Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiyot yo’nalishi -bosqich -20 guruh talabasi Arabboyev Anvarbekning
Download 116.68 Kb.
|
Arabboyev Anvarbek kurs ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat qarzlarini boshqarish va kapital bozorni rivojlantirish choralari . III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALARVAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI Iqtisodiyot yo’nalishi 3-bosqich 2_-20 guruh talabasi Arabboyev Anvarbekning “Makroiqtisodiyot tahlili va prognozlashdan”fanidan KURS ISHI Mavzu: O’zbekiston Respublikasining inflatsiya ko’rsatkichlari maroiqtisodiy tahlili. Bajardi: Arabboyev. A Tekshirdi: ______________ Andijon 2023 Mavzu: O’zbekiston Respublikasining inflatsiya ko’rsatkichlari maroiqtisodiy tahlili.. I. Kirish II. Asosiy qism 1.Mamlakatning umumiy tashqi qarzi va uning kelib chiqish sabablari. 2.O’zbekiston Respublikasi tashqi qarzdorlik ko’rsatkichi(2020-2023 y). 3. Davlat qarzlarini boshqarish va kapital bozorni rivojlantirish choralari. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish Hozirgi kunda deyarli tashqi qaysi mavjud bo’lmagan mamlakat bo’lmasa kerak. Xar bir davlat o’zidagi mavjud infratuzilmalarni yaxshilashva iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida Jahon banklaridan yoki tashqi davlatlarda qarz oladi. Olingan mablag’larnii davlatni rivojlantirish maqsadida turli iqtisodiy zonalarga ajratadi. Tashqi qarzlarni ortib ketishiga ham ba’zida guvoh bo’lamiz va bunga bir qancha sabablar boladi. Masalana inflyatsiya, ishsizlik va h.k. Inflatsiya sur’atlarining jilovlanishi, davlat budjeti taqchilligini tan olingan me’yorlarlardan ham past darajada bo‘lishini ta’minlanishi respublikamizda olib borilayotgan makroiqtisodiy siyosat samaradorligidan dalolat beribgina qolmasdan, iqtisodiyotimizga kiritiladigan investitsiyalar ko‘lamining oshishi, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda aholi real daromadlarini o‘stirishning muhim sharti hamdir. Makroiqtisodiy barqarorlik va yalpi ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali aholining turmush farovonligi darajasini o‘stirish davlat iqtisodiy siyosatida bosh maqsad bo‘lib hisoblanadi. Makroiqtisodiy muvozanatga erishishni hal etish muammosi iqtisodiyotning eng muhim masalalaridan biridir. Umuman makroiqtisodiy muvozanatga erishish deganda, iqtisodiy tizimni tashkil etuvchi uning barcha tarkibiy qismlarining barqaror va o‘zaro mutanosib ravishda rivojlanishi tushuniladi. Iqtisodiy muvozanatlik – bu makroiqtisodiy darajada jamiyat ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdori va ijtimoiy ishlab chiqarish natijalari hajmi hamda tarkibining o‘zaro mos kelishidir. Iqtisodiy muvozanat xususiy va umumiy bo‘lishi mumkin. Xususiy muvozanat – bu alohida olingan bozorlar, milliy xo‘jalikning turli xil tarmoqlari va iqtisodiy sektorlaridagi muvozatdir. Umumiy muvozanat – bu bir vaqtning o‘zida barcha bozorlarda muvozanat o‘rnatilishi, butun bir iqtisodiy tizimdagi muvozanat, ya’ni makroiqtisodiy muvozanatdir. Bunday makroiqtisodiy muvozanatga esa yalpi talab va yalpi taklif o‘zaro tenglashgandagina erishiladi. Umumiy makroiqtisodiy muvozanatni aniqlashda muvozanat narxlar darajasi va milliy ishlab chiqarishning real hajmi tushunchalaridan keng foydalaniladi. Muvozanat narxlar darajasi mikroiqtisodiyotda o‘rganilgan alohida olingan tovar yoki xizmat narxidan butunlay farqli ravishda iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan millionlab tovarlarning o‘rtacha narxi bo‘lib, u agregatlangan, ya’ni umumlashtirilgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi ko‘rsatkichi ham endi bir yoki bir necha tovar yoki xizmat turi bo‘yicha hisoblanmasdan, balki endi u agregatlanganligi sababli mamlakatda va uning tashqarisida milliy ishlab chiqarish omillari hisobiga ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarga monistik (yagona) tarzda qaralgan mikroiqtisodiyotdan farqli o‘laroq, makroiqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda, shuningdek yalpi talab va taklif muvozanatini xarakterlashda ikki xil yondoshuv, ikki xil maktab ko‘rib o‘tiladi: - klassik maktab; - keynscha maktab. Ular o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilar hisoblanadi: a) bozor kon’yunkturasi o‘zgarishiga narxlar egiluvchanligi va ular moslashuvchanligining tezligi masalasi; b) iqtisodiyotga davlat aralashuvining zarurligi darajasi va uning dastaklari. Absolyut miqdori bo‘yicha davlat qarzining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini aniqlash murakkab masala. Buning uchun davlat qarzi miqdorini milliy daromad kattaligiga yoki YaIMga nisbati olinadi, ya’ni d=D/Y. Agar qarzning o‘sish darajasi sur’atlari YaIMning o‘sish darajasi sur’atlaridan past bo‘lsa, qarz unchalik xatarli hisoblanmaydi. Iqtisodiy o‘sishning past sur’atlarida davlat qarzlari jiddiy makroiqtisodiy muammoga aylanadi. Davlat qarzlarining jiddiy muammo ekanligi va uning salbiy oqibatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin: iqtisodiyotning samaradorligi pasayadi, chunki moliyaviy aktivlar ishlab chiqarish sektoridan qarzlarni to‘lashga sarflanadi; daromadlar xususiy sektordan davlat sektori tomonga qayta taqsimlanadi; daromadlarning tengsizligi kuchayadi; qarzlarni to‘lamaslik oqibatida foiz stavkasi oshadi, oqibatda qisqa muddatda investitsiyalar siqib chiqariladi, uzoq muddatda esa kapital zahiralari va mamlakat iqtisodiy salohiyatining qisqarishi ro‘y beradi; qarz bo‘yicha foizlar to‘lash zaruriyati soliqlarni oshirishni talab qilishi iqtisodiy rag‘batni susaytiradi; uzoq muddatda yuqori darajadagi inflatsiya xavfi tug‘iladi; kelajak avlodga qarz yukining tushishi ularning farovon yashashiga to‘sqinlik qiladi; qarz bo‘yicha foizlar yoki qarzning asosiy qismini xorijliklarga to‘lash YaIM ma’lum bir qismining chetga chiqib ketishiga olib keladi; qarz va valuta inqirozi tahdidi tug‘ilishi mumkin. Download 116.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling