQTISODIYOT NAZARIYASI» FANIDAN

KURS ISHI
Mavzu: O’zbekistonda bank tizimining rivojlantirish istiqbollari.



Ro’xatga olish №________

__”_____________2023 y.



Bajardi:
Talaba______________________
Qabul qildi__________________






Tavsiya etildi(Tavsiya etilmaydi)

__”_____________2023 y.


Imzo:________________

Baxo:__________ball
Komissiya a’zolari:
_____________________ ______
_____________________ ______
_____________________ ______


TOSHKENT-2023


Mavzu: O’zbekistonda bank tizimini rivojlantirish istiqbollari.


Kirish:
1.Banklarning mohiyati va ularning asosiy funksiyalari.
2.Banklarning iqtisodiyotda tutgan o’rni, ahamiyati.
3.O’zbekistonda bank tizimining shakllanishi va bosqichlari.
4.O’zbekistonda bank faoliyatining asosiy yo’nalishlari va ularni rivojlantirish istiqbollari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat bank tizimi ikki bo’g’indan tashkil topadi. Bank tizimi - bu ma’lum tarixiy davr ichida shakllangan va tegishli qonun hujjatlari asosida mamlakatda pul-kredit munosabatlarini tashkil etadigan va tartibga soladigan muassasalar majmuidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan davlatlarning deyarli barchasida bank tizimi ikki pog‘onadan iborat bo’lib, ushbu banklar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti va tarixiy shakllanishiga qarab o'ziga xos xususiyatlar asosida faoliyat yuritadi.1
O'zbekistonda ham bank tizimi ikki pog'onadan iborat bolib, ularning faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga solingan. Ikki pog'onali bank tizimida banklar - emission bank (Markaziy bank) va emission bo’lmagan (tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar) banklardan tashkil topadi. O'zbekistonda ikki pog'onali bank tizimining shakllanishi 1987-1990 yillarda, sobiq Davlat bankini isloh qilish davriga to'g'ri keladi. O'sha davrda asosiy e’tibor monopol emission bank hisoblangan Davlat bankining tashkiliy tuzilmasini keskin o'zgartirish orqali, iqtisodiyotni rivojlantirish va mijozlar bilan ishlaydigan ixtisoslashgan banklami tashkil etishga qaratildi.
Bank tizimida mustaqillikgacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan islohatlarning asosiy konsepsiyasi sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
• ikki pog'onali bank tizimini tashkil etish;
• davlatning ixtisoslashgan banklarini xo'jalik hisobi va o'zini o'zi moliyalashtirishga o'tkazish;
• xo'jalik yurituvchi subyektlarga yangi bank xizmatlarini taklif etish, zamonaviy hisob-kitob shakllarini va kredit munosabatlarini amaliyotga tadbiq etish masalalari shular jumlasidandir.
Bank tizimida 1987 yilda boshlangan iqtisodiy islohatlar va banklarni qayta qurish natijasida ularning mulkchilik shaklida, xizmat ko'rsatishida, kredit va hisob-kitob munosabatlarida ayrim o'zgarishlar sodir bo’ldi. Lekin, bank tizimida printsipial ahamiyatga ega bo’lgan ijobiy o'zgarishlar yuz bermadi.

Download 124.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling