Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
– Mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul. (Vaziyatli yondashuv. Tizimli yondashuv. Jarayonli yondoshuv. Mamlakat boshqaruvining rivojlanishi.)
- Menejmentni paydo boʻlishi.
- “qoʻrquv bilan umid oʻrtasida ushlash”
- “Tinch boshqarish inqilobi”
- Mumtoz menejment” maktabi mohiyati.
2 – Mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati
REJA: Menejmentni paydo boʻlishi. Menejmentning ilmiy maktablari. (Ilmiy boshqaruv maktabi. Boshqaruvning klassik yoki ma'muriy maktabi. Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi. Ahloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab.) Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul. (Vaziyatli yondashuv. Tizimli yondashuv. Jarayonli yondoshuv. Mamlakat boshqaruvining rivojlanishi.) Menejmentning xorijiy modeli.(Menejmentning amerikacha modeli. Menejmentning yapon modeli. Menejmentning Gʻarbiy Yevropa modeli. ) Tayanch soʻzlar: boshqaruvning ilmiy maktabi, boshqaruvning mumtoz maktabi, inson munosabatlari maktabi, zamonaviy yoki mumtoz maktabi, boshqaruv modellari, vaziyatli yondashuv, tizimli yondashuv, jarayonli yondoshuv, “X” va “Y” nazariyasi. Menejmentni paydo boʻlishi. Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari Yu.Tsezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa oʻrta asr davrida Amir Temur xukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy boʻlib asosan xarbiy tavsifga ega edi. U davrlardagi menejerlar esa xarbiy intizomni oʻrnatish maqsadida xodimlarni jazo bilan qoʻrqitish, xar qanday buyruq va farmonlarga soʻzsiz itoat etish kabi usullarni qoʻllaganlar. Bunday boshqaruv mexnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha koʻproq qoʻshimcha qiymat undirishning gʻoyatda samarali usuli, deb qaralgan, Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo boʻlganligi xam sarkardamizning oʻz qoʻl ostidagilarni “qoʻrquv bilan umid oʻrtasida ushlash” tamoyili boʻyicha boshqargani sabab boʻlgan. Kapitalizm tuzumining boshlangʻich davrida tadbirkor- mulk egasi oʻzining shaxsiy tajribasiga tayanib ishlab chiqarishni boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada boʻlgan sanoat toʻntaruvi boshqaruvga boʻlgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga a’loxida e’tibor berila boshlandi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin oʻsishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus soxasiga ajratadi. Ushbu muammolarni xal etish uchun boshqaruv soxasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv toʻgʻrisidagi ilmni, fanni vujudga keltirdi. Shu davrdan boshlab to bugunga qadar boshqaruv ta’limotida quyidagi toʻrtta yoʻnalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va oʻzlarining tegishli xissalarini qoʻshishgan. Shunday qilib, menejment nazariyasi va amaliyoti turli davrlarda oʻziga xos koʻrinishlarda shakllanadi: 0-60 - yillarda boshqaruvning tashkiliy tarkibi diqqat markazida turgan boʻlsa; 60-70 - yillarda strategik rejalashtirish vujudga keldi; 80 - yillardan boshlab esa ilgʻor gʻarb firmalarida strategik rejalashtirishdan, strategik boshqaruvga oʻtiladi. Hozirgi zamon boshqaruv fani - fanlararo fandir. Boshqaruvning xar bir funksiyasini bugun maxsus fanlar: industrial-muxandislik sotsiologiyasi; ijtimoiy psixologiya; ijtimoiy injeneriya (ergonomika); marketing kabilar bajaradi. Ayniqsa, menejmentning marketing nazariyasi bilan uygʻunlashuvi boshqarishning bozor kontseptsiyasining vujudga kelishiga asos boʻldi. Hozirgi davrda boshqaruv nazariyasi va amaliyotida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar “Tinch boshqarish inqilobi” deb atalmoqda.4 “Ilmiy menejment” maktabi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan xam atalgan, ya’ni “boshqaruvning mumtoz maktabi” deb xam yuritilgan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muxandis va ixtirochi F.Teylor (186-191) turgan edi. Uning nazariyasi keyinchalik “Teylorizm” degan nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning “siqib suvini olish”ning ilmiy tizimi deb atalgan. F.Teylor ta’limotining asosiy mazmuni - yollanma ishchilar mexnatining unumdorligini oshirishda gʻoyatda samarador va maqbul usullarni izlashdir. Uning tamoyillariga binoan:
F.Teylorning mexnatni tashkil etish va uni boshqarish borasida taklif etgan va ishlab chiqarishga tadbiq etgan bu tamoyillari mexnat unumdorligining ikki baravar (100%ga) oʻsishiga olib keladi. Ayniqsa, uning qoʻllagan xaronometraj usuli diqqatga sazovordir. F.Teylor tamoyiliga binoan raxbar va mutaxassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mexnatidan va ularga xos boʻlmagan vazifalardan ozod qilinishi va ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini xech qanday muloxaza yuritmasdan, biror bir shaxsiy tashabbus koʻrsatmasdan aniq xamda tez bajarishini talab qilinar edi. F.Teylor boshqarishni “aniq qonun va qoidalarga tayanadigan xaqiqiy ilm, shuningdek, aniq bilish, nima qilish keragu va uni qanday qilib puxta va arzon usulda bajarish san’ati” deb baxolagan. Shunday qilib, F.Teylor “boshqaruvning mumtoz maktabi”ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Evropaning boshqa mamlakatlarida xam turli nazariya va oqimlar koʻrinishda rivojlanib bordi. Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G.Emerson mexnatni ilmiy tashkil qilish boʻyicha yirik mutaxassislardan boʻlib, u boshqarish va mexnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning tamoyillari, mashxur “Mexnat unumdorligining 12 tamoyili” nomli asarida yoritilgan. G.Emerson mazkur kitobning mundarijasida ilmiy boshqaruv tamoyillarini mohiyatiga qarab quyidagi ketma-ketlikda bergan:
Koʻrinib turibdiki, G.Emersonning diqqat-e’tiborida eng avvalo ikki tamoyil, ya’ni aniq qoʻyilgan maqsad va gʻoyalar, shuningdek oqilona fikr turibdi. U shunday usullarni ishlab chiqdiki, unga koʻra xar bir operatsiya uchun, ishchining xarakatini oʻrganish natijasida berilgan ish xajmining yagona, eng muvofiq usuli oʻrnatilar edi. Befoyda, xato xarakatlar bartaraf etilib, qoʻyilgan maqsad va gʻoyalarga muvofiq ravishda eng takomillari tanlab olinar edi.5 Bunda oqilona fikr asosida, masalan, nisbiy ish xaqining maxsus tizimi qoʻllanilib, unga koʻra berilgan normani bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari oshirilar (8-band), uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalari 20-30 foiz pasaytirilib jarima solinar edi. Shu bilan birga berilgan vazifalarni yuqori darajada bajarilishi uchun ularga sharoit yaratilar edi. (9-band). “Mumtoz menejment” maktabi mohiyati. “Ilmiy menejment” namoyandalari oʻz ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot boshqaruvini takomillashtirishga bagʻishlashgan. Ular boshqaruv darajasidan quyi masalalar bilan, ya’ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shugʻullanishgan. Ma’muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umum tashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shugʻullana boshladilar. Teylor va Gilbretlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuxrat qozonib martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv toʻgʻrisidagi tushunchalariga keskin ta’sir etgan. Ulardan farqli oʻlaroq, mumtoz ma’muriy boshqaruv maktabining asoschilari:
Ularni tashvishlantiruvchi bosh masala-bu umumtashkilot miqyosidagi samaradorlikka erishish boʻlgan. Shunday maqsad qoʻyilgan boʻlsa-da ular xam boshqaruvning sotsial jixatlariga unchalik e’tibor bermadilar. Uning ustiga ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan. Shu sababli ularning yondoshuvlari ilmiy metodologik asosga ega emas edi. “Mumtoz”chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazardan yondoshish yoʻli bilan undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad-boshqarishning unversal tamoyillarini yaratish va shuning evaziga muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jixatiga e’tiborni qaratdilar: Tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Shu maqsadda tashkilotni boʻlinmalar yoki ishchi guruxlarga boʻlish, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muxim tomonlari deb xisobladilar. Tashkilotning oqilona tarkibi va xodimlarning oqilona boshqaruviga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik boʻlishini va xodim faqatgina bitta boshliqdan topshiriq olish va unga boʻysinishi lozim degan gʻoyani ilgari surishadi. A.Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli xissa qoʻshgan frantsuz olimlaridandir. U Frantsiyadagi yirik koʻmir qazib oluvchi kompaniyani boshqargan. A.Fayol oʻzining boy amaliy tajribasini “Umumiy va sanoat boshqaruvi” (1916) nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi boshqaruv tamoyillari Hozirgi kunda xam oʻz axamiyatini yoʻqotmagan. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling