Korxona (tashkilot) kommunikatsiyasi - bu oʻta murakkab, koʻp bosqichli tizim boʻlib, oʻz tarkibiga nafaqat tashkilot ichidagi, shuningdek uning tashqarisidagi axborot almashuvini ham oladi.
Tashkilot - bu davlat nazorati va boshqaruvi ostidagi ob’ekt boʻlib, u oʻzidan yuqori tegishli tashkilotlarga (makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga) turli hisobotlar, ma’lumotlar, axborotlar berib turadi.
Tashqi kommunikatsiya - bu tashkilot bilan tashqi muhit oʻrtasidagi axborot almashuvidir. Tashqaridan keladigan axborotlar, jumladan yuqori boshqaruv organlari, hokimiyat, vazirlik, qoʻmitalar, Vazirlar Mahkamasi, Prezident devoni axborotlari bunga misol boʻladi.
Rahbar va boʻysinuvchi oʻrtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotda eng koʻp uchraydigan axborot almashuvidir.
Tashkiliy kommunikatsiya
Tashqi
Ichki
Gorizontal
Vertikal
Noformal
Raxbar – bo`ysinuvchi
Bo'g’inlararo kommunikatsiya
3- sxema. Tashkiliy kommunikatsiyaning tasnifiy sxemasi.
Rahbar va boʻysinuvchi oʻrtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotda eng koʻp uchraydigan axborot almashuvidir. Masalan, tsex boshli¨i ¸ki masterning jamoa va ayrim xodimlar bilan jonli aloqasi juda yuksak baholanadi. Jonli aloqada rahbar faqat oʻz qarorini bildiribgina qolmay, boʻysunuvchilarga ta’sir koʻrsatish, ularda qarorni yaxshiroq bajarish uchun tashabbus va hohish uy¨otish mumkin. Qoʻpollik bilan baqirishga, “soʻkishga” va hokazolarga aslo yoʻl qoʻyilmaslik kerak. Rahbarning shaxsiy obroʻsi koʻp jihatdan u oʻz fikrini qay tarzda bildirishga, qanday soʻzlashishga bogʻliq.
Noformal kommunikatsiya - bu rahbar atrofidagi shov-shuvlar, rahbarning xizmatga doir boʻlmagan shaxsiy aloqalari, norasmiy kana?lar bilan axborot almashuvlari kiradi. Bunday axborot almashuvi ham boʻlishi kerak, ammo chegara doirasida.
Do'stlaringiz bilan baham: |