Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Bozor munosabatlariga oʻtish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi korxona, firmalarning mohiyati va mazmuni


Download 3.37 Mb.
bet91/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

5.3.Bozor munosabatlariga oʻtish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi korxona, firmalarning mohiyati va mazmuni
Korxona - bu har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi boʻgʻin boʻlib hisoblanadi. Korxona toʻgʻrisidagi qonunda korxona yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan xoʻjalik sub'ekti boʻlib, oʻziga tegishli yoki toʻliq xoʻjalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar koʻrsatadi, deb ta'kidlangan.
Ular oʻz faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda oʻzaro raqobat va mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng huquqliligi sharoitlarida amalga oshiradi.
Har bir ayrim korxona yuqori boshqaruv organlari tomonidangina emas, balki korxonaning oʻzidagi boshqaruvchi kichik tizim tomonidan ham boshqariladi. Korxonalar yakkaxokimlik tamoyili asosida va ayni zamonda ularning operativ-xoʻjalik jihatdan mustaqil ish koʻrishi va tashabbus koʻrsatishi asosida boshqariladi. Shu sababli:
Korxona boshqaruv tizimida shunchalik ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Korxonaga davlat vakili hisoblangan direktor (boshliq, boshqaruvchi) rahbarlik qiladi.
Firma - bu korxonadan farqli oʻlaroq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi, davolash muassasasi uchun ham, qurilish tresti va vositachilik tashkiloti uchun ham, savdo va konsullik faoliyati uchun ham, xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyohlik va boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish mumkin.
Bozor munosabatlariga oʻtish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar vujudga keladi.
Firmalar turlari:
1. Lizing firmalar - bunda salohiyati qudratli xoʻjalik tizimi etarlicha moliyaviy vositalari boʻlmagan boshqa bir korxonaga mashina-uskunalar va boshqa mulklarni shartnoma asosida muayyan muddatga berib turadi. Muddat tugagandan soʻng ijarachi bu mulkni qoldiq qiymati boʻyicha sotib olish huquqiga ega boʻladi.

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling