Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Vazirlar va ularning vazifalari


Download 3.37 Mb.
bet11/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Vazirlar va ularning vazifalari

Mamlakat va raiyat vaziri

  • Bu vazir el-yurtning muxim ishlarini, kunda chiqib turadigan muammolarni, raiyat axvolini, olingan xosil, daromadning miqdori, oliq-soliq, davlat xarajatlari, el-yurtning obodonchiligi va axolining farovonligi qay darajada ekanligidan oliy xukmdorni xabardor qilib turgan

Soliq vaziri

  • Sipoxiylarning maosh va tanxolarini boshqargan, uning qiyinchilik va parishonlikka tushib qolmasligining chora-tadbirlarini koʻrgan, sipox axvolidan doimo podshoxni ogox etib turgan.

Mol-mulk, daromad, xarajatlar vaziri

  • Turli sabablarga koʻra egasiz qolib ketgan er-suv va mol-mulkni boshqargan, zakot va boj yigʻimiga mutasaddiylik qilgan.

Sarkori xissa va saltanat ishlarini yurituvchi vazir

Qozi kalon

  • Adliya muassasalarini boshqargan

Jalol ul-islom

  • Podshoxning favqulodda xuquqlarga ega boʻlgan nazoratchisi.

Vaziri devoni insho

  • Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalar devonining boshligʻi.

El - yurtning obodonligi, saltanatning ustuvorligi koʻp jixatdan mana shu vazirlarga bogʻliq boʻlgan. Boshqaruv tizimining shu tariqa oqilona tashkil etilishi uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta’siri dunyoda buyuk davlat paydo boʻlishi bilan yakunlandi. Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib kelgan boshqaruv nazariyasi faqat shu davlatdagina emas, balki boshqa oʻlkalarda xam davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida qoʻllanila boshlandi.


Hozirgi menejment fanida ta’kidlangan boshqarishning iqtisodiy, insoniy, oqilona va samarali shaklini yaratish boʻyicha xarakatlar Amir Temurning “Temur tuzuklari”da oʻz aksini topib Hozirgacha xam oʻzining qimmatini yoʻqotmagan. Aksincha, bugungi mustaqil Oʻzbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi gurkirab rivojlanayotgan paytda xam boshqarishni tashkil qilishda muxim dastur amal sifatida qoʻllanilmoqda.
Ishlab chiqarishni va xodimlarni boshqarish soʻnggi oʻn yilliklarda kasbiy faoliyatining bir shakliga, boshqaruvchi xodimlar esa, ishchi kuchining muhim boʻgʻiniga aylandi. Bu ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan, kadrlar salohiyatidan toʻliqroq foydalanish yoʻli bilan boshqarish samaradorligini oshirish, keskin raqobat kurashi kuchaygan davrda muhim ahamiyatga egaligi bilan tushuntiriladi. Malakali ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik, motivatsiya darajasi, xodimlardan foydalanish samaradorligi kabilar raqobatbardoshlikning asosiy omillariga aylandi.
Boshqarish va xodimlar mehnati samaradorligini oshirish kadrlarga, xususan, boshqaruvchi xodimlarga yangicha yondashishni taqozo etadi. Xodimlar bilan ishlashga yangicha yondashishning kompleks xarakteri rejalashtirish elementlaridan kengroq foydalanish, individual ish yuritish shakllaridan foydalanish bilan ifodalanadi. Korporatsiyaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining muhim sharti – xodimlar bilan ishlashga ajratiladigan mablagʻlarini oshirish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda kadrlar bilan ishlash yangi shaklining nazariy asosi boʻlgan “inson resurslari” kontseptsiyasi ishlab chiqilgan. U xodimlarni tanlash, uzluksiz oʻqitib borish va ishchining sifatlari, imkoniyatlarini, qobiliyatlarini aniqlash va doimo rivojlantirib borishga sarflanadigan kapital qoʻyilmalarni iqtisodiy maqsadga muvofiqligini e’tirof etishga asoslanadi. Bu kontseptsiyaning oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • zamonaviy sharoitda inson omili rolini baholashda iqtisodiy mezonlardan foydalanish;

  • firma doirasida boshqarish;

  • xodimlar bilan ishlash tizimini qayta qurish;

Xodimlarni boshqarishning zamonaviy nazariyasi va amaliyotida, industrial taraqqiy etgan mamlakatlarning firmalarida bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan 2 xil yondashuvni koʻrish mumkin (1-jadval).
“Amerikacha” yoki “bozor” yondashuvida xodimlarini boshqarish asosan tashqi mehnat bozori, iqtisodiyot holati, ma’lum tovarga boʻlgan talab va taklifga qarab tashkil etiladi.
Bu yondashuv ishchi kuchi ortiqchaligi va ishsizlik yuqori boʻlgan, xukumatning ijtimoiy ta’minot dasturi ishdan boʻshaganlarni himoya qiladigan va ijtimoiy keskinlikni pasaytiradigan sharoitda vujudga keldi. Bu sharoitda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida xodimlar bilan ishlash texnologiyasi doimiy ravishda takomillashtirib borilardi va shunga muvofiq ravishda xodimlarni boshqarishning tamoyillari ishlab chiqarilardi.
1– jadval

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling