Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Aloqa kapitallarining haddan tashqari koʻpayib ketishi


Download 3.37 Mb.
bet61/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Aloqa kapitallarining haddan tashqari koʻpayib ketishi ham kommunikatsion jara¸nga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Bunday muammo axborotlarni qayta ishlash va ularni uzatish vositalarning etishmovchiligi ¸ki ularning no mukammalligi oqibatida sodir boʻladi.
No ma’qul tashkiliy struktura ham kommunikatsion jara¸nda muammo tu¨diruvchi omillardan biri hisoblanadi. Qanchalik boshqaruv boʻ¨inlari koʻp boʻlib, funksiyalar, vazifalar va vakolatlar bir-birini koʻp takrorlasa, shunchalik axborotning manzilga etib borishi sekinlashadi. Natijada shu davr ichida har bir boʻ¨inda oʻziga maqbul boʻlgan “tuzatishlar” kiritiladi. Bu jara¸nda boʻlimlar va boʻ¨inlarda sodir boʻladigan ixtiloflar axborotlar almashuviga va qarorlarni qabul qilishga jiddiy toʻsiqlarni yaratadi.
Axborotni uzatish va qabul qilish koʻp jihatdan samarali quloq solish san’atiga ega boʻlish darajasiga bo¨liq. Amerikalik olim professor Kit Devis samarali quloq solish san’atining 10 qoidasini keltiradi. Qoidalarni navbatma-navbat oʻqib, bir zum oʻzingizni xoli tuting. Yuzma-yuz gaplasha¸tgan aniq kishini koʻz oldingizga keltiring va oʻqigan qoidalarga ne cho¨lik rioya qilganingizga baho bering.
Samarali quloq solishning 10 qoidasi

Soʻzlashdan toʻxtang

  • Gapira turib quloq solish mumkin emas. Har bir kishiga shivirla ammo hech kimga ovoza qilma” degan naql bor.

Soʻzlovchiga oʻzini erkin tutishga ¸rdamlashing

  • Gapiruvchi kishiga oʻzini erkin tutishi uchun sharoit yarating. Koʻpincha buni hal qiluvchi muhitni yaratuvchi deb atashadi.

Oʻzingizni soʻzlovchiga qul?q sola¸tganingizni koʻrsating

  • Oʻzingizni manfaatdor ekanligingizni koʻrsating va shunga mos ravishda harakat qiling. Soʻzlashuv jara¸nida gazeta, jurnal oʻqimang. Eshitaturib unga rad qilish bahonalarini izlamasdan, balki uni tushinishga harakat qiling.

Gʻashga tegadigan holatlarni bartaraf qiling

  • Rasm chizib turmang, stolga urmang, qo¨ozlarni bir joydan ikkinchi joyga qoʻz¨atavermang, ehtimol eshikni ¸pib qoʻyilsa, xonada sokinlik boʻladi?

Bardoshli boʻling

  • Vaqtni ayamang. Soʻzlaguvchini boʻlmang. Chiqishga zoʻr bermang, eshik tomon qadam bosmang.

Soʻzlovchiga hamdard boʻling

  • Soʻzlovchini oʻzingizning oʻrningizga qoʻyib koʻring.

Xarakteringizni saqlay biling

  • Gʻazablangan kishi suhbat mazmuniga noaniqlik kiritish payida boʻladi.

Bahsga va tanqidga yoʻl qoʻymang

  • Bunday hol soʻzlovchini himoyaga oʻtishga majbur qiladi. U jim boʻlib qolishi ¸ki jahllanishi mumkin. Aynan bahsda ¨olib chiqib, bu bilan yutqazgan boʻlasiz.

Savollar bering

  • Bu soʻzlovchini ilhomlantiradi, u sizning uni quloq sola¸tganingizga yana bir bor iqror boʻladi. Bu oldinga jilishga ¸rdam beradi.

Soʻzlashdan toʻxtang

  • Birinchi maslahat ham shundan boshlangan. Oxiri ham shu bilan tugaydi. Zero, qayd qilinganlarning barchasi shunga bo¨liq. Siz gapirishdan toʻxtamas ekansiz, demak samarali quloq solishni ham bilmaysiz.

Tabiat odamga ikkita quloq, ammo faqat bitta til ato etgan. Ohistagina aytmoqchi boʻlsak, bu degan soʻz - gapirishdan koʻra koʻproq eshitish kerak. Eshitish uchun ikkita quloq zarur: biri - soʻz mohiyatini qabul qilish, ikkinchisi - soʻzlovchi hissi¸tini ilib olish uchun kerak.


Quloq solishni istamaydiganlar asosli qarorlar qabul qilish uchun etarli axborotni olishga muvaffaq boʻlmaydilar. Oʻzingizning quloq solish qobiliyatingizni oʻstirish niyatida boʻlsangiz soʻzlashuvdan soʻng oʻzingizga oʻzingiz baho berishga harakat qiling. Buning uchun shu jarayonda qayd qilingan 10 qoidaga binoan qanday samarali ish qilganingizni oʻzingizdan soʻrang. Shundan soʻng qaysi qoidalar ustida ishlashingiz va oʻzingizni takomillashtirishingiz ayon boʻlib qoladi.

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling