Ishlab chiqarish omillari barcha iqtisodiy tizimlarda amal qilib kelmoqda. Bu omillarga turlicha ma‘no berilgan. Masalan, “Siyosiy iqtisod” darsliklarida ishlab chiqarish omili 2 turga bo’lingan edi, ya‘ni:
1. Moddiy omil;
2. Shaxsiy omil.
Moddiy omilni tashkil etuvchi mehnat qurollari va mehnat predmetlari (er, suv, yer usti va yer osti boyliklari - ko’mir, neft‘, gaz, ruda, metall...) ham ishlab chiqarish vositalari deb ta‘rif berilgan edi, ishchi kuchi esa ishlab chiqarishning деб shaxsiy omili yuritiladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitidagi adabiyotlarda ishlab chiqarishning to’rt omili ko’rsatilmoqda: mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik faoliyati tan olindi.
-
___________________________↓_______________________
↓ ↓ ↓ ↓
Mehnat bilan ishchi kuchi bir xil ma‘noga ega emas. Mehnat turli omillarning birikishi natijasida amal qiladi. Ya‘ni, mehnat ishchi kuchini ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi natijasida sodir bo’ladi va uning pirovard natijasi daromad topish bilan tugallanadi.
Ishchi kuchi insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisidir. Bunda bilim, malaka, tajriba qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |