Bilimlarni chuqurlashtirish uchun savollar
Sizning fikringizcha ”Carlsberg Uzbekistan kompaniyasining xodimlar bilan ishlash strategiyasi qoniqarli darajadami? Fikringizni asoslang.
Kompaniyaning taraqqiyotga erishuvida xodimlarning roli qanday boʻlgan deb oʻylaysiz?
“Carlsberg Uzbekistan” kompanpiyasining bu darajaga erishish sabablarini ayting va u xodimlar bilan ishlashning qaysi elementlaridan doimiy holda foydalanadi deb oʻylaysiz?
Sizning fikringizcha, bugungi kunda ushbu kompaniya qanday strategiya asosida rivojlanmoqda?
Kompaniyaning bozordagi ulushini kengaytirish boʻyicha strategik vazifalari nimalardan iborat deb oʻylaysiz va sizning tavsiyalaringiz?
Agar sizni kompaniyadagi menedjerlik lavozimiga ishga taklif qilishsasiz bu kompaniyadagi xodimlar bilan ishlash tizimida qanday oʻzgarishlar qilgan boʻlar edingiz?
Talabalar uchun metodik koʻrsatmalar
Muammo: Mehnat unumdorligini oshirishda xodimlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.
Vazifalar
Xodimlar talablari, istak va hohishlarini oʻrganib chiqish.
Xodimlar guruhlarini aniqlash va ularning oʻzaro munosabatini oʻrganish, hamda yaxshilash yoʻllarini aniqlash.
Korxonada xodimlarni ishga joylashtirish va ularning ishlash sharoitlarini yaratib berish imkoniyatlarini aniqlash.
Kadrlar siyosatini ishlab chiqish va yangi kadrlar tayyorlash gʻoyalarni oʻrganib chiqish.
Korxonani mamlakat bozorida tutgan oʻrni va nufuziga baho berish.
Yechish ketma-ketligi
1. Xodimlarning talab va takliflari asosida mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash. Ularning takliflariga muvofiq ish sharoitlarini uzgartirish
2. Xodimlarning rahbarlar bilan va oʻzaro munosabatlarini oʻrganish asosida yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin boʻlgan muammolarni oʻrganish ularni bartaraf etish yoki oldini olish choralarini qidirib topish.
3. Xodimlarga qoʻyiladigan talablar ularning mehnat salohiyatini aniqlash ish staji, malakasi erishgan yutuqlari notiqlik va ijodkorlik qobiliyatiga baho berish.
4. Tashkilotning xodimlar bilan ishlash tizimida kadrlar siyosatining faolyatini tahlil qilish
. “Carlsberg Uzbekistan” kompaniyasining raqobatbardoshlikka qaratilgan tizimini koʻrib chiqib, tahlilni amalga oshirish bozorda raqobatchilarning egallab turgan oʻrni va ularning ahvolini aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan identifikatsiya, taqqoslash va sifat baholari tahlilini aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |