Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Keys-.Footwear International
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- ““Footwear International” ning kechirib boʻlmas bezbetligi”
Keys-.Footwear International
Charles W.L. Hill. International Bisiness Competing in the Global Marketplace, 3rd ed -Boston: Irvin/McGraw-Hill.2000 Djon Karlson, muholifatdagi siyosiy partiya bilan yaqin aloqalarga ega boʻlgan fundamental gazeta hisoblangan Meillat ning kunduzgi soni bosh sahifasini oʻqidi-yu, qovogʻi osildi. ““Footwear International” ning kechirib boʻlmas bezbetligi” sarlavhasi ostida chiqqan maqolada kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan oyoq kiyimi-sandalning taglik qismi dizaynida arab tilida yozilgan “Allax” soʻzi borligi aytilgan edi. Maqolada kompaniya oʻz sandallari taglik qismida Allax ismini atayin dizayn sifatida joylashtirishda ishlatgan va bu bilan islom dinini haqorat qilgan degan fikrga ishora bor edi. Shundan soʻng, maqolada kompaniya, Isroilda palastinliklarni oʻldirishga aloqador boʻlgan yahudiy oilasini xususiy mulki ekanligi toʻgʻrisida axborot berilgan edi. Gazeta kelgusi kuni talabalarni Footwear International ga qarshi namoyish oʻtkazishga chaqirgan edi. Barcha ma’lumotga yakun sifatida gazeta bosh sahifada kulfat keltiruvchi sandallar rasmini joylashtirgan edi. Footwear International ning Bangladeshdagi boshqaruvchi direktori - Djon Karlson ushbu portlovchi vaziyatni yaratgan oʻta jiddiy kelishmovchilikdan chiqib ketish uchun juda tez harakat qilish zarurligini tushunib turar edi. Karlson darhol dizayn boʻlimi boshligʻi bilan bogʻlandi va sandalning dizayni toʻgʻrisida ma’lumot berishini soʻradi. U ushbu sandal oʻrta baholar darajasidagi, mahalliy bozor xususiyatlarini hisobga olgan holda dizayni biroz oʻzgartirilgan ayollar oyoq kiyimi liniyasiga mansub ekanligini bilar edi. Dizayn boʻlimini boshligʻi ushbu dizayn mahalliy bozordan kompaniya dizayneri tomonidan sotib olingan Xitoy qoʻngʻiroqchalari koʻrinishi asosida yaratilganligi haqida hisobot berdi (rasm kompaniya shtab - kvartirasiga Karlson uchun faks orqali joʻnatildi). Dizaynerga Xitoy qoʻngʻiroqchalari juda yoqib qolgan edi, shu sababli u ularni dizayn asosi sifatida foydalanish uchun boʻlim boshligʻiga koʻrib chiqish va muhokamaga taqdim qilgan va ular tasdiqlangan edi. Marketing va dizayn boʻlimidagi barcha xodimlar musulmonlar edi. Dizayn boʻlimini boshligʻi shuningdek, ushbu modelni ishlab chiqqan dizayner ayol ham nasl-nasabi Bangledeshlik boʻlgan musulmon ekanligi, lekin u arab tilida gapirish va yozishni bilmasligi, boʻlimning boshqa hamma xodimlari ham huddi shunday ekanliklarini ma’lum qildi. U shuningdek, koʻplab boʻlim xodimlari yangi dizaynni xabardor boʻlganligi va uni tasdiqlashdan oldin bunday muammolar kelib chiqishi xayollariga ham keltirmaganliklarini ta’kidladi. Karlson sandaldagi dizayn va arab tilida yozilgan “Allax” soʻzini yozilishini bir-biriga solishtirdi. Karlson maqola mazmuni va uning chop etilishi vaqtini tushunib etolmas edi. Sandallar bozorda yangi mahsulot hisoblanmas va shu daqiqagacha hech qanday shikoyatlar kelib tushmagan edi. U maqolani qayta-qayta oʻqigan sari, nima uchun aslida kompaniyaga egalik qiladigan oila xristian oilasi ekanligiga qaramasdan, kompaniya yahudiy oilasiga tegishliligiga urgʻu berilganligi tushunib etolmas edi. U yana shuni tushunmas ediki, nima uchun sandallar toʻgʻrisidagi maqolada talabalarga bunchalik katta e’tibor berilmoqda. Kun davomida vaziyat yanayam murakkablashdi. Karlsonga kompaniyaga qarshi kelgusi kuni namoyish qilishga chaqiriq bilan chiqqan ikkita yoshlar guruhi tamonidan tarqatilayotgan varaqalarning tarjimasini koʻrsatishdi. Varaqalar kompaniyani, Salman Rushdini va yahudiylar jamiyatini bir butun sifatida bir-biriga bogʻlar, “Biz oʻz hayotimiz evaziga boʻlsa ham yahudiylar fitnasiga qarshi chiqamiz” deb qoʻrqitishar edi. Shundan soʻng, yana yomon yangiliklar keldi. Karlson va 4 ta chet elliklarni ataylab millatlararo tushunmovchiliklarni keltirib chiqarganligi va musulmonlarni haqorat qilganligi uchun telefon orqali jinoyat kodeksi bandlari boʻyicha ayblab tahdid qilishdi. Biroz vaqt oʻtib, Karlson mahalliy huquqshunosdan hech qanday yaxshi xabarlarni va’da qilmaydigan isk-ariza kopiyasini oldi. Isk-arizada kompaniya Bangledesh fuqarolariga, ularning dini hisoblangan - Islom diniga kechirib boʻlmas zulm etkizganligi toʻgʻrisida yozilgan edi. Karlson mavjud vaziyat toʻgʻrisida oʻylab turgan vaqtda, sekretarning tashvishli ovozi, premer-ministr qoʻngʻiroq qilganligi va kelib chiqqan holat kechirib boʻlmas jinoyat deb ataganini etkazdi. Vaziyat har bir daqiqa oʻtgani sari yanayam jiddiylashib borar edi va Karlson zararni minimallashtirish uchun nima qilish kerakligi toʻgʻrisida oʻylardi. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling