Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Download 3.37 Mb.
bet205/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Keysolog yechimi:
1.Tadqiqotchi fikriga koʻra, konfliktning sababchisi-Maxmudova Z. dir. Ma’muriy choralar faqatgina unga nisbatan qoʻllanilishi lozim. Nima boʻlganda ham, boʻlimdan Zokirova N. emas, balki Maxmudova Z. ketishi kerak.
2.Tadqiqotchining fikriga koʻra, oqibatda hamkasbining ishlarini unga yuklashlariga Zokirova N. ning oʻzi aybdor. Agar u boshidanoq oʻzining majburiyatlari borligini bildirganda, bu holat yuzaga kelmagan boʻlar edi. Rahbar mutloq haq, ishni bajara oladiganga ishni topshiradi.
3.Keysolog keys ishtirokchilarini mutlaqo ayblamaydi. Uning fikriga koʻra, Zokirova N. hamkasbining ishlarini toʻliq bajarmasdan uning ishlariga shunchaki yordam berishi mumkin edi. Bu holat uchala taraf uchun engil echim boʻlishi kerak. Bu echimni rahbar koʻra olishi kerak. Aytish mumkinki, Zokirova N. Bu erda haq. Ammo uning harakatlarida ijtimoiy va kommuniaktiv etishmovchilik koʻrinadi, Bu uning tomonidan rahbarning boshqa boʻlimga oʻtishi haqidagi taklifiga negativ tarzda yondoshganligi .
Keys yechimlariga izoh:
1.Jamoat ishlari haqida gap ketayotgan ekan, bir tomonga yon bosish ijtimoiy kompetentsiya nuqtai-nazaridan notoʻgʻri pozitsiyadir. Bundan kelib chiqadiki, boshqa nuqtai-nazarni va tushunchani qabul qilishni bilmaslik koʻrinadi, zero har bir xodimning salohiyati va qobiliyati turlichadir. Undan tashqari, bu echimda shaxsiy boshqaruv pozitsiyasi mavjud emas.
2. Qachonki bir xodim boshqa xodimning ishini bajarishdan bosh tortsa, balki bu holatni toʻgʻri deb hisoblash mumkin. Lekin aynan shu echimni toʻgʻri deb bilish—jamoaviy faoliyat talab qilganidek, ijtimoiy (ishchi) muhit aloqalarini tiklashni xohlamaslik, bu guruhda ishlashni bilmaslikdan dalolat beradi. Bu echimda rahbarning toʻgʻri yoʻl tutganligi bahs-munozaraga olib keladi, chunki bu hatti-harakatning motivi oʻrinsiz, asossizdir.
3.Bir xulosa chiqaradigan echimning oʻzi yoʻq. Bu erda ularni aniq pozitsiyasini aniqlovchi qaror mavjud va bu qanchalik u yoki bu ijtimoiy kompetentsiyalarning rivojlanganligini bildiradi. Bu holatda aytish mumkinki, jamoadagi boshqa xodimlar bilan hamkorlikka va oʻzaro munosabatlarga tayyorligi, hamda hamkasblar bilan oʻzaro shaxsiy munosabatlarni qurishni bilishi koʻrinadi. Bunda tadqiqotchining pozitsiyasining engilligi koʻrinadi, lekin uning rahbar qarorining sabablarini “kovlashtirishni” xohlamasligi koʻrinadi, balki bu- Zokirova N. uchun oʻzining mansabini koʻtarilishi uchun yaxshi imkoniyatdir.



Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling