Munozara savollari
Qanday qilib aholi trendlari AQSH Navysining talimi va ish-harakatlariga tasir koʻrsatmoqda? Tashkilot bu trendlarga moslashish uchun hozir qilayotganidan tashqari yana nimalar qilishi kerak?
Navy Naval Akademiyasidagi xilma-xilroq talaba tanasiga (body) moslashishda qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin?
Koʻp bizneslar duch keladigan turli xil ishchilarni saqlab qolish dilemmasi kabi, Navy ham ishchilar bilan treyning oʻtkazganidan soʻng oʻsha ishchilar tashkilotda qolishlariga ishonch hosil qilishi kerak. Navy bunga ishonch hosil qilish uchun nima qilishi mumkin?
Yoʻl-yoʻriq koʻrsatish yoki ishchi resurs guruhlari xarbiy tashkilot uchun munosib boʻlishi mumkinmi?
“DEUTSCHE TELEKOM” KOMPANIYASI MENEJMENTIDAGI AYOLLAR
Deutsche Telekom boshqaruv oʻrinlariga koʻproq ayollarni olib kelish maqsadiga erishish uchun nima qilmoqda? Kompaniya bajarayotgan harakatlardan biri universitetni bitirgan ayollarni ishga olishni oshirish va yaxshilashdir. Aslini olib qaraganda, kompaniya kamida rahbar rivojlanish dasturlarida 30% oʻrinlar ayollar tomonidan egallanishini taminladi.
Kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan boshqa qadamlar ish muhiti va ish-uy muammolari atrofida aylanadi. Kompaniya oʻzining “parental-leave” dasturlarini kengaytirishni va menedjerlar uchun yanada moslashuvchan ish soatlarini tanishtirishni reja qilmoqda. Hozirda, kompaniya menedjerlarining 1% idan kamrog`i toʻliqsiz ish kunida ishlaydilar.Qoʻshimchasiga, kompaniya bolalarga qarash dasturlaridagi ish oʻrinlarini ikki barobar oshirishni reja qilmoqda.
Munozara Savollari
Deutsche Telekom qoʻllayotgan “quota” yondashuvi haqida nima deb oʻylaysiz? Bu kabi yondashuvning qanday foydali va zararli jihatlari bor?
Deutsche Telekom ayol universitet bitiruvchilarini ishga olishda qanday muammolarga duch kelishi mumkin? Qanday qilib ular bu muammolarga yondoshadilar?
Kompaniya ish-oila dasturlaridagi oʻzgarishlarni taklif qilayotib qanday muammolarga duch kelishi mumkin? Yana, qanday qilib ular bu muammolarga yondoshadilar (murojot qiladilar)?
Bobda muhokama qilingan qanday ishdagi xilma-xil tashabbuslar Deutsche Telekom uchun munosib boʻlishi mumkin? Bu tashabbuslarni amalga oshirayotganda nimalar taqazo etiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |