Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Download 3.37 Mb.
bet55/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Teskari aloqa-bu eshitganga, oʻqiganga yoki koʻrganga nisbatan aks ta’sir yoki ta’sirlanish tayanchi. Bunda mazkur axborotni olgan shaxs shu axborotga boʻlgan munosabatini, tushunganligi yoki toʻliq tushmaganligini, qoʻllab quvvatlashi yoki inkor etishini shu axborotni yuborgan shaxsga bildiradi. Bunday aloqa har ikkala tomonning bir-birini qanchalik tushunganini bilish uchun zarur.
Rahbar berilgan topshiriq yoki aytilgan soʻz har doim boʻysinuvchilar tomonidan birdek qabul qilinadi deb oʻylamasligi kerak. Bunday xato fikrga boruvchi rahbar oʻzini real voqelikdan uzoqlashtiradi. Teskari aloqani samarali oʻrnatmagan rahbarning boshqaruv faoliyati zaiflashadi va inqirozga yuz tutadi.
Shov-shuv axborot almashuv jarayonida salbiy ta’sir koʻrsatuvchi unsurlardan hisoblanadi. Axborotlarni uzatish nazariyasi tili bilan aytganda shov-shuv-bu ¨oyani buzib talqin qilishda namoyon boʻladi. Aytilgan soʻzdan tortib to uni qabul qilingungacha boʻlgan masofadagi turli toʻsqinlar, shov-shuvlar axborotni kodlashtirish va dekodlashtirish, shuningdek rahbar bilan boʻysinuvchi oʻrtasidagi aloqa jarayoniga katta ta’sir oʻtkazishi mumkin.
Shu sababli shov-shuvni ham e’tiborsiz qoldirish mumkin emas.
Hozirgi davrda xalq xoʻjaligining turli boʻlinmalari faoliyatini boshqarish, eng avvalo tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish turli-tuman axborotlarga bo¨liq. Axborotlarning xilma-xilligi har bir boshqaruv ob’ektining faoliyati koʻp tomonlamaligi bilan, boshqaruv sohalari ham turli tumanligi bilan belgilanadi. Bular esa pirovard natijada ishlab chiqarish jarayonlari miqyosining kattaligi, oʻta murakkabligi va davom etish sur’atlarining yuqoriligi bilan bo¨liqdir.
Boshqaruv axborotlari oʻta turli-tuman boʻlagnligi tufayli mazkur boshqarish qarorlarini ishlab chiqish uchun zarur va etarli axborotni tanlab olish ancha qiyin. Barcha axborotlarni oʻziga xos belgilarga qarab tur va guruhlarga ajratish, ya’ni klassifikatsiya qilish yoki tasniflash bu qiyinchilikni bartaraf etish yoki bir oz engillashtirishga ma’lum darajada yordam beradi.
Turkumlaganda axborot tizimi har tomonlama soddalashadi, shuningdek uni toʻplash, uzatish va turlarga ajratish osonlashadi,buning natijasida rahbar xodimlar axborot bilan toʻliqroq ta’min etiladi. Barcha axborotlarni quyidagi belgilar boʻyicha turkumlash mumkin.

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling