Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Boshqaruv qarorlariga quyiladigan talablar
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
Boshqaruv qarorlariga quyiladigan talablar
Ma’lum, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud, amaldagi xolatning boʻlishi lozim boʻlgan xolatga mos tushmasligi natijasida sodio boʻladi. Ana shu erning oʻzida muammo kelib chiqadi. Bu muammoning echimi quyidagi savollarga javob berish talab qilinadi: *nima qilish kerak (masalan, ist’molchilarning yana qanday yangi extiyojlarini qondirish kerak, yoki eski extiyojni qanday sifat koʻrsatkichlari bilan yaxshilash lozim). * qaysi vositalarni qoʻllash kerak (qanday texnologiyani qoʻllash lozim). *ishlab chiqarish xarajatlari qay darajada boʻlishi kerak; *qanday miqdorda, boʻlishi kerak; *kim javobgar boʻlishi kerak; *kimga va qaysi baxoda sotish lozim; *bu ishlab chiqarish xizmat investorga va damiyatga nima beradi; *qaysi muddatlarda bajarilishi kerak. Boshqaruv unsurlari tarkibida raxbarlarning vakolati va javobgarligi muxim axamiyatga ega. Ma’lumki xar bir raxbar qabul qiladigan qarorlar doirasi xar xil boʻladi. Masalan, usta (master) asosan tezkor xarakterdagi kundalik masalalarga doir, tsex boshligʻi xuddi shu tezkor masalalar yuazasidan tsex va uchastkalarning ishini muvofiqlashtirishga, oʻzaro moslashtirishga doir qarorlar qabul qiladi. Dirketor )rais) asosan prespektiv (istiqboldagi) masalalar boʻyicha qaror qabul qilish kerak. Raxbarlar bunday qarorlarni qabul qilishda turlicha yondashuvda boʻladilar. Ulardan ayrimlari oʻzlari qarorlar qabul qiladilar, olingan natijalar toʻgʻrisida yuqori raxbarlarni ogox qiladilar. Boshqa birovlar yuqori boshliq bilan maslaxatlashib, kelishib olmagungacha biron qaror xam qabul qilmaydilar. Shunday raxbarlar xam boʻladiki, faqat yuqori tashkilotlar buyrugʻiga qarab turadilar, oʻzlari mustaqil ish qilmaydilar, ularda ishonch boʻlmaydi, turli baxonalarni roʻkach qilaveradilar. Shu sababli xar bir boshqaruvchining xuquq via burchlari, mas’uliyati va javobgarligining aniq belgilanib qoʻyilgani boshqaruv jarayoni uchun oʻta zarurdir. Qaror qabul qilishda buning uchun kim javob burishi mutloq aniq boʻlishi kerak. Xuddi shuningdek, qaror oʻz vaqtida qabul qilinmaganligi yoki muddatidan oʻtkazib yuborilganligi uchun kim javob berishi xam aniq boʻlishi lozim. Koʻpichilik masalalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qilishga erishmoq kerak. Boshqaruvning xar bir boʻgʻini oʻz ishini bajarishi kerak, yuqori organlarga xadeb murojat qilaverilsa, ular yirik muammolar bilan shugʻulanishga etarli vaqt topa olmay qolishlari mumkin. Quyi organlar oʻz xuquqlari dorasidagi masalalarni tezkor xal qilishlari mumkin. Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil moxiyatga va mazmunga ega boʻlgan minglab qarorlar qibal qilinadi. Ularni quyidagi belgilar boʻyicha guruxlarga boʻlish mumkin. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling