Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Boshqaruv qarorlari.Qarorni bajarilishini tashkill qilish


Download 3.37 Mb.
bet66/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

4.Boshqaruv qarorlari.Qarorni bajarilishini tashkill qilish


Qaror- bu bajarilishi mumkin boʻlgan ishning aniq bir yoʻlini tanlabb olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror-bu u yoki bu yoʻlni tanlab olishda bir toʻxtamga kelish yoki qanday boʻlmasin bir fikrga kelishdir. Bunday qarorlarni xar birimiz bir kunda oʻnlab-yuzlab, bir umr davomida esa-ming-minglabini qabul qilamiz. Masalan, kimki jovonidagi qaysi bir kiyimni tanlab kiyish, tamomnomadan qaysi bir turdagi ovqatni tanlash, manzilga etib olishda qaysi bir turdagi transportni tanlash, qaysi bir kasbni tanlash va x.k. Bunday misollarni koʻplab keltirish mumkin.
Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud xolatining, boʻlishi lozim boʻlgan xolat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Msalan, davlat tomonidan qat’iy belgilab quyilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida oʻz funksiyasini bajaraolmaydi. Shu sababli narxlarni erkinlashtirishga qaror qilinadi.
Qaror qabul qilish imkoniyati bir necha muqobil (alternativa) paydo boʻlganda vujudga keladi va raxbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini topish uchun raxbar "etti oʻlchab bir kes" tamoyiliga rioya qilish lozim. Puxta oʻylab ish olib bormaslik qanchalik qimmatga tushishini quyidagi misoldan koʻrish mumkin.
Toshkent- Jizzax katta yoʻlini qayta sozlash uchun bir necha marta qaror qabul qilingan va davlatning yuz minglab soʻm mablagʻi bexuda sarflangan. Ilgari yoʻlning oʻrtasida bordyurli ajratish polasasi bor edi. Shundan keyin ma’lum massofada bordyurlarni olib tashlashga va asfaltlashga qaror qabul qilndi, bunga yuz minglab mablagʻ sarflandi. Bir qancha vaqt oʻtgandan keyin bordyurlar qayta tiklanib yoʻl ikkiga ajratildi va bu ishga yana yuz minglab pul sarf boʻldi. Yana bir oz oʻtgach, oʻylama-netmay yoʻl oʻrtasini buzib, bir necha oʻnlab kilometrmasofada balandligi bir metorli beton devf oʻrnatildi. Unga xam yuz minglab mablagʻ sarflandi. Shunday qilib, asoslanmagn bu qaorlar xalq xoʻjaligiga millionlab zarar keltirgan
Qabul qilingan qaror reja, topshiriq, buyruq, farmon va farmoyishlar orqali yuridik kuchga kiritiladi va amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan qaror- bu butun boshqaruv binosining poydevori xisoblanadi.
Qarorlar qabul qilish menejerning firki-zikirini doim band qilib turadigan tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan-ishlab chiqarish va kadrlarga oid, tashkiliy va xoʻjalik masalalari yuzasidan bir qator qarorlar qabul qiladi. Ba’zi xaollarda u bu ishni oʻzi yakka boshchilik bilan, boshqa xollarda oʻz yordamchilari bilan, yana uchinchi xollarda ekspertlar va jamoatchilikni jalb, qilib turib uddalaydi. Boshquruvga oid xar qanday qaror samarli boʻlsagina, ana shu xoldagina u maqsadga muvofiq deb xisoblanadi.
Shunday qilib:
Bozor iqtisodiyoti sharoitida raxbarlar qabul qiladigan qarorlarning axamiyati tobora ortib bormoqda. Iqtisodchilarning firkiga koʻra, tsex (boʻlim) boshligʻi qabul qiladigan bitta oqilona qaror taxminan bir ishchining besh-olti oylik mexnatiga foyda keltirar ekan. Oqilona qarorni qabul qilish bir necha omillarga bogʻliq. Ulardan asosiylari quyidagilardir:
*qaror qabul qilish jarayonida axbrotning toʻlaligi va uning sifati;
*qaror qabul qiluvchi raxbarning shaxsiy sifati;
*qaror qabul qilashda tashkiliy masalalarning oqilona echilishi darajasi (masalan, qaror qabul qilishda mutaxassilarni jalb etish, qaror qabul qilish tizimining takomillik darajsi, ularni ijrochilarga etkazish, nazorat qilish va bajarilish darajsi va xokazo).
Qarorni toʻgʻri tanlash uchun muayyan tamoyillarga tayanish va qarorlarga boʻlgan talabalarni xisobga olish, aniq qaror qabul qilish maqsadini butun xalq xoʻjaligini maqsadiga muvofiqlashtirish mexnat jamoasi manfaatlarining jamiyat manfaatlari bilan mos kelishini oldindan belgilash, mexnat va moddiy resurslardan tejamli foydalanish, texnikaviy, iqtisodiy va sotsial rivojlanish tendentsiyalarini xisobga olish zarur.
Qayd qilinganlarni umumiylashtirib aytganda boshqaruv qarorlari quyilagi talablarga javob berishi kerak:

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling