Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Download 3.37 Mb.
bet70/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Vaqtinchalik qarorning amal qilishi biron muddat bilanmuddat bilan cheklangan boʻladi ¸ki doimiy qaror qaboʻl qilinguncha amal qilinadi. Masalan, biror bir bayram munosabati bilan korxonada navbatchilarning tayinlashi boʻyicha chiqarilgan buyruq shunday qarorlarga misol boʻlaoladi.
Tezkor (operativ) qaror kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan, tabiiy ofat sodir boʻlgan xollarda uni bartaraf qilish boʻyicha qaboʻl qilingan qarorlar ana shunday qarorlar turkumiga kiradi.
Muntazam qarorlar belgilangan muddattlarda chiqariladi. Masalan, xoʻjalik faoliyati yakuniga doyr qaboʻl qilinadigan (dekada, oy, chorak, yarim yillik, tukkiz oylik va yillik) qarorlar ana shunday qarorlarga misol boʻlaoladi.
Vaqti-vaqti bilan qaboʻl qilinadigan qarorlar xar zamonda biron sababga koʻra qaboʻl qilinadi. Masalan, shaxar transporti xizmatining samaradorligini aniqlash maqsadida biron bir avtobus marshuritidagi xarakatni kuzatish boʻyicha qaboʻl qilingan qaror shunday qarorlar turkumiga kiradi.
Mumkin. Ammo bu xildagi qarorlar koʻp xollarda asoslangan tanqidga uchrab turadi. Sababi, raxbarlar aksari oʻzini koʻrsatmokchi boʻlib, yakkaboshchilik bilan qaror qaboʻl qilishadi. Ular xatti-xarakatlarining 80-90 foizi buyruqbozlikka asoslangan boʻladi. Bu narsa jamoada keskinlikning yuzaga kelishga sabab boʻladi. Boshkaruv qarorlari jamoa fikriga tayanganxolda qaboʻl qilinmas ekan boshqaruvchi bilan boʻysinuvchilar oʻrtasidagi munosabatlarning keskunlashuvi, oʻzaro boʻlgan ishonchning yoʻqolishi, nizolarning kelib chiqishi muqarrardir.
Yakka boshchilik tamoyilidan farki oʻlaroq yakkadillik tamoyili asosida xam qarorlar qaboʻl qilinadi. Bu tamoyil moxiyat e’tibori bilan oldinga surila¸tgan mukobil fikrni soʻzsiz qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Chunki, qarorlarni qaboʻl qilishda qatnashadigan kishilar demokratik uslubda fikrlash tarafdorlari boʻlsa-da, odatda boshqalarnikidan farq qiladigan oʻz fikrlariga ega boʻladilar.
Yakdillik koʻpincha favqulodda roʻy beradigan vaziyatlarda qaror qaboʻl qilishda, shuningdek qarshilik koʻrsatuvchi guruxlarda "Koalitsiyalar" boʻlmagan xollarda yuzaga keladi. Bizning sharoitda yakdillik "ma’kullaymiz" degan gʻalati shaklga kirib keladiki, bu iqtisodi¸timizning oʻzigagina emas, balki butun jamiyatimizga xam zarar etkazadi. Shunday boʻlsa-da, bizdagi koʻpgina boshqaruvchilar va parlament vakillari, noyiblar shu tamoyilga amal qilishga moyildirlar.
Kollegial (koʻpchilik) tamoyili "koalitsiyalar" ya’ni turli ittifoq ¸ki birlashmalar roʻy rost ma’lum boʻlib turgan vaziyatlarda, xar xil fikrlar raqobat qiladigan xollarda amal qiladi. Shu sababli qaror qaboʻl qilishda ovoz berish yoʻliga oʻtiladi. Bunday xollarda qaboʻl qilish uchun koʻpchilikning ovoziga tayaniladi. Koʻpchilik xollaarda yarmidan koʻp ovoz goxida printsipial masalalar yuzasidan me’¸r 2/3 deb tasdiklanadi.
Konsensus tamoyili pur fikrlilik ya’ni fikrlar moralizmi kuchaygan xamda axborot oqimining tobora zoʻrayib borgan xollarda qoʻllaniladi. Oʻz mohiyati bilan: Konsunses-bu qarorlarni ishlab chikish jara¸nida barcha baxsli masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish ¸ki kelishishdir.
Konsensusga oʻzaro fikr almashish va maslaxat qilish, shuningdek oldinga surila¸tgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning xar xil usullarini qoʻllash ¸rdamida erishiladi. Ayniqsa, "Ringi" usuli yapon biznesida keng kullaniladigan usuldir. "Yaponcha -ruscha katta lugat"da "ringi" atamasi muammoni xal qilishga majlislar chakirmasdan turib, surab chikish yuli bilan rozilik olish deb ta’riflanadi. Uning bir necha bosqichlari bor.

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling