Nazorat savollari:
1. Boshqaruv jarayoni nima va u qanday omillarni oʻz ichiga oladi?
2. Rejalashtirish funksiyasining mohiyati?
3. Nazorat qilish funksiyasining oʻziga xos xususiyatlari nimada?
4. Boshqaruvning qanday usullari mavjud?
. Tashkiliy-ma’muriy usulning mohiyati nimada?
6. Ijtimoiy-psixologik usullarning boshqaruv jarayonidagi ahmiyati nimada?
7. Ragʻbatlantirish funksiyasining boshqaruv jarayonidagi ahamiyatini aytib bering
5.Mavzu -. Tashkilotlar va ularni boshqarish
Reja:
5.1. Tashkilot tushunchasi va uning elementlari
5.2. Rasmiy va norasmiy tashkilotlar
5.3. Bozor munosabatlariga oʻtish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi korxona, firmalarning mohiyati va mazmuni
5.4. Funksional–yoʻnaltirilgan tashkilot
Tayanch soʻzlar: tashkilot, gorizontal va vertikal tashkilotlar, rasmiy tashkilotlar, norasmiy tashkilotlar, kontsern, firma, TMK, korporatsiya, korxona, trest, sindikat, konsorsium, funksional tashkilotlar.
5.1. Tashkilot tushunchasi va uning elementlari
Menejer oʻz faoliyatini yuritish uchun tashkilot yaratilishi kerak.
Vaqt oʻtishi bilan tashkilot tushunchasi ham bir necha marta oʻzgardi. Dastlabki paytda tashkilot har qanday tizimning tuzilmasi deb hisoblanar edi. “Menejment” alohida mustaqil fanga ajralib chiqganda, “tashkilot” soʻzi ma’lum modellarer tuzilmasi, funksiyalar, huquqlar va majburiyatlar bilan assosiasiya qilindi. Ya’ni “tashkilot” tushunchasi korxona, firma, idora va boshqa mehnat ijro etiladigan qismlarini tushunish kerak.
Koʻpgina tushunchalar mavjud ulardan ayrimlarini ajratib oʻtishimiz mumkin:
1. Tashkilot jarayondir, uning vositachiligida boshqaruv tizimi yaratiladi va saqlanadi.
2. Tashkilot oʻzaro munosabatlar, huquqlar, majburiyatlar, maqsadlar, ijrolar tizimidir, mehnat jarayonida ularning oʻz oʻrni bor.
3. Umumiy maqsadlarga ega guruhdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |